O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


X BOB. DEHQONCHILIK VA CHORVACHILIK


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

X BOB. DEHQONCHILIK VA CHORVACHILIK 
STATISTIKASI 
 
10.1. DEHQONCHILIK STATISTIKASI 
10.1.1Ekin maydonlari statistikasi 
 
Ekin maydonlari dehqonchilikning negizi bo‘lib, qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishning eng asosiy elementlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Shuning uchun ham statistika ekin maydonlarning miqdorini aniqlab, bi-
rinchi navbatda ularning tarkibini (strukturasini) tahlil etib, ekin may-
donlarning har xil xo‘jalik kategoriyalari (fermer, dehqon va boshqa 
qishloq xo‘jalik korxonalari) bo‘yicha aniqlab, ekin maydonlarning sa-
maradorligini oshirish imkoniyatlarini (rezervlarini) topishga yora-
damlashadi. Bu o‘z navbatida dehqonchilik (o‘simlikchilik) mahsulotla-
rini har bir turi bo‘yicha hajmini aniqlashga yordam beradi. 
Demak, dehqonchilikda (o‘simlikchilikda) ishlab chiqarilgan mah-
sulotlarning hajmi bevosita ekin maydonlarning umumiy miqdori va 
ekin turlari bo‘yicha hosildorlikka bog‘liq bo‘lganligi uchun ekin may-
donlar statistikasi - o‘simlikchilik (dehqonchilik) statistikasining eng 
asosiy bo‘limi bo‘lib hisoblanadi. 
Ekin maydon deb, statistikada haydalgan yerlarning qishloq 
xo‘jaligi ekin turlari bilan band bo‘lgan ekinzorlarga aytiladi. 
Ekin maydonlar statistikasining eng asosiy birinchi navbatdagi va-
zifasi shundan iboratki, har bir ekin turlari bo‘yicha absolyut (mutlaq) 
miqdorini aniqlab va ekin turlari bo‘yicha umumlashtirib, ekin may-
donlar to‘g‘risidagi to‘plangan ma’lumotlarni to‘laligicha tahlil etish 
uchun quyidagi nisbiy darajalar hisoblanadi: reja bajarilishi darajasi, 
ekin maydonlarning dinamikasi, ularning strukturasi (tarkibi), jami ekin 
turlari bo‘yicha har xil xo‘jalik kategoriyalarining salmog‘ini va hokazo. 
Shu bilan birga bahorgi va kuzgi ekish davrida ekish davrining boshla-
nishi va uning davomiyligini, kalendar kunlar bo‘yicha ekin ekish reja 
bajarilishini, joriy yildagi ekish borishining o‘tgan (bazis) yilga nisbatan 
taqqoslash yo‘li bilan tahlil etiladi. 
Demak, ekin maydonlar to‘g‘risidagi olingan ma’lumotlar qishloq 
xo‘jaligi qay darajada rivojlanayotganligiga umumiy tavsifnoma be-
rishda, shu jumladan o‘simlikchilik (chorvachilik) tarmog‘iga katta yor-


 
 
315
dam beradi, chunki bu ma’lumotlar asosida shu tarmoqdagi ishlab chiqa-
rilgan mahsulotlarning yalpi hosilini va chorvachilik ozuqa bazasining 
miqdorini aniqlashda yordam beradi. 
Ekin maydonlarning miqdori statistikada har bir ekin turi bo‘yicha 
alohida o‘rnatilganligi uchun hamma ekin maydonlarni ekin turlari 
bo‘yicha ishlab chiqarish texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda 
ularni to‘rtta guruhga bo‘lib o‘rganiladi: 
− 
don va dukkakli ekinlar (bug‘doy mahsuloti). Bularga - oziq-
ovqat (bug‘doy, javdar), krupabop (tariq, sholi), ozuqabop (suli, arpa, 
makkajo‘xori), donli dukkakli (dala no‘xati, loviya, vika va boshqalar) 
ekinlarga bo‘linadi. 
− 
texnika ekinlari (ishlab chiqarilgan mahsulot qayta ishlashga 
boradi). Bularga tolali (paxta), lubli tolali (uzun tolali zig‘ir, kanop va 
boshqalar), shakarli (qand lavlagi), yog‘li (donli kungaboqar, soya va 
boshqalar), efir moyli (arpabodiyon, zira, yalpiz va boshqalar), dorivor 
(rayhon, moychechak), tamaki (tamaki, maxorka) ekinlariga bo‘linadi. 
− 
poliz-sabzavot va kartoshka ekinlari (aholi iste’moli va qayta 
ishlash uchun boradi). Bularga - karam, kartoshka, ildiz mevali (sabzi, 
lavlagi, sholg‘om, turp va boshqalar), pomidor, bodring, poliz (tarvuz, 
qovun va boshqalar) va boshqa sabzavot ekinlarga bo‘linadi. 
− 
yem-xashak  ekinlari (ishlab chiqarilgan mahsulot chorva mollar 
uchun ozuqa sifatida ishlatiladi). Bularga - bir yillik o‘tlar (vika, ko‘k 
ozuqa, makkajo‘xori, oq jo‘xori), ko‘p yillik o‘tlarga (beda, yo‘ng‘ichqa, 
yerkak o‘t, ajiriqbosh), yaylov o‘tlarga (tabiiy yaylov va o‘tzorlar) 
hamda silosbop (makkajo‘xori, kungaboqar, dukkakli o‘simliklar), ildiz 
mevali xashaki (xashaki lavlagi, sabzi, xashaki sholg‘om), xashaki poliz 
(oshqovoq) ekinlarga bo‘linadi. 
Ekin maydonlarni hisobga olishda quyidagi ekilgan maydonlar 
aniqlanadi: 
Tigizlashtirib ekish - qator oralig‘iga ishlagan maydon tushuniladi. 
Ular mustaqil maydonni tashkil etmaganligi sababli, umumiy maydonga 
qo‘shilmaydi, faqat urug‘ sarflarni aniqlash uchun hisoblanadi. 
Oraliq ekish - asosiy ekin turi ekilguncha olingan mahsulot may-
doni tushuniladi. Bunga kuzda ekilgan ko‘k yem-xashak  va silos misol 
bo‘la oladi. Umumiy maydonga bu ekinlar maydoni kiritilmaydi va u 
alohida hisobga olinib boriladi. 
Qayta ekish - belgilangan maydondan ikki va undan ortiq hosil ol-
ish uchun mo‘ljallangan maydon tushuniladi. Bunda yakuniy hisobotga 


 
 
316
birinchi asosiy ekin turi bo‘yicha ekilgan maydon hisobga olinadi, qayta 
ekilgan maydonlar esa alohida hisobga olinadi. 
Bog‘ qator oralig‘iga ekish - dala va sabzavot ekin turlarini bog‘ 
oralab ekilgan maydon tushuniladi. Bu ekin maydonlar alohida hisobga 
olinib, umumiy maydonlarga kiritiladi. 
Dastlabki ekin turlari bo‘yicha ekish-o‘tloq va yaylovlar may-
donlarini meliorativ holatini yaxshilash uchun ekilgan maydon tu-
shuniladi. Bu ekin maydonlar umumiy ekin maydonlarga kiritiladi. 
Zichlashtirib ekish (qoplama)- asosiy ekinlarga bir yillik ekinlarni 
aralashtirib ekish tushuniladi. Bu ekin maydonlar umumiy ekin may-
donlarga kiritilmaydi. 
Zichlashtirmasdan ekish-sof holda ekish tushuniladi (bir ekin turi 
bo‘yicha). Bu ekin maydonlar umumiy ekin maydonlarga kiritiladi. 
Aralash ekish-bir maydonda bir necha ekin turlari ekilishi tu-
shuniladi. Bu ekin maydonlar umumiy ekin maydonlarga kiritiladi. 
Ko‘kat (ko‘k) o‘g‘it ekish (sidyeral)-ko‘k o‘g‘it ekilgan maydon 
tushuniladi. 
Ma’lum maydonga yil davomida har xil ekin turlari bo‘yicha ekil-
gan bo‘lishi mumkin. Ekish faqat haydalgan yerlarda emas, balkim 
ag‘darilgan (shudgorlangan) o‘tloq va yaylovlarda olib borilishi mum-
kin. Ekish davri boshlangandan to hosilni yig‘ishtirib olinguncha ekin 
maydonlarning miqdori qishki ob-havoning o‘zgarishi bilan (kuzgi ekin 
turlari uchun) va bahorgi-yozgi (do‘l yoki quruqchilik kelishi munosa-
bati bilan) o‘zgarib turadi. Nobud bo‘lgan ekin maydonlar to‘liq yoki 
qisman boshqa ekin turlari bilan ekilishi natijasida shu ekin may-
donlarga qancha jami urug‘ sarfi, hosilni yig‘ishtirib olish uchun ketgan 
mehnat sarfi va hokazolarni aniqlashda quyidagi ekin maydon kategori-
yalari orqali hisobga olinadi va tahlil etiladi: 
-urug‘langan maydon. Bu maydonga barcha urug‘ sepilgan yer 
maydonlari kiradi, ya’ni asosiy ekinlar maydoni bilan bir qatorda tak-
roriy ekinlar, oraliq ekinlar, aralashtirib ekilgan ko‘p yillik o‘tlar, 
bog‘larning qatorlari orasidagi ekinlar, haydalgan yaylovlardagi dast-
labki ekinlar, nobud bo‘lgan ekinlar o‘rniga qaytadan ekilgan ekinlar 
maydonlari ham kiradi. 
Ekish va yig‘ib-terib olish davri bir kalendar yili ichida bir-biriga 
to‘g‘ri kelmasligi tufayli urug‘langan maydon ikkiga bo‘linadi: 
1.   Joriy yil hosili olinishi uchun urug‘ sepilgan maydon. Bu may-
donni aniqlash uchun o‘tgan yil kuzda ekilgan ekin va joriy yil bahorida 
ekilgan ekin maydonlari qo‘shib hisoblanadi. 


 
 
317
2.   Joriy yilda urug‘ sepilgan maydon. Bu maydonni aniqlash 
uchun joriy yilning bahorida ekilgan maydonga joriy yilning kuzida kel-
gusi yil hosili uchun ekilgan maydonlari qo‘shib hisoblanadi. Agarda, 
nobud bo‘lgan bir maydonga ikki marta urug‘ sepilsa, shu maydon urug‘ 
sepilgan maydonga ikki marta kiritilib hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarni 
aniqlashdan maqsad, ekish rejasining bajarilishini, urug‘lik, mehnat, yo-
qilg‘i va boshqa xarajatlar ustidan nazorat o‘rnatishdan iboratdir. 
Bahorgi mahsuldor maydon - bahorgi ekish davrining oxirgi mud-
datiga kelib, ekinlar bilan band bo‘lgan maydon tushuniladi. Bu may-
donga o‘tgan yilning kuzida ekilgan ekin va o‘tgan yillarda ekilgan ko‘p 
yillik o‘tlar maydoni (nobud bo‘lganlari chiqarib tashlanadi), bahorda 
ekilgan maydonlar kiradi. Bahorgi mahsuldor maydonga haydaladigan 
yerlardagi ekin maydonlari bilan bir qatorda bog‘lar orasidagi va yay-
lovlarni tubdan yaxshilash uchun ekilgan dastlabki ekin maydonlari ham 
kiradi. Bahorgi mahsuldor maydon tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi: 
1. Oraliq tig‘iz va takroriy ekinlar hamda aralashtirilib ekilgan ko‘p 
yillik o‘tlar maydoni, chunki bular mustaqil maydonni ishg‘ol etmaydi. 
2. Ko‘k o‘g‘it ekin maydoni. Bu maydondan olinadigan mahsulot - 
qishloq xo‘jaligi ekinlari mahsuloti bo‘lmasdan, kelajakda ekinlarning 
hosildorligini oshirishga qaratilgan alohida agrotexnik tadbir bo‘lib 
hisoblanadi. 
3.  Yerda to‘kilgan dondan unib chiqqan ekinlar bilan band bo‘lgan 
maydon. Bu ekin turi yovvoyi ekinlarga tenglashtiriladi. 
4.  Maxsus madaniylashtirilgan inshootlarni talab qiladigan yopiq joy-
dagi ekinlarning maydonlari ham bahorgi mahsuldor maydonga kiritilmaydi. 
Demak, bahorgi mahsuldor maydon kategoriyasi (ko‘rsatkichi) 
orqali qishloq xo‘jalik ekinlarining har bir turi bo‘yicha yalpi hosil va 
hosildorligini aniqlashda baza bo‘lib hisoblanadi va bu hisoblangan 
ko‘rsatkich orqali har bir xo‘jalik bo‘yicha davlat buyurtmasi (rejasi) 
belgilanadi. 
- hosili yig‘ishtirib olinadigan maydon - hosilni yig‘ishtirib olish 
vaqtiga kelib, hosil olish uchun mo‘ljallangan maydon tushuniladi. Bu 
maydonning miqdori yozda nobud bo‘lgan ekinlar maydoni hisobiga 
kamayadi, takroriy ekinlar hamda ikki va undan yuqori o‘rib olinadigan 
ko‘p yillik o‘tlar maydoni hisobiga esa ko‘payadi. Bu maydon 
to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar o‘rim-yig‘im ishlarining rejalarini tuzish va 
ularning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatishda ishlatiladi. 
- haqiqiy hosili yigishtirib olinadigan maydon deb - o‘rim-yig‘im 
ishlari amalga oshirilgan maydonga aytiladi. Bunda yetishtirilgan 


 
 
318
hosilning bir qismi ayrim sabablarga ko‘ra masalan, ob-havo yomon 
kelishi, sovuq urishi, xo‘jasizlik va h.k. tufayli yig‘ib olinmasdan qolishi 
mumkin. 
Ekin maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iqtisodiy-statistik 
tahlilni o‘tkazishda birinchi navbatda ekin turlarining strukturasi 
(tarkibi)ni, ekin maydonlarning xo‘jalik kategoriyalari bo‘yicha taqsim-
lanishi, ekin maydonlar strukturasining dinamik o‘zgarishini qator yillar 
bo‘yicha o‘rganib chiqiladi. Bu ko‘rsatkichlarni tahlil etishda nisbiy 
ko‘rsatkichlaridan keng foydalaniladi. 
Ekin turlarining strukturasi (tarkibi)ni hisoblashda har bir ekin tur-
lari bo‘yicha (yoki guruhlari bo‘yicha) tegishli egallab turgan ekin may-
donni umumiy ekin maydonga bo‘lib aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich quyida 
keltirayotgan jadval orqali o‘rganib chiqamiz (10.1-jadval). 
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tumanda asosiy ekinlar-
dan bo‘lgan paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ularning sal-
mog‘i jami ekin maydonda 42,0 % dan ortiqni tashkil etadi. Ikkinchi 
o‘rinda esa, don va dukkakli ekinlar tashkil etib, ularning salmog‘i jami 
ekin maydonda 33,0 % dan ortiqni tashkil etadi. Bu jadval 
ma’lumotlaridan foydalanib, har bir ekin turi hisobot yilidagi ekin may-
donlarni bazis yildagi maydonlargi taqqoslab, uning dinamik 
o‘zgarishini aniqlash mumkin. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling