Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Kolloid kimyo fani rivojining qisqacha tarixi
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
Kolloid kimyo fani rivojining qisqacha tarixi. Kolloid moddalar qadim
zamonlardan beri insoniyat tomonidan foydalanib kelingan va olimlarning e‘tiborini jalb qilgan. Asrlar davomida insoniyat tarixida kolloid sistemalar toʻgʻrisida juda koʻp ma‘lumotlar toʻplangan. Kolloid sistemalar xossalarini 8 oʻrganish uchun maxsus tadqiqot usullari yaratilgan, masalan ultramikroskopiya, nefelometriya, ultrafiltratsiya, elektron mikroskopiya, osmometriya, viskozimetriya va boshqa tadqiqot usul (metod) lari yaratilgan. Kolloid-kimyoviy jarayonlar qadimgi Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston, Misr, Yunoniston, Qadimgi Rimda qoʻllanilib kelingan. Oʻsha davrlarda ovqat tayyorlashda, terini qayta ishlashda, toʻqima matolarni boʻyashda bu jarayonlar izchil qoʻllanilgan. Bundan ming yillar ilgari yashab tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan buyuk allomalar Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar, dori-darmonlar tayyorlashda, kristallar xossalarini oʻrganishda kolloid- kimyoviy jarayonlardan foydalanishgan va bu usullarni takomillashtirganlar. 1752- yilda M.Lomonosov rangli shishalar ishlab chiqarishda, oltinning kolloid eritmasini tayyorlab ishlatgan. Rossiya olimlaridan T.Lovitsning 1789-yili faollashtirilgan koʻmirning yutish xususiyatini aniqlashi, ya‘ni adsorbsiya hodisasini kashf etilishi, A.Musinning 1797-yilda simob metalining suvdagi kolloid eritmasini hosil qilishi, I.Borshchovning 1869-yilda kolloid eritmalardagi zarrachalarning kristall tuzilishga ega ekanligini aniqlashi va shuningdek, kolloid mitsella haqida tushuncha berishi va boshqalar, kolloid kimyoning har tomonlama rivojlanishiga keng yoʻl ochib berdi. Kolloid kimyoni rivojlantirishda xorijiy olimlarning ham xizmati katta boʻlgan. Italiyalik kimyogar F.Selmi 1845-yilda turli xil (sut, zardob, qon, yelim, jelatina, kraxmal va boshqa) eritmalarning xossalarini oʻrganib, ularning xususiyatlari chin eritmalardan tubdan farq qilishini aniqladi. 1861-yildan boshlab ingliz kimyogari T.Grem qon, yelim, kraxmal va boshqa eritmalar xossalarini batafsil oʻrganib, ularning yomon diffuziyalanishi, oʻsimlik hamda hayvon membranalaridan oʻtmasligi, undagi moddalar kristallanmasdan amorf choʻkmaga tushishini aniqladi. Bu eritmalarni T.Grem birinchi boʻlib kolloidlar deb atadi. Chin eritmalar esa (masalan, osh tuzi, shakar, glyukoza va boshqalar) yaxshi diffuziyalanadi, membranalar orqali oʻtadi va oson kristallanadi. Shunday qilib, T.Grem eritmalarni ushbu xususiyatlariga koʻra ikki guruhga: kolloidlar va kristalloidlarga boʻlib oʻrganishni taklif qildi (2-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling