O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/39
Sana05.01.2022
Hajmi1.03 Mb.
#226196
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
tog jinslarini tariflash.

Amaliy ahamiyati. Amaliy ahamiyatga egamas.  

 

Kontakt  metamorfizmi  jinslari.  Ular  rogoviklar  va  skarnlardan  tarkib 

topgan.  Mineral  tarkibi  piroksenlar,  plagioklazlar,  granatlardan  iborat.  Past 

haroratli  turlari  epidot,  aktinolit,  karbonatlar  va  ma’danli  minerallardan  tarkib 

topgan bo‘ladi. 



Kelib  chiqishi.  Rogoviklar  yondosh  alyumosilikatli  jinslarga,  skarnlar  esa 

yondosh  karbonatli  jinslarga  nordon  magmaning  yorib  kirishi  tufayli  kontakt 

metamorfizmi zonasida modda almashuvi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayonlarda 

issiq magmatogen eritmalar qatnashadi. 

Silikatlar  va  alyumosilikatlardan  (piroksenlar  va  granatlar)  tarkib  topgan 

ohakli  va  magniyli  minerallardan  (forsterit,  diopsid,  shpinel,  flogopit)  iborat 

magnezial  skarnlar  ajratiladi.  Ohakli  skarnlar  aksariyat  hollarda  past  va  o‘rta 

chuqurlik (10-12 km gacha) sharoitlarida postmagmatik bosqichda vujudga keladi. 

Magnezial  skarnlar  yorib  kiruvchi  magma  bilan  dolomitlar  orasida  kechadigan 

reaksiya  jarayonlari  ta’sirida  yoki  katta  chuqurlik  sharoitlarida  (10-12  km  dan 

ortiq) hosil bo‘ladi. 


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling