O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo'qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti kurs ishi Mavzu: Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usulining joriy etilishi Bajardi: Abdurahimov Asadbek


Download 41.43 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi41.43 Kb.
#1528495
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi. Asadbek




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO'QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TARIX FAKULTETI

Kurs ishi

Mavzu: Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usulining joriy etilishi
Bajardi: Abdurahimov Asadbek
Tekshirdi: Maroziqov A.


Mundarija:

Kirish ................................................................................................................ 3
I BOB. O’rta Osiyoda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosati va uning xususiyatlari.
1.1 Rossiya imperiyasining mustamlakachilik tartiblari va xususiyatlari....6
1.2 Turkiston o'lkasining ma'muriy-hududiy bo'linishi va boshqaruvi Turkiston general-gubernatorligida politsiya va sud hokimiyati.................11
II BOB. Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usuli va ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
2.1 Rossiyaning Turkistonda yer-suv masalalariga doir siyosati va qishloq boshqaruvi.......................................................................................................14
2.2 Imperiyaning ko’chiruvchilik siyosati va uning oqibatlari......................18
Xulosa..............................................................................................................23
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................................25
Kirish
Prezdentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek “ Xalq tarixi unitilmaydi u urf-odat, an’analarda xalqning kundalik turmushida saqlanib qoladi” shunday ekan xalqimizning haqqoniy tarixini yoritish muhimdir. Shu o’rinda Rossiya imperiyasing O’rta Osiyoda yuritgan mustamlakachilik siyosati ham alohida masaladir.
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli yillaridir. Bu, bir tomondan, Rossiya imperiyasi istilosi tufayli og‘ir kulfatlar, yo‘qotishlar keltirgan bo‘lsa, ikkinchidan, ota-bobolarimiz mustamlaka jabr-zulmiga qarshi Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun qahramonona kurashlarini davom ettirdilar, uchinchidan, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilib, katta ma'naviy va moddiy bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdilar. Podsho Rossiyasi Turkiston o’lkasini bosib olgach, jahonning eng yirik mustamlakachi davlatiga aylandi. yevropada Rossiyaga nisbatan «ulkan miqdordagi mulk o’g’risi» degan kinoyali ibora ishlatila boshlandi. yevropa va Osiyoning bir qismini o’z ichiga olgan bu imperiya boshqa mustamlakachi davlatlardan farqli ravishda o’ziga xos mustamlakachilik tizimini yuzaga keltirdi. Bunday zo’ravonlik va zulmga asoslangan mustamlakachilik tizimi Turkistonda keng ko’lamda amalga oshirila boshlandi. Bu siyosat mahalliy halqlarga mutlaqo ishonmaslik, ularni nazarga ilmaslik kabi o’ta millatchilik ruhidagi siyosat asosiga qurilgan edi.
Turkistonda boshqaruv tizimi butunlay harbiylashtirilgan hokimiyat ixtiyoriga to’laligicha topshirilgan bo’lib, ularning qo’lida cheklanmagan va hech qanday insoniy huquqlarni tan olmaydigan hokimiyat tizimi shakillantirilgan edi. «Bu joyda bizning umumiy dushmanimiz-musulmonlik va yovvoyilikdir» - deya harbiy vazir Milyutinga maktub yo’llagan general Kaufman 1868-yil 22-yanvarda Toshkent jamoatchiligi vakillari oldida so’zlagan nutqida ruslarni Turkiston aholisining katta og’alari degan fikrni ilgari surdi.
Rus hukumati Turkistonning tub aholisi vakillarini oliy va o`rta boshqaruv idoralariga yaqinlashtirmasdan, faqat quyi munosabatlardagina tayinlar edi. O`zbeklar siyosiy huquqlaridan mahrum etilib, xokimiyat butunlay rus amaldorlari qo`lida edi. Turkiston general gubernatori juda katta huquq va imtiyozlarga ega bo`lib, uni hatto yarim podsho deb atardilar. Rossiya qoloqligi, zolimligi, kuchliligi bilan Ovrupa davlatlari orasida ajralib turar edi. Bu mamlakatda yakka xokimlik xukumron edi. Rus istibdodi barcha xalqlarni zulm iskanjasida ushlab turardi. Ayniqsa O`rta Osiyo xalqlari hayoti g`oyat mushkul edi. natijada o`lka xalqlari o`rtasida norozilik kuchaya boshladi, sinfiy ziddiyatlar vujudga keldi. 1865-yilda Toshkent shahri qoʻlga olinganidan keyin , mustamlaka sharoitidan kelib chiqqan holda , Sirdaryo hududi hamda 1864 va 1865-yillarda yangidan qoʻlga olingan yerlar hisobiga Orenburg general-gubernatorligiga buysundirilgan Turkiston viloyati tashkil etilgan edi. 1867-yil 14-iyulda imperator Aleksandr II Turkiston harbiy okrugini ta'sis etdi va O'rta Osiyoda bosib olingan va saltanat tarkibiga kiritilgan xududlar hisobidan Turkiston general - gubernatorligini tashkil qilish toʻgʻrisida farmon e'lon qildi . General K.P.Kaufman Turkiston okrugi qo'mondoni va general - guburnatori qilib tayinlandi . Unga podsho juda katta vakolatlar berdi . Imperatordan olgan "Oltin yorliq" qa muvofiq fon Kaufman biror davlatga qarshi urush e'lon qilishi , diplomatik aloqalar olib borishi yohud sulh tuzishi mumkin edi . Ayni vaqtda Kaufman moliyaviy hamda iqtisodiy masalalarda ham mustaqil hukmdorlardek keng huquqlarga ega bo'lib , faqat podshogagina hisob berardi. Ko'p o'tmay harbiy ma'muriyatdan tashqari fuqarolik, ma'muriy ishlar ham unga to'la bo'ysundirildi. Shu bois ham fon Kaufmanni mahalliy xalq "yarim podsho" deb atardi . Viloyatlarning harbiy gubernatorlari va uezd boshliqlari ham o'z ixtiyorlaridagi harbiy qismlarning qo'mondonlari bo'lishgan. Shu tariqa , "harbiy xalq boshqaruvi" dagi harbiy hokimiyat chor zobitlari va generallari qo'lida jamlangan edi . "Xalq boshqaruvi "- yuzboshi - oqsoqollar , "xalq sudyalari" qozilar aholi tomonidan nomigagina saylanar, aslida ular general-gubernator tomonidan tayinlanar edi. General-gubernatorlik markaziy o'lka boshqaruvida Turkistonda mutlaq hokim bo'lgan. Markaziy o'lka boshqaruvi general-gubernator hamda uning Kengashi va mahkamasidan iborat edi . Turkiston general-gubernatori o'z qo'lida harbiy va fuqaro hokimiyatini birlashtirgan . Bir vaqtning o'zida u podsho noibi, harbiy okrug qo'shinlari qo'mondoni, Yettisuv kazak qo'shinlari qo'mondoni, bosh mirshab, bosh prokuror vazifalarini ham o'tagan . Unga Buxoro amiri va Xiva xoni ham bo'ysungan.

Download 41.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling