Kelib
chiqishi.
Boksitlarning kelib chiqishi
ekzogen. Ular, asosan, tropik
iqlim
sharoitlarida
nurash
qobiqlarida hosil bo‘ladi (37-
rasm).
Ishlatilishi. Boksitlar alyuminiy ma’dani hisoblanadi. Ulardan abrazivlar,
olovbardosh materiallar olish hamda flyus, adsorbent, tez qotuvchi portlandsement
sifatida, elektrokorund, achchiqtoshlar olishda foydalaniladi.
Fosfatli jinslar. Fosfatlar tarqalishi bo‘yicha cho‘kindi jinslar orasida
nisbatan keyingi o‘rinlarni egallaydi. Ularga 50% dan ortiq amorfli yoki
mikrokristalli apatit guruhidagi minerallardan (yoki R2O5 ga hisoblaganda 18%
dan ortiq) tarkib topgan jinslar kiradi.
Apatit guruhidagi minerallardan tarkib topgan, deyarli har doim organik
moddalar, Sa, Mg va Fe karbonatlari, gilli minerallar, qum-alevrit o‘lchamidagi
bo‘lakli donalar, pirit, temir gidrooksidlari, kvars, autigen opal, xalsedon, glaukonit
uchraydi.
Fosfatli jinslarning asosiy jins hosil qiluvchi minerallari fosfor kislotasining
tuzlari: gidroksilapatit, karbonatapatit va ularga yaqin bo‘lgan – dallit, kurskit,
frankolit hamda amorf fosfat – kollofanit hisoblanadi. Fosforitlarning muhim
tarkibiy qismi bo‘lib kalsit, magniy va temir karbonatlari sanaladi. Fosfatli
jinslarning tasnifi ularning kelib chiqishi, mineral tarkibi va struktura-tekstura
xususiyatlariga asoslangan. Fosforitlar tarkibida fosfor oksidi (R2O5) miqdori 40%
gacha borishi mumkin. Fosfatli jinslar tashqi ko‘rinishi va struktura-teksturaviy
xususiyatlari bo‘yicha turli-tumandir. Ularning orasida oq, kul rang, to‘q kul rang,
qora va yashilsimon kul rang turlari uchraydi. Bunda fosforitlar konglomeratlar,
qumtoshlar va alevrolitlarga o‘xshab ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |