20
6-rasm. Нефт қазиб олиш.
7-rasm. Газ фонтани.
Qattiq bitumlar neftning o‘zgargan (oksidlangan) mahsulotlari bo‘lib,
neftgazli viloyatlarda uchraydi. Neft oksidlanishining birinchi bosqichida malta va
kir, keyingi bosqichida esa asfalt va ozokerit hosil bo‘ladi.
Kelib chiqishi. Organik uglerodli kaustobiolitlar o‘simlik qoldiqlarining
chirishi va keyingi qayta o‘zgarishi tufayli hosil bo‘ladi. Neft va gaz ham organik
moddalarning muayyan sharoitlarda qayta o‘zgarishi tufayli vujudga keladi.
Ishlatilishi. Torf mahalliy yoqilg‘i va tabiiy o‘g‘it sifatida ishlatiladi.
Ko‘mir yoqilg‘i sifatida, metal eritishda, kimyo sanoatida xom ashyo sifatida
qo‘llaniladi. Sun’iy mum (serezina) tayyorlashda, gazlamalarga singdirishda
(brezent), meditsinada va b. foydalaniladi. Neftdan benzin, kerosin, solyarka va
boshqa ko‘plab mahsulotlar olinadi. Yonuvchi gazlar yoqilg‘i sifatida va turli
sintetik materiallar: plastik massa, sun’iy tolalar va b. olish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: