O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Agrotexnika chora-tadbirlar statistikasi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
10.1.3. Agrotexnika chora-tadbirlar statistikasi Statistikada agrotexnika tadbirlari deb, belgilangan dehqonchilik ishlarini qisqa muddatda yuqori saviyada o‘tkazish hamda mineral va organik o‘g‘itlardan intensiv ravishda foydalanish, bahorgi ekish mavsumini qisqa muddatda tugallash, almashlab ekishni to‘g‘ri joriy qilish, syerunum navli urug‘larni sepish va dehqonchilik madaniyatini oshirishga qaratilgan boshqa tadbir (ishlar)ga aytiladi. Dehqonchilik mahsulotlarini ko‘paytirishning eng asosiy yo‘llaridan biri bo‘lib, barcha qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirish uchun agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida yuqori saviyada tash- kil etishdan iboratdir. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, agrotexnika tad- birlari darajasi tabiiy sharoitga bog‘liq bo‘lganligi uchun, bu ko‘rsatkich ishlab chiqaruvchi kuchlarning va dehqonchilikdagi konkret shakllardagi intensifikatsiya darajasining rivojlanganligiga qarab aniqlanadi. Hozirgi kunda agrotexnika tadbirlari darajasining yuqori darajada bo‘lishi uchun birinchi navbatda mexanizatsiyalashtirish, ishlab chiqarishni ximiya- lashtirish va foydalaniladigan yerlarda keng ko‘lamlarda melioratsiya ishlarini olib borishdan iboratdir. Yuqori darajadagi agrotexnika tadbirlari bilan ta’minlash uchun dehqonchilikda shunday birinchi darajali bo‘lgan intensifikatsiya shakllaridan biri bo‘lgan sug‘orish va quritish meliorativ sistemasi (tizimi) ni qurish, yangi yuqori hosil beradigan navlarni joriy etish, yu- qori samaradorligi bo‘lgan mashinalardan foydalanishdan iboratdir. Shuni ta’kidlab o‘tish kyerakki, dehqonchilikda intensifikatsiya darajasi hosildorlikka ta’sir etishda faqat kerakli bo‘lgan mehnat vositalari va materiallariga bog‘liq bo‘lmasdan, balkim ularning tavsifi va ulardan foydalanish darajasiga ham bog‘liqdir. Demak, statistik agrotexnika tadbirlari - eng asosiy agrotexnika tadbirlarining hajmini va samaradorligini aniqlashda, eng ilg‘or agrotex- nik usullarini joriy etishdagi ishlarni tavsiflashda yordam beradi. 322 Agrotexnika tadbirlari statistikasining asosiy vazifalari quyidagi- lardan iboratdir: - agrotexnika tadbirlarni amalga oshirish reja bajarilishini nazorat etish; - agrotexnika tadbirlarni amalga oshirishdagi hajmini va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash; - eng ilg‘or agrotexnika tadbirlarni o‘rganish va joriy etish va h.k. Agrotexnika tadbirlari quyidagi guruhlarga bo‘linib o‘rganiladi: - hosilning tashkil topishiga ta’sir etuvchi agrotexnika tadbirlari bunga almashlab ekish uchun ajratilgan maydon va uning darajasi; meliorativ holati yaxshilab o‘zlashtirilgan yerlar, kuzgi ekin turlarining qora shudgor bilan ta’minlanishi va boshqalar kiradi; - agrotexnika ishlari - bunga yerda namni to‘plash bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus tadbirlar; tuproqqa asosiy ishlov berish va ekish oldidan o‘g‘it sepish; ekishga tayyorlash choralari; ekish va ko‘chat o‘tkazish; hosilni yig‘ib olish, hosilni yig‘ib olingandan so‘ng uni qayta ishlash va h.k. kiradi; - hosilni tashkil topishga bevosita ta’sir qiluvchi moddiy sarflar- bunga o‘g‘itlar (mahalliy va mineral), zaharli ximikatlar va boshqa ki- myoviy moddalar, ekish uchun sarflangan urug‘lar, sug‘orish uchun sarflangan suv va boshqalar kiradi. Agrotexnika tadbirlari ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: - umumiy - dalachilikdagi agrotexnika tadbirlari darajasi; - xususiy - ayrim ekin guruhlarga tegishlisi; - maxsus - qishloq xo‘jalik ekin turlarining konkret turiga qarab. Misol. 1 ga haydalgan yerga sepilgan o‘g‘it - umumiy bo‘lib hisobla- nadi. 1 ga g‘alla maydoniga sepilgan o‘g‘it - xususiydir. 1 ga suli maydoniga sepilgan o‘g‘it-maxsusdir. Statistikada quyidagi agrotexnika tadbirlari bo‘lgan umumiy ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi: 1 ga qishloq xo‘jaligi yerlariga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish vositalarining ta’minlanishi (so‘mda); har 100 ga qishloq xo‘jaligi yer- lariga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari; 1 ga haydalgan yerlarga sepilgan o‘g‘it va h.k. Agrotexnika tadbirlari samaradorligiga - belgilangan tadbirlarni hajmi, ishning sifati, hosilga ta’sir etuvchi moddiy sarflar va tadbirlar- ning o‘z vaqtida o‘tkazilganligi kiradi. 323 Belgilangan tadbirlar hajmini naturada (fizik) birliklarida, ayrim hollarda shartli-natura birliklarida aniqlanishi mumkin. Masalan, belgi- langan konkret ishlardan biri bo‘lgan suv sarfi m³ da o‘lchansa, mineral o‘g‘itlarni esa shartli tuklarda (shartli naturada) o‘lchanadi. Agrotexnika tadbirlari (ishlari)ni tahlil etishda xo‘jalik hisobotlari va buxgalteriya hisobining dastlabki ma’lumotlari asosida dastavval ba- jarilgan ishlarning haqiqiy hajmini rejaga yoki o‘tgan (bazis) yilga nis- batan taqqoslanib, absolyut (mutlaq)-(+,-) va nisbiy-(% da) o‘zgarishlari aniqlanadi. Endi agrotexnika tadbirlari tizimiga kiruvchi ayrim muhim ko‘rsatkichlarini hisoblash uslubiga (metodikasiga) to‘xtalib o‘tamiz: - almashlab ekishni olib borish darajasi (% da)- almashlab ekish uchun ajratilgan ekin maydonni 100 % ga ko‘paytirib, umumiy ekin maydonga bo‘linib aniqlanadi; - kuzgi ekinlarning qora shudgor (bir yoz bo‘sh qoldirilgan may- don) bilan ta’minlanish darajasi (% da)-qora shudgor maydonni 100 % ga ko‘paytirib, kuzgi ekinlar jami maydoniga bo‘linib aniqlanadi; - bahorgi ekinlarning kuzgi shudgor bilan ta’minlanishi darajasi (% da) - kuzgi shudgor maydonini 100 % ga ko‘paytirib, bahorda haqiqiy ekilgan ekinlar umumiy maydoniga bo‘linib (bunga kuzda ekil- gan ekinlarning nobud bo‘lgan qismi bahordagi qayta ekishga kirmaydi) aniqlanadi; - xo‘jalikning urug‘ bilan ta’minlanish darajasi (% da)-haqiqiy mavjud urug‘larni shu urug‘larga bo‘lgan talabga (normativ yoki me’yorga) bo‘linib, 100 % ga ko‘paytirib hisoblanadi; - xo‘jalikning urug‘ga bo‘lgan talabi (kg, sentner yoki tonnada) – 1 ga sepish me’yori (normativ)ni shu ekinlar uchun ajratilgan maydonga ko‘paytirib hisoblanadi; - 1 ga sepish (kg yoki sentnerda) me’yoriy (normativi)- urug‘ning ekish normasini urug‘ning yaroqlilik koeffitsientiga bo‘linib aniqlanadi; - xo‘jalikdagi urug‘larning yaroqlik koeffitsienti (% da)- urug‘larning tozalik koeffitsientini unib chiqish koeffitsientiga ko‘paytirilib hisoblanadi; - xo‘jalikdagi yaroqli urug‘larning miqdori (kg, sentner yoki tonnada) – bor bo‘lgan urug‘larning natura og‘irligini xo‘jalikdagi urug‘larning yaroqlilik koeffitsientiga ko‘paytirib hisoblanadi; - urug‘larning tozalik koeffitsienti (% da) - sog‘lom urug‘larning og‘irligini umumiy urug‘larning og‘irligiga bo‘linib, 100 % ga ko‘paytirib hisoblanadi; 324 - sepilgan urug‘larning unib chiqish koeffitsienti (% da) – sepilgan urug‘larning unib chiqqan qismini jami sepilgan urug‘larga bo‘linib, 100 % ga ko‘paytirib hisoblanadi; - urug‘larning namlik koeffitsienti (% da) - urug‘dagi bor bo‘lgan namlikni jami urug‘ og‘irligiga bo‘linib, 100% ga ko‘paytirib hisobla- nadi; - o‘simlikka ta’sir etuvchi o‘g‘itdagi oziq moddalarning miqdori (kg, sentner yoki tonnada)- o‘g‘itning natura og‘irligini o‘simlikka ta’sir etuvchi o‘g‘itdagi oziq moddalarning o‘rtacha foiziga ko‘paytirib, 100% ga bo‘linib aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichni ayrim holatlarda quyidagi formula shakliga ham keltirilib o‘rganiladi, ya’ni: D=FxK / 100, bu yerda D - o‘g‘itdagi oziq moddalari miqdori (kg, sentner yoki tonnada); F - o‘g‘itning natura (fizik) og‘irligi (kg, sentner yoki tonnada); K - o‘g‘itdagi oziq moddalar darajasi (% da). Masalan, xo‘jalikda yerga 35% li oziq moddaga ega bo‘lgan 110,0 sentner azotli o‘g‘it solinadigan bo‘lsa, u holda o‘simlikka ta’sir etuvchi o‘g‘itdagi oziq moddalarning miqdori quyidagicha bo‘ladi: D=FxK / 100=110,0 x 35,0 / 100=38,5 sentner. Demak, 110,0 sentner azotli o‘g‘it o‘simlikka ta’sir etuvchi 38,5 sentner oziq modda miqdoriga egadir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling