immunitet bolaning birinchi yoshidayoq, hatto birinchi oylardayoq,
o`z kuchini yo`qotadi.
2. Odam hayoti davomida orttirilgan immunitet. Bu
immunitet o`z navbatida 2 turga bo`linadi:
a) Orttirilgan tabiiy faol immunitet. Odam biron bir yuqumli
kasallik bilan xastalanib, tuzalgandan keyin uning organizmida ana
shu yuqumli kasallikni qo`zg`atadigan mikrob (virus) ga qarshi
hosil bo`ladi. Buning natijasida bu odam butun umri davomida,
mazkur yuqumli kasallik bilan hech qachon takror kasallanmaydi.
Masalan, qizamiq, qorachechak, tepki, bo`g`ma, ko`kyo`tal kabilar.
Lekin, ta`kidlash lozimki, hamma yuqumli kasalliklarning
mikroblari (viruslari) ga qarshi, immunitet hosil bo`lavermaydi.
Masalan, gripp, ichburug`, sarg`ayma va boshqa kasalliklar bilan
kasallanib tuzalgan odamda, bu kasalliklarning virusi va mikrobiga
qarshi immunitet hosil bo`lmaydi. Ya`ni odam mazkur kasalliklar
bilan umri davomida qayta - qayta kasallanishi mumkin.
b) Orttirilgan sun`iy faol immunitet. Sog`lom odamni (asosan
bolalarni) turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi maxsus tayyorlan-
gan vaksinalar bilan emlash natijasida, sun`iy usul bilan immunitet
hosil qilinadi.
O`zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda chaqaloq tug`il-
ganining birinchi kunidan boshlab, 46 yoshgacha bo`lgan odam-
larga, turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi, vaksinalar bilan maxsus
jadval bo`yicha emlash o`tkaziladi.
Bu kasalliklar quyidagilar: 1.Virusli gepatitning B turi. 2. Sil.
3. Poliomiyelit. 4. Difteriya. 5. Qoqshol. 6 Ko`kyo`tal. 7. Qizamiq.
8. Epidemik paratit. 9. Nizomiq.
Do'stlaringiz bilan baham: