Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Polimer eritmalari termodinamikasi
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
Polimer eritmalari termodinamikasi. Yuqori molekulyar birikmalar
eritmalari termodinamik jihatdan barqaror, termodinamik muvozanat holatida boʻlgan sistemalar hisoblanadi. Erkin energiya sohasining kamayishi bilan hosil boʻladigan sistemalargina termodinamik jihatdan barqaror boʻladi. Bunday sistemalar oʻz konsentratsiyasini va erigan modda molekulalarining katta- kichikligini oʻzgartirmay uzoq vaqt mavjud boʻla oladi. Polimerlar erigan vaqtda erkin energiyaning kamayishi, ya‘ni G >0 boʻlishini quyidagicha koʻrsatish mumkin: bunda, G - erkin energiyaning oʻzgarmas bosim va oʻzgarmas haroratdagi oʻzgarishi, H - entalpiyaning oʻzgarishi, S - entropiyaning oʻzgarishi, T - absolyut harorat. Yuqori molekulyar birikmalar eriganda ba‘zan issiqlik chiqadi ba‘zan esa issiqlik yutiladi. Masalan, nitrotsellyuloza atsetonda eriganda issiqlik chiqadi. Polimerlar eritilganda hosil boʻladigan issiqlik effekti ikki jarayonga bogʻliq: Bu jarayonlardan biri polimer molekulalari oʻrtasidagi bogʻlanishlarning uzilishi (bunda energiya sarf boʻladi) va ikkinchisi solvatlarning hosil boʻlishi (bunda energiya ajralib chiqadi). Agar ajralgan issiqlik bilan yutilgan issiqlik bir- biriga teng boʻlsa, erish vaqtida issiqlik effekti kuzatilmaydi. Agar polimer eriganda issiqlik ajralsa, bu jarayon erkin energiyaning kamayishi, chunki H - ning kamayishi G- ning ham kamayishini koʻrsatadi: bu holda boʻladi va jarayon oʻz-oʻzicha boradi. Bu esa polimerlar eritmalari termodinamika qonunlariga boʻysunishidan dalolat beradi. 22.2-§. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining himoyaviy ta’siri va qovushqoqligi Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining himoyaviy ta’siri. Gidrofob zollar oz miqdorda quyilgan elektrolit ta‘siridan koagulyatsiyalanadi. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalari esa elektrolitlar ta‘siriga barqarordir. Gidrofob zollarga yuqori molekulyar birikmalar eritmalari qoʻshilsa, gidrofob zollar elektrolit ta‘siridan koagulyatsiyalanmaydi. Bu hodisaga yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta‘siri deyiladi. Masalan, oltinning gidrofob zoliga oz 229 miqdorda jelatin qoʻshilsa, oltin zoli barqaror boʻlib qoladi. Bu zolga koagulyatsiya chegarasidan ortiqcha miqdorda elektrolit qoʻshilsa yoki uzoq vaqt saqlansa ham koagulyatsiyaga uchramaydi. Odatda liofil harakterdagi yuqori molekulyar birikmalar (sirt-faol moddalar) himoyaviy ta‘sirga ega boʻladi. Himoyaviy ta‘sir oltin, rubin va temir sonlari degan oʻlchov birliklarida oʻlchanadi. Oltin soni deb 10 ml qizil rangli oltin zolining 1 ml 10% li natriy xlorid eritmasiga nisbatan barqarorligini saqlash uchun qoʻshilishi kerak boʻladigan yuqori molekulyar birikmalarning milligramm miqdoriga aytiladi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling