O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti
O’zbekistonda byudjet-soliq tizimini takomillashtirish va milliy valyutani
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Eshpo'latov Obid Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILADIGANADABIYOTLAR
- Internet saytlari
O’zbekistonda byudjet-soliq tizimini takomillashtirish va milliy valyutani
mustahkamlash vazifalari Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo’lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o’z ichiga oladi. Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o’zgarishlarni o’tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o’sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy tavsif kasb etib, butunlay barham topdi. Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu vazifalarni real bajarish uchun amaldagi soliq tizimini sezilarli darajada isloh qilish talab qilinadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov tomonidan soliq siyosatining yanada takomillashtirilishini 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab berilishi ham buning yaqqol dalilidir. 1
Eng avvalo shuni qayd etish lozimki, 2008 yildan boshlab kuchga kiritilgan yangi Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob beraoladi. Bunda soliq tizimi o’ziga xos vazifalarni – xazinani to’ldirish, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifalarini to’la darajada bajarishi zarur. Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o’z mablag’larini ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag’larni to’ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi. Тabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun yer, yer osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to’lov o’rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo’nalishidir. Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to’lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga mamlakatimizda g’aznachilik tizimining joriy etilishi misol bo’laoladi. Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishining umumiy hajmida milliy mahsulotlar xissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi. So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’ektlarining, jaxon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega. So’mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi.
mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan kat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda maqbul sur’atni tanlashga erishiladi. So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yul qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o’z vaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak. Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki bosqichda valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishidir. Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish, naqd pullarni bankdan tashqarida aylanishini qisqaritirish va ulardan chakana savdoda foydalanish maksadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentabrida «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi. Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilish quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
FOYDALANILADIGANADABIYOTLAR 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T., «O’zbekiston». 2012.– B.40. 2. O‘Zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 26.12.2013 3. O`zbekistonRespublikаsining “Bаnkvа bаnkfаoliyatito`g`risidа”giQonuni. 1996- yil 25-аprel 4. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida. 1995-yil 21-dekabr. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.2017 yil 18 mart, PQ-2847- son
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida. 2017-yil 29-dekabr, PQ-3454-son 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida. 2017-yil 7-fevral. PF-4947-son. 8. Mirziyoev Sh.M. Mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 14.01.2017 yil. 9. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o’rganish va keng jamoatchilik o’rtasida targ’ib etishga bag’ishlangan ilmiy-ommabop qo’llanma. Toshkent «Ma’naviyat» 2019 10. A.Vahobov, T.Malikov. Moliya: umumnazariymasalalar. O’quv qo’llanma. -T.: Iqtisod-Molya, 2008, - 316 bet. 11. T.Malikov, N.Haydarov.Moliya: umumdavlat moliyasi. O’quv qo’llanma. -T.: Iqtisod-Molya, 2009, - 556 bet. 12. T.Malikov. Moliya. Darslik. -T.: Iqtisod-Molya, 2011 y.
www.mf.uz, www.stat.uz, www.lex.uz, www.gov.uz, www.ziyonet.uz www.qmii.uz, www.tfi.uz Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling