O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
Kasallikning tashqi sabablari. Kasallikning tashqi sabab-
lariga quyidagilar kiradi: - fizikaviy; - kimyoviy; - biologik; - alimentar; - ijtimoiy; - kam harakatlanish (gipodinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar; - me`yoridan ortiq harakatlanish (giperdinamiya) tufayli yuzaga keladigan kasalliklar; - psixogen ta`sirlar natijasida yuzaga keladigan kasalliklar. Rossiyada ham massaj nazariy va amaliy ahamiyatga ko`ra o`z tizimiga egadir. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, massaj sport tibbiyoti va gigiyenik tajribada o`z o`rniga ega. Rossiyada massaj tizimi chuqur tarixiy negiz asosida tarkib topgan. Asrlar mobaynida slavyanlar sovuq, noqulay ob-havo sharoitida yashaganliklari sababli hamomlarda bo`lganlar. Bunda ular “isitish uchun” bir birlarini yoki o`zini o`zi qayinli, archali va boshqa supurgilar bilan savalaganlar. Bu esa massajning bir turi hisoblanadi. Qadimgi slavyan urf - odati – supurgi bilan savalab urish hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. Shved massaji yuzaga kelguncha rus olimi M.Ya.Mudrov (1776-1831) ishqalash va silash usulini faol tashviqot qilgan. Massajning fiziologiyasi ishlab chiqilib, ma`lum bir massaj usullari- ning sistemasi yaratilgandan keyin uni terapiya, jarrohlik va boshqa klinikalarda hamda kosmetik xonalarda qo`llay boshlaganlar. XIX asrning oxirlaridagina massaj sportga kirib kelib, omma e`tiborini o`ziga jalb eta boshladi. Sarkizov-Serazini shaxsan o`zi bilgan petergburglik sportchi N.A.Panin – Kolomenkin haqida shunday deydi: ”Figurali uchish bo`yicha musobaqadan oldin, o`zini musobaqaga tayyorlash uchun, massajchini taklif etgan”. O`zbekistonda massajning rivojlanishi N.A. Semashkoning nomi bilan uzviy boliqdir. Sog`liqni saqlash xalq qo`mitasining birinchi raisi N.A.Semashkoning buyrug`iga binoan 1930 yilda travmatologiya va ortopediya, fizioterapiya ilmiy tekshirish institut- larida davolash jismoniy madaniyati hamda massaj xonalari tashkil etildi, vrachlar malakasini oshirish institutida ham davolash jismo- niy madaniyati va shifokor nazorati kafedralari ochildi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning jadallashuvi, ilm-fanning ravnaq topishi natijasida dastlab “uqalash”, “silash” nomlari bilan tanilgan hozirgi massaj sekin-asta ilmiy jihatdan o`rganila boshlan- di. Alohida e`tibor qaratish joizki, aynan sharqona massajning ilmiy qirralari va uning ta`sir etish xususiyati O`zbekiston olimlari tomonidan o`rganilgan. Jumladan, massajning ilmiy mohiyatini ilk bor yoritgan olimlardan biri pedagogika fanlari doktori, professor T.S.Usmonxo`jaevdir. Massajga oid dastlabki ilmiy risola, qo`llan- ma va amaliy tavsiyalar aynan shu tadqiqotchi-olim qalamiga mansub. 14
103 Kasallikning fizikaviy sabablari o`z navbatida quyidagi turlardan iborat: - mexanik ta`sirlar – urilish, kesilish, bosilish, sanchilish; - termik ta`sirlar – kuyish, sovuq urish; - nurlanish ta`siri-odam organizmida nurlanish kasalligini yuzaga keltiradi; - elektr toki ta`siri – mahalliy ta`sirida teri kuyadi. Umumiy ta`sirida nafas, yurak to`xtab qolishi mumkin; - atmosfera bosimining o`zgarishlari tufayli yuzaga keladigan kasalliklar. Atmosfera bosimining yuqori bo`lishi chuqur suv ostida kuzatiladi: quloqda og`riq, nafas chiqarishning qiyinlashuvi, qonda kislorod va azot gazining ko`payishi organizmga zaharli ta`sir ko`rsatadi. Suv ostidan yuqoriga tez ko`tarilish tufayli Kesson kasalligi vujudga keladi; Atmosfera bosimi pasayishi tog`ning yuqori qismida kuzatila- di va chiniqmagan odamlarda tog` kasalligi yuzaga keladi.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling