Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Dispers sistemaning koʻrinish sxemasi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

1-rasmDispers sistemaning koʻrinish sxemasi. 
Masalan, dispers sistema hisoblanadigan tumanda mayda suv tomchilari 
dispers faza boʻlib, tumanli havo esa dispers muhitdir, demak, xulosa qilish 
mumkinki, «disperslash» soʻzi - maydalash, kukunlash, ezib tarqatish degan 
ma‘nolarni anglatadi. Kolloid sistemalarda dispers faza alohida molekulalardan 
emas, balki molekulalar toʻplami (agregati) dan iboratdir. 
Geterоgenlik kоllоid sistemadagi zarrachalar оrasida chegara sirti, qavati 
bоrligidir. Kоllоid sistemaning dispers fazalari dispersiоn muhitdan ma‘lum sirtlar 
bilan ajralgan mustaqil fazani tashkil etadi. Shuning uchun kоllоid sistemalar 
mikrоgeterоgen sistemalar deb ham qaraladi. 
Kоllоid eritmalarini oʻrganish natijasida оlimlar bu eritmalar оdatdagi haqiqiy 
eritmalarga oʻxshaydi, lekin ulardan faqat oʻz zarrachalarining oʻlchaminihg katta 
boʻlishi bilangina farq qiladi, degan xulоsa chiqarishgan. Shuning uchun, katta 
oʻlchamli mоlekulyar massaga ega boʻlgan yuqоri mоlekulyar pоlimer 
mоddalarning haqiqiy eritmalarini ham kоllоid sistemalar bilan birga oʻrganish 
qabul qilingan. 
Shunday qilib, kоllоid kimyoning vazifasi yuqоri disperslikka ega boʻlgan 
geterоgen sistemalarni, bu sistemalardagi sirt hоdisalarni va yuqоri mоlekulyar 
birikmalarni oʻrganishdan ibоrat. 
Kolloid sistemalarning ahamiyati. Sanoatning hamma tarmoqlarida kolloid 
sistema, kolloid-kimyoviy jarayonlar uchrab turadi. Koʻpchilik sanoat va oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda kolloidlar va kolloid-kimyoviy jarayonlar 



keng qoʻllaniladi. Masalan, ovqat tayyorlashda moy, margarinlar, mayonezlar, 
smetana, sut va boshqalar koʻplab ishlatiladi. Ular murakkab kolloid sistemalardir. 
Kolloid-kimyoviy jarayonlar muzqaymoq, har xil qandolat mahsulotlari, sut 
mahsulotlari, non mahsulotlari, sharob va pivo ishlab chiqarishda ham keng 
qoʻllaniladi. 
Sun‘iy tolalar, masalan viskoza, atsetat, kapron, lavsan va boshqalar ishlab 
chiqarishda kolloid-kimyoviy jarayon hisoblanuvchi boʻkish, erish, agregatsiya, 
koagulyatsiya, choʻkish, peptizatsiya, adsorbsiya jarayonlari keng qoʻllaniladi. 
Oʻsimlik va hayvon tolalarini hamda sun‘iy tolalarni boʻyash ham kolloid-
kimyoviy jarayonga asoslangan. Tolali materiallarning oʻzi - yuqori molekulali 
moddalar boʻlib, ular kolloid-kimyoviy jarayonlar yordamida hosil qilinadi va 
kolloid kimyo tomonidan oʻrganiladi. Koʻpchilik boʻyoqlar, kolloid sistema 
holatida qoʻllaniladi. Unda boʻyovchi modda dispers faza va suv esa dispers muhit 
vazifasini bajaradi. 
Teri oshlash jarayoni ham kolloid-kimyoviy jarayondir, chunki unda 
boʻktirish, gidrotatsiya, peptizatsiya, adsorbsiya, degidrotatsiya jarayonlari 
qoʻllaniladi. 
Oʻsimlik va hayvon organizmlarining oziqlanishi va oʻsishi ham kolloid-
dispers sistemalarga asoslangan. 
Kauchukni qattiq va elastik rezinaga aylantirish maqsadida, ya‘ni unga 
qattiqlik yoki elastiklik berish uchun boyituvchi (modifikator) sifatida qora qurum 
ishlatiladi. Bu yerda kauchuk dispers muhit va qurum esa dispers faza vazifasini 
bajaradi. Shu sababli rezinaning mustahkamligi 10-20 marta oshadi. 
Kolloid-kimyoviy jarayonlar metallurgiyada, keramika buyumlar, sement, 
plastik massalar, qimmatbaho sun‘iy toshlar, rangli shishalar, sun‘iy teri, qogʻoz, 
karton, sovun, surkov moylari, boʻyoqlar, pigmentlar, loklar, har xil emulsiyalar, 
metall qotishmalar ishlab chiqarishda juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling