O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti


Download 22.67 Kb.
bet1/7
Sana06.04.2023
Hajmi22.67 Kb.
#1329677
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-kurs amaliyot dasturi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

“Tasdiqlayman”


Qo’qon DPI o’quv ishlari prorektori
_______________N.Babayeva
“____”__________ 20__ yil
MALAKAVIY O’QUV AMALIYOTI
D A S T U R I
(III-kurs)

Bilim sohasi:
Ta`lim sohasi:
Ta’lim yo’nalishi:

100000 – Gumanitar
110000 – Pedagogika
5111900 – Defektologiya


O‘quv
amaliotini
o`tash davri

Ajratilgan bir haftalik soat

Ajratilgan umumiy soat

Semestr

6 hafta

36

216

6





Qo’qon - 2022


Ushbu malakaviy o’quv amaliyot dasturi Qo’qon DPI Kengashining 20__ yil “__” ________dagi __-sonli bayoni bilan ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.


Tuzuvchilar: Maxsus pedagogika kafedrasi
katta o’qituvchi (PhD)
X.Raximova

Maxsus pedagogika kafedrasi


katta o’qituvchisi (PhD)
F.Teshaboyeva


Kafedra mudiri: Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri
L.Xayitov
Fakultet dekani: Pedagogika – psixologiya fakulteti
dekani N.Erkaboyeva
Mazkur dastur, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 5-martdagi 10 q/q sonli, Xalq ta’limi vazirligining 2019-yil 5-martdagi 13-sonli, Maktabgacha ta’lim vazirligitning 2019-yil 5-martdagi 4-sonli “Pedagogika ta’lim sohasi bo’yicha kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalaribitiruvchi kurs talabalarining o’quv amaliyotlarini doimiy yashash hududlarida o’tashlarini tashkil etish to’g’risida”gi qo’shma qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 14-martdagi 87-02-605-sonli modemnomasi, QDPI Kengashining 2019 yil 30 martdagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qo’qon davlat pedagogika instituti talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to’g’risida Muvaqqat Nizom”ga muvofiq ishlab chiqildi.
KIRISH

Mazkur dastur amaliyotchi-talabalarning o’quv amaliyotida uzluksiz ta’lim tizimining umumtalim maktablarida ta’limiy-tarbiyaviy ishlar taqvimini o’rganish, mashg’ulot, mashg’ulotlardan tashqari ta’lim tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etadigan, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini muvafaqqiyatli qo’llash, shuningdek talim tarbiya ishlarning asosiy shakllari, ularni tahlil qilish, tashkil etish va o’tkazish bo’yicha yo’l-yo’riqlar, va baholashda qo’llaniladigan reyting tizimi bayon qilingan.


Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida bilish, dunyoqarashni kengaytirish qobiliyati va iste’dodining taraqqiy ettirish an’anaga aylangan. Bu an’anani avlodlarga yetkazish barkamol oliy ma’lumotli mutaxassis o’qituvchi-tarbiyachisiga bog’liq.
Kadrlarni mutaxassislikka tayyorlash tizimida o’quv amaliyoti muhim rol o’ynaydi. U o’quv-tarbiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Pedagogika institutida talabalarning pedagogik faoliyatini shakllantirishida kasb tajribasini orttirishda o’ziga xos o’rinni egallaydi.
Mazkur malakaviy o’quv amaliyoti oliy ta’limning bakalavriat bosqichida Defektologiya ta’lim yo’nalishida o’qiladigan ixtisoslik fanlari bo’yicha olingan nazariy va amaliy bilimlarni amaliyotda sinab ko’rish va amaliy masalalarni yechishga o’rgatish maqsadida o’tkaziladi. Ushbu dastur bo’lajak pedagog-defektolog egallashi va amaliyotda foydalanishi uchun kerak bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini o’z ichiga oladi.
Dasturda ixtisoslik fanlarining nazariy va amaliy mazmunlaridan foydalanib, kerakli hujjatlarni tayyorlash, olgan bilimlari yordamida amaliy masalalar tuzish va yechish kabi mavzular va amaliy ishlar o’z aksini topgan. Defektologiya ta’lim yo’nalishida o’tkaziladigan o’quv amaliyoti 3-kurs 6-semestrida “Maxsus pedagogika” kafedrasi maktablar bilan tuzgan shartnomalariga asosan o’tkaziladi. (Quyida har bir mikro guruh uchun ajratilgan vaqti va soati ko’rsatilgan). III kursda o’tkaziladigan o‘quv amaliyot 6 semestrda (aprel, may oyi) rejalashtirilgan bo’lib, olti hafta davom etadi. Jami: 216 soat berilgan.


  1. Download 22.67 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling