Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-jadval Turli yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta’siri
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 120-rasm. Yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta’siri.
- Polimer eritmalarining qovushqoqligi.
26-jadval
Turli yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta’siri Yuqori molekulyar birikma Oltin soni, mg Rubin soni, mg Temir soni, mg Jelatina 0,008 2,50 5,0 Natriy kazeinat 0,01 0,40 - - - Gemoglobin 0,25 0,80 - - - Tuxum albumini 2,50 2,00 15,00 Крахмал 25,0 20,00 20,00 Turli yuqori molekulyar birikmalarning oltin, rubin va temir sonlari quyidagi 26-jadvalda berilgan. Turli yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta‘siri turlichadir. Jadvaldan koʻrinadiki, jelatina va natriy kazeinat eng katta, kraxmal esa eng kichik himoyaviy ta‘sirga ega. Zigmondi nazariyasiga koʻra himoyaviy ta‘sir mexanizmi gidrofob zol zarrachalari bilan yuqori molekulyar birikmalarning zarrachalari oʻrtasida yuz beradigan oʻzaro adsorbsiya jarayoni bilan tushuntiriladi (120-rasm). 230 120-rasm. Yuqori molekulyar birikmalarning himoyaviy ta’siri. Kattaroq oʻlchamdagi gidrofob zol zarrachasi oʻz sirtida kichikroq oʻlchamli yuqori molekulyar birikmalarning makromolekulasini solvat (gidrat) qavati bilan birgalikda adsorbsiyalab, liofil (gidrofil) xossasiga ega boʻlib qoladi. Natijada gidrofob zol zarrachalari oʻzaro birikish, ya‘ni agregatlar hosil qilish xossasini yoʻqotadi. Kolloidlarning himoyaviy ta‘siri inson va hayvon organizmida sodir boʻladigan qator fiziologik jarayonlarda muhim rol oʻynaydi. Masalan, qonda oqsillar va boshqa birikmalarning himoyaviy ta‘siri kamayishi natijasida buyrakda, jigarda va organizmning boshqa a‘zolarida toshlar hosil boʻlishi mumkin. Polimer eritmalarining qovushqoqligi. Qovushqoqlik yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining xarakterli xossasi hisoblanadi. Undan foydalanib polimer va unda boʻladigan barcha oʻzgarishlar haqida boshlangʻich ma‘lumotlar olish mumkin. Qovushqoqlikni aniqlashning bir necha usullari mavjud. Ammo, bu usullar, polimer eritmalari juda yuqori qovushqoqlikka ega ekanligiga koʻra, ma‘lum qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Jumladan, qovushqoqlikni kapillyar viskozimetrlar bilan aniqlashning keng tarqalgan usuli faqat suyultirilgan (konsentratsiyasi 1- 3% dan ortiq boʻlmagan) eritmalar uchun qoʻllaniladi. Yuqori konsentratsiyali eritmalarning qovushqoqligini oʻlchash uchun odatda sharchali viskozimetrlardan foydalaniladi. Polimer eritmalarining qovushqoqligi quyidagi oʻziga xos xususiyatlarga ega: 231 Polimer eritmalarining qovushqoqligi odatda quyi molekulyar birikmalar eritmalarining qovushqoqligidan bir qancha marotaba yuqori boʻladi. Polimerlarning suyultirilgan eritmalarigina Nyuton va Puayzel qonunlariga boʻysunadi, ya‘ni ularning qovushqoqligi bosimga bogʻliq boʻlmaydi. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarining qovushqoqligi konsentratsiya ortishi bilan ortib boradi. Nima uchun polimer eritmalari shunchalik katta qovushqoqlikka egaligini quyidagicha tushuntirish mumkin. Eritma qovushqoqligining barcha xususiyatlari makromolekulaning zanjirsimon tuzilishi va ularning katta oʻlchamli boʻlishiga bogʻliq. Tarkibida yirik zarracha yoki katta oʻlchamli molekula boʻlgan eritmalar qovushqoqligiga polimerning uzun zanjirli molekulalarining suyuqlikning oqishiga qarshilik koʻrsatishini (suyuqlik molekulasining makromolekula zanjiri egiluvchanligi ta‘siridan oʻz harakatini sekinlashtirishiga majbur boʻlishini) sabab qilib koʻrsatish mumkin. Ya‘ni, suyuqlikning oqishiga polimer zarrachalarining qarshilik koʻrsatish qobiliyati qobiliyati ekanligini gidrodinamik jihatdan oson tushuntirish. Polimer eritmalarining qovushqoqligini kapillyar asboblar yordamida aniqlash Puayzel tenglamasiga asoslangan boʻlib, u qovushqoqlikni kapillyardan oʻtuvchi suyuqlik tezligi bilan bogʻliqligini ifodalaydi: , 8 4 l P r T Q bundan l Q t P r 8 4 bunda, Р — suyuqlikka ta‘sir qiluvchi gidrostatik bosim, Q — kapillyardan Т vaqt orasida oqib oʻtgan suyuqlik miqdori, r —kapillyar radiusi, l — kapillyar uzunligi, η — sistemaning absolyut qovushqoqligi. Demak, Р boʻladi, bunda Δh — suyuqlik ustunining balandligi, ρ — suyuqlikning zichligi. Agar, viskozimetr uchun oʻzgarmas qiymat l Q t P r K 8 4 boʻlsa, u holda l Q t P r 8 4 232 tenglamani quyidagicha yozish mumkin boʻladi: η = K ρ t Eritma qovushqoqligining erituvchi qovushqoqligiga nisbati nisbiy qovushqoqlik deyiladi. Boʻkkan polimerlarning qovushqoqligini aniqlash mumkin emas va boʻkkan polimerlarda plastik oqim oʻlchanadi. Plastiklik Xepler viskozimetri kabi asboblarda aniqlanadi (121-rasm). Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling