O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
sport tibbiyoti
UMUMIY VA SPORT PATOLOGIYASI ASOSLARI Sog`liq va kasallik to`g`risida tushuncha Sog`liq - odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari, mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi, baxt- saodatdir. U odam mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning muhim shartidir. Xalq sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora - tadbirlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning yuksak burchi bo`lmog`i lozim. Kasallik - qandaydir noqulay ta`sirotlar natijasida organizm- ning biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining buzilishidir. Kasallikda odam organizmida maxsus (spetsifik) va maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) vujudga keladi. Maxsus (spetsifik) o`zgarishlar kasallikni yuzaga keltirgan sabab- chisi (omil) ning ta`sir qilish xususiyatiga bog`liq. Masalan, tashqi muhitdagi mingdan ortiq mikroblar, 250 dan ortiq viruslar, ko`plab zamburug`lar, gijjalarning har qaysi turi odamga yuqqanida, kasal- likni vujudga keltirishi bilan birga, mazkur kasallikni o`ziga xos maxsus (spetsifik) belgilarini paydo qiladi, chunonchi, bo`g`ma (difteriya) kasalligining qo`zg`atuvchisi (Lyoffler mikrobi) yuqqani- da, mikrob kirgan joyda (tomoq, hiqildoq, burun, ko`z) da oqimtir- sarg`ich qazg`oq hosil qiladi. Shu qazg`oqda mikrob ko`payib, zaharli modda (toksin) ishlab chiqaradi, u qonga so`rilib, birinchi navbatda yurak muskulini zararlaydi. Boshqa kasalliklarni qo`zg`a- tuvchi mikrob, virus va boshqa mikroorganizmlar ham, bo`g`ma Massajning ilmiy va amaliy jihatlarini kengroq hamda chuqurroq ochib bergan, bu borada qator ilmiy-uslubiy adabiyotlar yaratgan mutaxassis olimlardan yana biri tibbiyot fanlari doktori, professor O.A.Rixsiyevadir. O`zDJTI “Sport tibbiyoti” kafedrasining mudiri, bo`lmish mazkur olimaning bevosita rahbarligida tibbiyot va pedagogika fanlari
nomzodlari O.M.Jegalo, Q.A.Nurmuhamedov, N.V.
Nefedova massajning o`quv fani sifatida shakllanishiga o`zlarining salmoqli hissalarini qo`shib kelmoqdalar. O`zlarining nazariy va amaliy ilmlari xazinasiga asosan, uzoq yillik pedagogik amaliyotga tayanib massaj kursidan o`quv adabiyotini davlat tilida yaratdilar. Jumladan, jismoniy tarbiya va tibbiyot instituti talabalari uchun mualliflar O. A. Rixsiyeva, T. M. Saidov, Q.A. Nurmuhamedov, A.I. Rixsiyevlar tomonidan tayyorlangan “Massaj” o`quv adabiyoti hozirgi kungacha massaj bo`yicha talabalar bilimini shakllantirib kelmoqda. Institut qoshida, Respublikamizning turli mintaqalarida massaj uslubiyati bo`yicha kurslar tashkil qilib, ko`pdan-ko`p kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etib kelishmoqda. Shunday qilib, massaj turli yosh va kasbdagi odamlar uchun tetiklik, yaxshi kayfiyat bag`ishlash, kuch-quvvatni tiklash, sihat – salomatlikni mustahkamlash vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling