Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-rasm. Boʻkish bosqichlari sxemasi
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
116-rasm. Boʻkish bosqichlari sxemasi:
а – polimer- erituvchi sistemasi boʻkishga qadar; b – boʻkishning birinchi bosqichi; v – boʻkishning ikkinchi bosqichi; g – qisman polimerning erishi kuzatiladigan boʻkishning ikkinchi bosqichi. Boʻkishning birinchi bоsqichida (116-rasm,b) pоlimer hajmi оrtishi bilan sistemaning hajmi bir оz kamayadi (kоntraktsiya). Ikkinchi bоsqichda boʻkuvchi pоlimerning hajmi dastlabki hajmga nisbatan оrtadi (116-rasm,v), birоq bu bоsqichda pоlimer qisman erishi ham mumkin(116-rasm,g). Koʻrinib turibdiki, boʻkish erish oldidan boʻladigan kinetik effektdir. Boʻkish chekli va cheksiz boʻladi: Cheksiz boʻkish. Yuqorida aytib oʻtilganidek cheksiz boʻkish erishning birinchi bosqichi boʻladi, soʻngra polimer zanjirlari bir-biridan ajraydi va quyimolekulyar erituvchi molekulalari bilan aralashadi. Polimerga erituvchi qoʻshilganda suyuqlik molekulalari polimer orasiga kira boshlaydi va polimer zanjirlarini bir-biridan ajratadi, ya‘ni boʻkish sodir boʻladi. Bunda, kam harakatchan boʻlgan makromolekulalarning quyi molekulyar suyuqlik fazasiga tarqalishi esa ma‘lum vaqt talab qiladi. Demak, polimerning erish jarayonidan oldin doim boʻkish kuzatiladi. Boʻkkan polimer, ya‘ni quyi molekulyar suyuqlikning polimerdagi eritmasi, ma‘lum vaqt toza suyuqlik bilan birgalikda mavjud boʻla oladi. Soʻngra makromolekulalar bir-biridan ajrala boshlaydi va asta-sekin erituvchi molekulalari orasiga tarqab bir jinsli eritma hosil qiladi. Chekli boʻkish. Boʻkish har doim ham erish bilan yakunlanmaydi. Buning sababi polimer bilan erituvchining chekli aralashishidir. Natijada jarayon oxirida sistemada ikkita faza: yuqori molekulyar birikmaning erituvchidagi toʻyingan eritmasi va erituvchining polimerdagi toʻyingan eritmasi (iviq) hosil boʻladi. Chiziqli va toʻrsimon polimerlarning boʻkishi bir-biridan farq qiladi. Chiziqli polimerlar uchun bu jarayon ikki suyuqlikning chekli aralashishiga oʻxshashdir, masalan, ma‘lum sharoitda (ya‘ni harorat yoki komponentlar konsentratsiyasining ma‘lum qiymatida) chekli boʻkish cheksiz erishga oʻtishi mumkin. Chekli boʻkishning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin, ya‘ni: polimer zanjirlarining oʻzaro ta‘sirlashish energiyasi ularning erituvchi molekulalari bilan ta‘sirlashish energiyasidan yuqoriroq boʻladi, natijada zanjirlar bir-biridan toʻliq 223 ajramaydi. Haroratning ortishi zanjir molekulalari orasidagi bogʻlarni uzadi va chekli boʻkishga oʻtadi. Chekli boʻkishning yana bir sababi, polimer zanjirlarining choklanishidadir. Choklanish natijasida polimer toʻrsimon moddaga aylanib qoladi va molekulalararo kimyoviy bogʻlar polimer molekulalarining eritmasiga oʻtishiga xalaqit qiladi. Boʻkish jarayoni boʻkish darajasi α bilan tavsiflanadi: 0 0 m m m yoki 0 0 V V V yoki 0 0 m V V bu yerda, , - polimerning boʻkishgacha boʻlgan massasi va hajmi; – polimerning boʻkkandan keyingi massasi va hajmi. Boʻkish darajasi α vaqt bilan belgilanadi. Polimer boʻkishining kinetik egri chizigʻi quyidagi 117-rasmda keltirilgan. Egri chiziqning absissa oʻqiga parallel boʻlgan qismiga toʻgʻri kelgan qismi maksimal yoki muvozanatli boʻkish darajasi α maks deyiladi, shuningdek, α maks qiymati polimerning boʻkishga boʻlgan qobiliyatini miqdoriy baholovchi oʻlchov birligi hisoblanadi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling