O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
tog jinslarini tariflash.
Metamofik jinslarning turlari Mintaqaviy metamorfizm jinslari. Mintaqaviy metamorfizmning eng keng tarqalgan jinslari bo‘lib, yashil slanetslar, kristalli slanetslar, gneyslar, amfibolitlar, marmarlar, kvarsitlar sanaladi. Ular odatda
faol deformatsiyalangan, murakkab burmalangan qatlamlar, linzalar va qatlamalar shaklida yotadi.
25
aktinolit, epidot, kvars, seritsit singari past haroratli minerallar majmuasi bilan xarakterlanadi. U yoki bu minerallarning ustuvorligi bo‘yicha xloritli, epidot- aktinolitli, seritsit-xloritli va boshqa turlari ajratiladi. Bunday jinslarning teksturasi slanetsli, strukturasi mayda donali bo‘ladi; odatda reliktli strukturalari saqlanib qoladi. Harorat yuqoriroq bo‘lganda slyudali, sillimanit-muskovitli va stavrolit-sillimanitli slanetslar shakllanadi. Kristalli slanetslar metamorfizmning o‘rta va yuqori bosqichlarida (amfibolitli va granulitli fatsiyalar) hosil bo‘ladi, slanetsli va gneysli teksturaga, mayda va o‘rta donali strukturaga ega bo‘ladi. Ularning tarkibiga plagioklaz, rogovaya obmanka, biotit, piroksenlar, granatlar, epidot va boshqa minerallar kiradi. Kvars va kaliyli dala shpatlari odatda uchramaydi.
mineral tarkibi bo‘yicha granitlarga yaqin, ya’ni dala shpatlari va kvarsga boy bo‘ladi. Rangli minerallardan slyudalar, rogovaya obmanka, piroksenlar, granatlar, disten, sillimanit va ba’zi boshqa minerallar uchrashi mumkin. Ular gneysli teksturaga, mayda yoki o‘rta donali strukturaga ega bo‘ladi. Birlamchi jinslarning tabiatiga bog‘liq xolda para va ortogneyslar ajratiladi. Cho‘kiindi jinslar metamorfizmida paragneyslar, magmatik jinslardan esa ortogneyslar vujudga keladi. Amfibolitlar melanokratli, kristall donali jinslar bo‘lib, massiv yoki tartibsiz teksturali, asosan rogovaya obmankadan, kamroq plagioklazdan tarkib topgan. Piroksenlar va granatlar ham uchrashi mumkin.
jinslardir. Tarkibi bo‘yicha ular kalsitli, kalsit-dolomitli va dolomitli turlarga bo‘linadi. Tog‘ jinsida silikatlar (yoki kvars) miqdori 5 dan 50% gacha bo‘lganda silikatli marmarlar yoki kal’sifirlar deyiladi. Kvarsitlar asosan kvarsdan tarkib topgan metamorfik jinslar hisoblanadi. Tarkibida dala shpatlari, biotit, temirli birikmalarning mavjudligi bo‘yicha ularning kvarsitlar, kvarsit-slanetslar kabi turlari ajratiladi.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling