O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo'qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti kurs ishi Mavzu: Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usulining joriy etilishi Bajardi: Abdurahimov Asadbek


Imperiyaning ko’chiruvchilik siyosati va uning oqibatlari


Download 41.43 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi41.43 Kb.
#1528495
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi. Asadbek

2.2 Imperiyaning ko’chiruvchilik siyosati va uning oqibatlari.
Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni imperiyaning ajralmas bir qismiga aylantirish va o‘lkada doimiy hukmron bo‘lib qolish maqsadida Sibir va Kavkaz hududlaridagidek mustamlakachilik siyosati olib borildi. Bu borada asosiy amalga oshirilgan choralardan biri bu imperiyaning markaziy guberna aholisini o‘lkaga ko‘chirib keltirish hisoblangan. 1886-yildagi «Nizom»da hukumat tasarrufida qolayotgan bo‘sh turgan davlat yerlariga rus aholisini joylashtirish muhim ekanligi qat'iy belgilab qo‘yildi. Ko‘chirish siyosati bilan shug‘ullanish o‘lka ma'muriyati zimmasiga yuklatilgan. Ko‘chib kelganlarga katta imtiyozlar berilgan. Jumladan, ularmablag‘, turar joy, yer maydonlari, kreditlar bilan ta'minlangan. Ko‘chib kelganlar 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan, keyingi 5 yil davomida soliqlarning yarmini to‘lagan. Rossiyadan ko‘chib kelganlar, asosan, qishloq aholisi bo‘lgan. lar uchun o‘lka ma'muriyati maktab va cherkovlar qurishga mablag‘ ajratgan. Turkiston o‘lkasida harbiy xizmatchilar yashab qolishlari va tomorqa yer olishlari mumkin bo‘lgan. Bunday imkoniyatlar Rossiyaning markaziy rayonlaridan ko‘plab aholining ko‘chib kelishiga sabab bo‘lgan. 1875-yilda Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi paydo bo‘ldi. 15 yil davomida (1875-1890) Turkiston o‘lkasiga 1300 oila ko‘chib kelib joylashib, 19 ta rus qishlog‘i tashkil topdi. Faqat 1891-1892-yillardagina ko‘chib kelganlarning 25 ta manzilgohi paydo bo‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan nafaqat ko‘chib kelgan shaxslar, balki yirik korxonalar ham daromad olish maqsadida o‘lkadan yerlar sotib ola boshladi. Rossiya imperiyasining ko‘chirib keltirish siyosati Turkiston o‘lkasidagi mustamlaka tizimini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilgan edi. Ko‘chib kelganlarga yaratilgan imkoniyatlar o‘lkaga ko‘chib keluvchilar sonining haddan ziyod ko‘payishiga olib keldi. Ko‘chirib keltirib joylashtirilgan aholining ko‘payishi, ularga unumdor yerlarning berilishi mahalliy aholi vakillarining jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan. Toshkent shahri va o‘lkaning Yangi Marg‘ilon, Samarqand, Andijon kabi shaharlarida ham ko‘chib kelganlarning posyolkalari paydo bo‘ldi. O‘lkadagi yirik shaharlar ikkiga: yangi - ma'muriyat, harbiy qismlar joylashgan va ko‘chirib keltirilganlar yashaydigan qism hamda eski - mahalliy aholi vakillari yashaydigan qismlarga ajratildi. Jumladan, Toshkentdagi Bo‘zsuv anhori shaharni ikki qismga ajratgan chegara bo‘lgan.
Rus mustamlakachi hukumati Turkistonda qishloqlarni boshqarishda 1867 yilgi «Vaqtli Nizom loyihasi»ga amal qildi. Bu idora usuli mahalliy halqlar boshqaruv siyosatiga zid bo’lib, Rossiyadagi ruscha idora usulida edi. Bu Nizomga ko’ra, ko’chmanchi aholiga ikki bosqichli (volost va ovul), o’troq aholiga esa bir bosqichli (oqsoqollar) boshqaruv tizimi joriy etildi. Volost asosini mingdan ikki minggacha xonadon tashkil etsa, ovul jamoalarini yuzdan ikki yuzgacha bo’lgan o’tovlar aholisi tashkil etgan. Bu bilan ko’chmanchi aholi o’rtasidagi urug’chilik asosidagi bo’linish barham topdi. Bu siyosat hokimiyatga soliqlarni belgilash va yig’ib olishda ham qo’l kelib uni takomillashtirishga harakat qildi. 1888-yilgi «Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Nizom»ga ko’ra o’troq aholining bir bosqichli boshqaruv tizimi bekor qilindi va ikki bosqichga aylantirilib, oqsoqolliklar volostlarga birlashtirildi. Ovul jamoalari va oqsoqollar vakillari yig’ini barcha saylovchilar yig’ilishi bilan almashtirildi. Aholi saylovlar yo’li bilan volost va oqsoqolliklarga mingboshilarni saylardi. Mingboshi volost boshqaruvchisi bo’lib, qishloq, ovul oqsoqoli tomonidan uch yil muddatga saylangan. U o’z faoliyatini rus mustamlakachi ma’muriyati tasdig’idan o’tgandan so’nggina boshlagan. Aholining «qirg’izlar va sartlar» iborasi bilan atash 1886 yilgi Nizomga ko’ra «o’troq va ko’chmanchi» tarzida o’zgartirildi. Volost boshqaruvchisini saylovchilar vakillarining qurultoyi saylagan. Bunda ikki nomzod ko’rsatilib, ikkinchisi uning muovini bo’lgan. Bu nomzodlar harbiy gubernator tomonidan tasdiqlanmasa, bekor qilingan va boshqasi tayinlangan yoki harbiy gubernator ko’rsatgan shaxs bu vazifaga kirishgan. Shu tariqa rus mustamlakachi hokimiyati qishloqlardagi boshqaruv faoliyatini ham o’z qo’lida mustahkam saqlab turgan. Chor hukumati o’lkani harbiy kuch bilan uzoq muddat saqlab turish mumkin emasligini yaxshi anglardi. SHu boisdan ham u Turkistonda assimilyatsiya, ya’ni rus millatiga mansub aholi bilan mahalliy aholini aralashtirib yuborish siyosatini tutdi. Bu borada imperiyaning ko’chiruvchilik siyosati alohida o’rin tutadi. Ko’chiruvchilik siyosati Turkiston general gubernatorligi tashkil etilgan 1867 yildayoq boshlab yuborildi. 1869-yilda yettisuvdagi dexqonlar manzilgohlari to’g’risida qoidalar ishlab chiqdi. Bu hududda 1869-1882 yillarda 25 ming kishilik aholisi bo’lgan 29 ta rus qishlog’i, Sirdaryo viloyatida esa 1300 kishilik aholisi bo’lgan 19 ta rus qishlog’i barpo etildi. 1886-yilgi Nizomga ko’ra, o’lkaga rus aholisining ko’chib kelishiga siyosiy tus berildi va har bir ko’chib keluvchiga 10 desyatinadan kam bo’lmagan yer ajratilishi ko’zda tutildi. Yuqorida aytganimizdek, 1875-yilda Avliyootada ilk rus qishlog’i barpo etilgandan boshlab o’tgan 15 yil davomida, ya’ni 1890 yilgacha Turkiston o’lkasida 1300 oiladan iborat 19 ta rus qishlog’i barpo etilgan bo’lsa, Rossiyada ocharchilik yuz bergan 1891-1892 yillarda Turkistonga ko’chib keluvchilar soni keskin ortdi va shu ikki yil davomida 25 ta rus qishlog’i paydo bo’ldi. O’lkadagi rus deqonlarining soni ikki barobar ortdi. Shu yillarda Rossiyadan och-yalong’och rus mujiklarining Turkistonga kelib joylashishi tartibsiz ravishda ommaviy tus ola boshladi va hokimiyat tomonidan ularga yaratib berilgan imkoniyat tufayli mahalliy dexqonlarga qarashli bo’lgan hosildor yerlardan o’z egalari mahrum qilindi, bu yerlar esa «bo’sh yotgan davlat yerlari» sifatida kelgindi rus dexqonlariga taqsimlab berildi. O’lkada rus dexqonlarining salmog’i bir oz ortgach, rus mustamlakachi ma’muriyati ularni qurollantirish va zurur bo’lgan hollarda mahalliy aholi noroziliklari, qo’zg’olonlari, isyonlarini bostirishda foydalanish siyosatini amalga oshira boshladi. SHu maqsadlar 1896 yilda Sirdaryo viloyatiga ko’chib kelgan kazaklarga 123 ta miltiq va o’q-dori, 1897-yilda yana 3000 ta miltiq, yettisuvda 300, Farg’onada 131, Kaspiyortida 431 miltiq va o’q-dori taqsimlab berildi. Bu bilan Rossiya ko’chiruvchilik siyosati harbiy siyosiy maqsadlarni ko’zlab amalga oshirilganligini ko’rsatdi. Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olgach, bu yerda o’z manfaatlarini oshirish borasida turli siyosatlar va tadbirlarni amalga oshira boshladi. Mustamlaka hukumatning amalga oshirgan ishlaridan biri Turkistonda temir yo’lning barpo etilishi bo’ldi. Turkistonda temir yo’l ikki asosiy maqsadni harbiy strategik va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlab qurildi. Harbiy strategik nuqtai nazardan olsak, o’lkaning qay bir yerida mustamlakachilikka qarshi kurashlar yuzaga kelmasin, uni bostirish uchun harbiy kuchlarni safarbar etish va yetkazib berish, mustamlaka hokimiyatini saqlab turishda harbiy soha imkoniyatlarini kengaytirish ko’zda tutilgan. Keyingi yillarda ko’plab yetishtirilayotgan xom-ashyolar va yer osti va yer usti boyliklarini ko’plab miqdorda va tezroq Rossiya hududlariga yetkazib borish iqtisodiy maqsadlarni ko’zlagan edi.

Xulosa
Chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib olgach, bu yerda o’z manfaatlarini oshirish borasida turli siyosatlar va tadbirlarni amalga oshira boshladi. Mustamlaka hukumatning amalga oshirgan ishlaridan biri Turkistonda temir yo’lning barpo etilishi bo’ldi. Turkistonda temir yo’l ikki asosiy maqsadni harbiy strategik va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlab qurildi. Harbiy strategik nuqtai nazardan olsak, o’lkaning qay bir yerida mustamlakachilikka qarshi kurashlar yuzaga kelmasin, uni bostirish uchun harbiy kuchlarni safarbar etish va yetkazib berish, mustamlaka hokimiyatini saqlab turishda harbiy soha imkoniyatlarini kengaytirish ko’zda tutilgan. Keyingi yillarda ko’plab yetishtirilayotgan xom-ashyolar va yer osti va yer usti boyliklarini ko’plab miqdorda va tezroq Rossiya hududlariga yetkazib borish iqtisodiy maqsadlarni ko’zlagan edi. O’rta Osiyo temir yo’lining dastlabki izlari 1880 yilda Mixaylovo postidan Mullaqorigacha bo’lgan 26 km masofada yetkazildi. 1881 yil 20 sentyabrida Mixaylovdan Qizil Arvotgacha 232 km masofada temir yo’lda qatnovlar boshlandi. 1885 yilda Ashxobodga, 1886 yilda Marv, CHorjuy va Amudaryogacha temir izlari yetkazildi. Temir yo’l Samarqand bilan ham tutashtirildi, 1898 yilda Marv Qo’shqa shaxobchasi qurilib, bir yildan so’ng Farg’ona vodiysi va Toshkent ham temir yo’l bilan tutashtirildi. 1900 yil boshlangan Toshkent Orenburg temir yo’li 1905 yilda qurib bitkazildi va keyingi yillarda O’rta Osiyoning barcha asosiy nuqtalari temir izlari orqali birlashtirildi. Bu esa Rossiya imperiyasiga har yili Turkiston o’lkasidan minglab tonnalar miqdorida qimmatbaho yuklarni olib chiqib ketish imkoniyatini berdi. O’lkada temir yo’lining tushirilishi natijasida bir qancha sanoat korxonalari ham yuzaga kela boshladi. Bu saonat korxonalarida xom-ashyoga dastlabki ishlov berilardi. Birinchi paxta tozalash zavodi 1879 yilda Toshkentda savdogar Nazarov tomonidan ishga tushirildi. 1885 yilda esa Andijonda savdogar Xo’jayev tomonidan ikkinchi paxta tozalash zavodiga asos solindi va shu tariqa birin ketin turli sanoat korxonalari barpo etila boshlandi. 1867-1900 yillar davomida Turkiston o’lkasida 170 korxona ishga tushirildi. Ularning asosiy qismi paxta tozalash zavodlari bo’lib, bulardan tashqari yog’-moy ishlab chiqarish, choy qadoqlash, aroq, vino tayyorlovchi korxonalar ham barpo etilgan edi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, Turkiston o’lkasining yalpi sanoat ishlab chiqarishning 80 foizdan ortig’i paxtani qayta ishlovchi korxonalar xissasiga to’g’ri kelardi. Bu korxonalarda asosan yevropalik ishchilar ishlagan bo’lsalar, keyingi yillarda mahalliy aholi vakillari ham katta qiyinchiliklar bilan yollanma ishchilarga aylana boshladilar. Biroq bunda rus va musulmon ishchilariga bo’lgan munosabat bir-biridan keskin farq qilardi va bunda mustamlkachi hokimiyatning shovinistik qarashlari aks etib turardi. Shu tariqa Turkiston Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirilgach, bu yerda jahonning hech bir davlati qo’llamagan mustamlakaga idora usuli joriy etildi va bu idora usuli o’lka halqlarini uzoq vaqtlar mustamlaka sirtmog’ida tutib turishni ko’zda tutdi.



Download 41.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling