Kasallikning kimyoviy sabablari
Kimyoviy moddalar odam organizmiga zahar sifatida ta`sir
ko`rsatadi. Bularga kislotalar, ishqorlar, qo`rg`oshin, simob, margi-
mush, xlor, yod va boshqa moddalar, shuningdek, hashoratlar, ilon,
chayon, qoraqurt, ari kabilarning zahari kiradi.
Zaharli moddalar odam organizmning o`zida ham paydo
bo`lib, o`zini-o`zi zaharlashi mumkin. Masalan, buyrak kasalligi-
ning og`ir kechishida modda almashinuvida hosil bo`lgan qoldiq
azot moddalarini siydik orqali tashqariga ajratilishi qiyinlashadi va
ular qonda, to`qimalarda to`planib organizmni zaharlaydi. Natijada
hayot uchun xavfli bo`lgan uremiya holati vujudga keladi. Shuning-
dek, virus qo`zg`atadigan yuqumli gepatit kasalligida jigar hujayra-
larining yallig`lanishi va ayrimlarining yemirilishi tufayli ularda
ishlab chiqariladigan bilirubin moddasi qonga o`tib bosh miyaning
nerv hujayralarini va tananing boshqa to`qima-a`zolarini zaharlaydi.
Natijada odam organizmida giperbilirubinemiya intoksikatsiyasi
holatini vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |