sonlar qonunining amal qilishiga olib keladi. Ulkan sonlar qonuni
umumiy prinsip bo‘lib, katta miqdordan tasodifiy omillarning umumiy
ta’siri (boshqa shart-sharoitlar juda ham umumiy bo‘lgan holda) deyarli
tasodifga bog‘liq bo‘lgan narsalarga olib keladi.
Statistik bilish tashqidan ichkiga, alohidalikdan maxsuslikka va
umumiylikka, hodisaning mohiyatga tomon boradi. Masalan, qishloq
xo‘jaligi korxonalarining faoliyati o‘rganilayotgan vaqtda dastlab har bir
korxonaga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar batafsil o‘rganiladi so‘ngra shu
ma’lumotlarga asoslanib umumiy xulosalar chiqariladi.
Obektiv olamda alohidalik umumiyliksiz, umumiylik esa alohida-
liksiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Har qanday alohidalik umumiy-
likning bir qismi bo‘lib hisoblanadi.
Statistikashunos ayrim masalani o‘rganayotganda boshqa fanlar
ko‘rsatmalarini ham hisobga oladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi kuchlar
joylashuvini tekshirishda iqtisodiy geografiya fani tushunchalariga
agrotexnika tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlayotganda
agronomiya fani tushunchalariga, ijtimoiy hodisalarni o‘rganayotganda
esa sotsiologiya fani tushunchalariga asoslanadi. Shu bilan birga boshqa
fanlar namoyondalari ham o‘z sohasi masalalarini yoritayotganda sta-
tistika ma’lumotlaridan keng foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |