O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
ODAM ORGANIZMIGA MASSAJNING
FIZIOLOGIK TA`SIRI Massaj (arabcha so`z bo`lib, “qo`l tegizmoq” demakdir) - davolash usuli. Massajda ko`pgina tizim va a`zolarga mexanik va reflektor ta`sir ko`rsatiladi. Massajning fiziologik ta`sirida nerv tizimi ma`lum rol o`ynaydi. Massaj qilinadigan joy, massaj ta`sirining xarakteri, kuchi va qancha davom etishiga qarab, bosh miya po`stlog`ining funk- sional holati o`zgaradi, umumiy nerv qo`zaluvchanligi pasayadi yoki oshadi. Massajning organizmga ta`sir mexanizmida nerv omil bilan bir qatorda gumoral omil ham katta rol o`ynaydi. Massaj ta`sirida terida biologik faol moddalar hosil bo`lib, qonga o`tadi, ular tomir reaksiyalarida, nerv impulslarini o`tkazish- da va boshqa reaksiyalarda qatnashadi. Massaj bevosita ta`sir qilgan 13 104
mikrobi singari, o`ziga xos maxsus kasallik belgilarini paydo qiladilar. Yoki yuqori harorat ta`sirida terida kuyish vujudga keladi. Kuygan joyda qizarish va ichida tiniq suyuqlik bo`lgan pufakcha hosil bo`ladi. Terining sovuq urgan joyida hosil bo`lgan pufakcha ichida esa loyqa suyqlik bo`ladi. Bundan ko`rinib turibdiki issiq va sovuq haroratlar o`zining ta`sir xususiyatiga ko`ra terining kuygan va sovuq urgan joylarida, o`ziga xos maxsus belgilarni vujudga keltiradi. Kasallikda yuzaga keladigan maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) ta`sir qiluvchi omil (mikrob, virus, issiq yoki sovuq harorat va hokazo) larning xususiyatiga bo`gliq bo`lmaydi. Balki, bu o`zgarish (belgilar) noqulay ta`sirotga nisbatan odam organizmining javob reaksiyasiga bog`liq bo`ladi. Masalan, gripp kasalligi jarayonida bir kishida tana harorati 37-37,5 daraja atrofida bo`lib, bemor kasallikni oyoqda yurib o`tkazadi, ikkinchi kishida esa tana harorati 39-40 darajagacha ko`tarilib, bemorning ahvoli og`ir bo`ladi.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling