Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
Tayanch tushuncha va iboralar
pоlimеrlаr yoki yuqоri mоlеkulyar birikmаlаr, оligоmеrlаr, tаbiiy pоlimеrlаr, sun‘iy pоlimеrlаr, sintеtik pоlimеrlаr, mаkrоmоlеkulа, оddiy boʻgʻinlаr, mоnоmеrlаr, pоlimеrlаnish dаrаjаsi, gоmоpоlimеr, sоpоlimеrlаr, statik sopolimer, blok sopolimerlar, payvand sopolimerlar, organik polimerlar, anorganik polimerlar, elementorganik polimerlar, gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar, karbozanjirli polimerlar, boʻkish, kоntraksiya, chekli va cheksiz boʻkish, maksimal yoki muvozanatli boʻkish darajasi. 225 22-§. YUQОRI MОLЕKULYAR BIRIKMАLАRNING ERITMALARI. 22.1-§. Pоlimer eritmalarining umumiy xarakteristikasi. Polimerlarning erish qobiliyati. Yuqori molekulyar birikmalar yoki polimerlar eritmalari, deb shunday eritmalarga aytiladiki ular makroskopik jihatdan bir, ikki va koʻp komponentli termodinamik muvozanatdagi sistema boʻlib, tarkibida bir va undan ortiq yuqori molekulyar birikma va past molekulali erituvchi yoki erituvchilar aralashmasidan tashkil topgan boʻladi. Hozirgi zamon texnologik jarayonlari polimerlar eritmalarini olish va ulardan foydalanishga asoslangan. Yuqori molekulyar birikmalar eritmasining hozirgi zamon nazariyasida amorf polimerlarning erish jarayonini (quyi) molekulyar suyuqliklarning oʻzaro aralashish jarayoni kabi deb qaraladi. Quyi molekulyar ikki suyuqlikning aralashish jarayoni va polimerning erishi orasidagi oʻxshashlik bir-biriga yaqin, lekin chiziqsimon polimer quyi molekulyar moddalarning erishiga nisbatan, erishdan avval boʻkadi. Demak, yuqori molekulyar birikmalarning quyi molekulyar suyuqliklarni oʻziga yutish (yoki singdirish) jarayoni natijasida polimerlarning hajmiy oʻzgarish hodisasiga boʻkish deyiladi. Yuqori molekulyar birikmalar sirtidagi gʻovak boʻshliqlar va naychalarning suyuqlik bilan toʻlishi va makromolekulaning harakatchan qismlarining suyuqlik molekulalari bilan oʻzaro ta‘siri natijasida ham sirtqi molekulyar va ichki molekulyar qismlarida boʻkish kuzatiladi. Chunki, yuqori molekulyar birikmalar quyi molekulyar suyuqliklar bilan toʻqnashganda suyuqlik (erituvchi) molekulalari polimer makromolekulasiga nisbatan koʻproq harakatchan boʻlganligidan ularning makromolekulalari orasiga diffuziyalanish roʻy berib, polimer boʻkadi. Erituvchining diffuziyalanayotgan molekulalari bilan polimer makromolekulasining oʻzaro (kimyoviy) ta‘siri solvatlanish deyiladi. Eri- tuvchi molekulalarining diffuziyalanishi polimerning tuzilishiga bogʻliq: agar polimer amorf boʻlsa, egiluvchan-qayishqoq makromolekula qismlarining issiqlik harakati natijasida ularning tuzilishida boʻshliq paydo boʻladi, natijada suyuqlikning yutilishi ortadi. Bunda erituvchi molekulalari boʻshliqlarni toʻldirib, polimer molekulasining boʻgʻinlarini bir-biridan ajrata boshlaydi. Bu hol 226 makromolekulalarning bir-biridan uzoqlashishiga, yangi-yangi boʻshliqlar hosil boʻlishiga olib keladi (118-rasm). Hosil boʻlgan boʻshliqlarni yana erituvchi molekulalari toʻldiradi. Natijada polimerning hajmi kattalashadi. Bu jarayon polimer molekulalari bir-biridan ajralguncha, ya‘ni eritmaga toʻliq oʻtguncha asta-sekinlik bilan rivojlanib boradi. Shunday qilib polimerning cheksiz ravishda boʻkishi uning erituvchida erishini ifodalaydi. Boʻkishning oʻzi esa erishdan oldin sodir boʻladigan jarayon boʻlib, erishning kinetik samarasidir. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling