Odam organizmining reaktivligi va rezistentligi
Reaktivlik - biror tashqi ta`sirga, odam organizmning javob
qaytarish xususiyatidir. Bu tashqi muhitning turli xil noqulay
ta`sirlariga organizmning moslashish qobiliyatini belgilaydi.
MASSAJNING FIZIOLOGIK VA GIGIYENIK
ASOSLARI
Massajning ahamiyati. Massaj hozirgi kunda ham nafaqat
o`z ahamiyatini yo`qotmadi, balki ommaviylashdi. Masalan, massaj
bemorlarni jarrohlik muolajalariga tayyorlashda yordam beradi,
jarrohlik muolajalaridan keyin tiklovchi vosita hisoblanadi. Uzoq
muddat davomida ko`rpa-to`shakda yotib davolanayotgan bemor-
larda yuzaga keladigan mushaklar atrofiyasiga qarshi kurashishda
yordam beradi, ya`ni “yotoq yaralar” ning oldini olishda muhim
vosita sanaladi va boshqalar.
Sportchilar uchun massaj sport mahoratini oshirishda, char-
chashdan so`ng ruhiy-jismoniy ish qobiliyatini tiklash va oshirish-
ning eng yaxshi vositasidir.
Massaj muolajalari ta`siri ostida terida biologik faol modda-
lar, gormonlar paydo bo`ladi va qonga o`tib, qon aylanishini, nerv
impulslari uzatilishi va boshqa jarayonlarni yaxshilaydi. Masalan,
massaj ta`siri natijasida faolsiz atsetilxolin eruvchan, faol holatga
o`tadi va u nerv impulslarini bir hujayradan boshqa hujayraga o`tka-
zishda muhim rol o`ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |