Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
VI BOB. SIRT-FAOL MODDALAR. MIKROGETEROGEN SISTEMALAR
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
VI BOB. SIRT-FAOL MODDALAR. MIKROGETEROGEN SISTEMALAR.
17-§. SIRT-FAOL MODDALAR. 17.1-§. Sirt-faol moddalar va ularning turlari. Sirt-faol moddalarning umumiy xarakteristikasi. Suyuqlik sirtida boʻladigan adsorbsiyalar musbat va manfiy adsorbsiyalarga boʻlinadi. Masalan, suvga organik kislota yoki spirt (aldegid, keton, murakkab efir, oqsil va hokazolar) aralashtirilsa, bu moddalar suvning sirt qavatida koʻp yigʻilib qolib, suvning sirt tarangligini ancha kamaytiradi. Bu hodisa musbat adsorbsiya deyiladi. Lekin, shunday moddalar borki, ular suv sirtiga tushib qolsa, suvning sirt tarangligini oshirib yuboradi, bular qatoriga osh tuzi va boshqa elektrolitlar kiradi. Bu yerda boʻladigan hodisa manfiy adsorbsiya deyiladi. Suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiruvchi moddalar sirt-faol moddalar, suyuqlikning sirt tarangligini koʻpaytiruvchi moddalar esa sirt-nofaol moddalar deb ataladi. Sirt-faol moddalarning sirt tarangligi qiymati suyuqlikning sirt tarangligi qiymatidan kichik boʻladi. Sirt-faol va sirt-nofaol moddalardan tashqari shunday moddalar ham borki, ular suyuqlikka qoʻshilsa suyuqlikning sirt tarangligi oʻzgarmaydi. Bunday moddalar sirt befarq moddalar deyiladi. Bular qatoriga disaxarid va polisaxaridlar kiradi. Keng ma‘noda qaraganda barcha organik moddalarni ham sirt-faol moddalar jumlasiga kiritishga toʻgʻri keladi, chunki har qanday organik moddani olmaylik, uning sirt tarangligi suvning sirt tarangligidan kichik, u suvga nisbatan sirt-faollik koʻrsatadi. Lekin qattiq jismlarning sirt tarangligi suyuqliknikidan ancha katta, demak suv qattiq moddaga nisbatan sirt-faollik namoyon qilishi kerak. Bundan 180 koʻramizki, fazalar chegarasining xarakteriga qarab, suv ba‘zan sirt-nofaol, ba‘zan sirt-faol modda boʻlishi mumkin. Umuman olganda, eritmalarning sirt tarangligini kamaytiruvchi mоddalar sirt- faol mоddalar (SFM) deb nоm оldi. Avval ta‘kidlaganimizdek Gibbs taklif qilgan tenglamada: dC d RT С G dagi « dC d » ni Rebinder ―sirt-faollik‖ deb atagan edi. Bu tenglamadagi G- moddaning sirtdagi konsentratsiyasi uning hajmiy konsentratsiyasidan qancha ortiq ekanligini koʻrsatadi va u ―ortiqcha miqdor‖ yoki ―Gibbs adsorbsiyasi‖ deyiladi, C - moddaning hajmiy konsentratsiyasi. Sirt-faollik dC d ni biz grafik usuli bilan aniqlashimiz mumkin. Buning uchun grafik chizib absissalar oʻqiga konsentratsiya ―C‖ ni, ordinatalar oʻqiga sirt taranglik ― ―ning qiymatlarini qoʻyib, ( - C) bogʻliqlik diagrammasi tuziladi. - C chizigʻiga izotermaning boshlanishidan urinma oʻtkazilib uni ordinata chizigʻi bilan kesishguncha davom ettiriladi. Kesishgan joydagi urinma bilan ordinatalar chizigʻining orasidagi burchakning tangensi olinadi. tg dC d G Bu yerda, G - sirt faollik. Manfiy boʻlgan moddalar uchun G-musbat qiymatga ega boʻladi. Agar musbat boʻlsa, modda sirt-nofaol hisoblanadi (90-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling