O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Ekin maydonlarning strukturasi (tarkibi) bo‘yicha hisob


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

10.1-jadval 
Ekin maydonlarning strukturasi (tarkibi) bo‘yicha hisob 
 
Ekin turlarining 
nomi 
Bazis yil (2012 yil) 
Hisobot yil (2013 yil) 
 
ga 
% da, jami-
ga nisbatan 
ga 
%da, jamiga 
nisbatan 
Don va dukkakli 
ekinlar 
10400 
33,23 
10650 
33,86 
Texnik ekinlar
(paxta) 
13450 
42,97 
13250 
42,12 
Poliz-sabzavot va 
kartoshka ekinlari 
1190 
3,80 
1240 
3,94 
Yem-xashak  
ekinlari 
6260 
20,00 
6320 
20,08 
Jami 
31300 
100,00 
31460 
100,00 


 
 
319
10.1.2. Ko‘p yillik daraxtlar statistikasi 
 
Ko‘p yillik daraxtlar deb, sun’iy ravishda ko‘p yillar davomida ho-
sil olinishi uchun o‘stiriladigan daraxtlar tushuniladi. Bular tarkibiga- 
mevali, rezavor-mevali, uzum, choy, sitrus daraxtlari, tut, xmel (etimak) 
va ko‘p yillik manzarali (dekorativ) o‘simliklar kiradi. Ulardan olinadi-
gan hosil ularning egallab turgan maydoni va daraxtlarning soni bilan 
tavsiflanadi. 
Ko‘p yillik daraxtlarning eng asosiy vazifalari shundan iboratki, 
ularni o‘tkazish va o‘stirish reja bajarilishini nazorat etish, hajmi, tarkibi, 
strukturasi va egallab turgan maydonlarning dinamikasini turlari va gu-
ruhlari bo‘yicha, xo‘jalik kategoriyalari va ularning joylanishini hamda 
mahsuldorligini o‘rganadi. 
Ko‘p yillik daraxtlarning hajmi ularning egallab turgan maydoni 
unda o‘stiriladigan daraxtlar soni bilan tavsiflanib, ular alohida ajratil-
gan massivda, bog‘ qator oralarida yoki alohida egallab turgan may-
donlarda namoyon bo‘ladi. 
Ko‘p yillik daraxtlarning hajmini ularning turlari va guruhlari 
bo‘yicha aniqlanganligi uchun ularni guruhlari bo‘yicha turkumlashni 
ko‘rib chiqamiz. 
Ko‘p yillik daraxtlarning turlari va ularning xo‘jalikda, ishlatil-
ishiga qarab, quyidagi guruhlarga bo‘linib o‘rganiladi:  
- mevali-rezavorli: 
 
a) urug‘li - olma, behi, nok ...  
b) donakli - gilos, olxo‘ri, shaftoli ... 
c) rezavorli daraxtlar - qulupnay, malina, smorodina ...   
d) sitrus mevalari - limon, apelsin, mandarin ... 
e) subtropik - anjir, xurmo, anor ... 
j) yong‘okli mevalilar - yong‘oq, bodom, mindal ...  
- uzum daraxtlari: aholi iste’moli uchun va sanoatda qayta ishlash 
uchun mo‘ljallanadi. 
- choy, xmel (etimak): texnik qayta ishlash uchun mo‘ljallanadi. 
- pitomniklar: o‘tkazuvchi materiallarni o‘stirish uchun 
mo‘ljallanadi. 
- dekorativ daraxtlari: har xil manzarali o‘tqazilgan daraxtlar ki-
radi.  
Ko‘p yillik daraxtlar yoshlari bo‘yicha, ayniqsa hosil yoshidagi va 
hosil yoshida bo‘lmagan (yosh daraxtlarga) bo‘linib o‘rganiladi. Ular-
ning hosil yoshiga kirishi faqat daraxtlarning turiga bog‘liq bo‘lmasdan 


 
 
320
balkim ularning sorti, o‘stirish usuli va hokazolarga bog‘liqdir. Hozirgi 
kunda statistikada bu ko‘p yillik daraxtlar to‘g‘risidagi taqqoslama 
ma’lumotlarni olish uchun yosh senzi belgilanadi. Bunga asosan yosh va 
hosil beradigan katta daraxtlarni bir-biridan ajratish uchun ro‘yxatga 
olish natijasi bo‘yicha quyidagi yosh senzi belgilangan: 
- urug‘li, donakli, yong‘oq mevali, subtropik va sitrus daraxtlarning 
birinchi mevasi ko‘zga ko‘ringandan keyin 3-4 yil o‘tishi bilan ularni 
hosil beruvchi katta daraxtlar safiga ko‘chiriladi; 
- rezavorli o‘simliklar (malina, smorodina) bo‘yicha ularning 
ko‘chatlarini o‘tkazgandan so‘ng - uchinchi yildan boshlab, qulupnay va 
xmellar (etimak) - ikkinchi yildan boshlab, uzum - to‘rtinchi yildan 
boshlab, choy plantatsiyasi-to‘qqizinchi yildan boshlab, tut plantatsiyasi-
janubiy tumanlarda uchinchi yildan, shimoliy tumanlarda esa to‘rtinchi 
yildan boshlab, normal hosil beruvchi o‘simliklar hisoblanadi. 
Ko‘p yillik daraxtlarning yoshi bilan hosili o‘rtasidagi bog‘liqlikni 
chuqurroq o‘rganish va ularning yangilanishi ustidan o‘z vaqtida nazo-
ratni o‘rnatish uchun ularni yoshlari bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘lib 
o‘rganiladi va ro‘yxatga olinadi: 
4-yoshgacha, 5-8 yoshgacha, 9-10 yosh, 11-18 yosh, 19-25 yosh, 
26-50 yosh va 50 yoshdan yuqori. 
Ko‘p yillik daraxtlar ko‘chat o‘tkazish usullari bo‘yicha to‘rt gu-
ruhga bo‘linadi: 

qatorlab ekish; 
 

tizimsiz (tartibsiz) ekish; 

qator oralarida tig‘izlashtirib ekish; 

aralash ekish. 
Toklar qishlash (qishlamoq) usuli bo‘yicha ko‘miladigan va 
ko‘milmaydigan, tirgovich bo‘yicha ishkomli (so‘rili), stelajli va 
tirgovichsiz uzumlarga bo‘linadi. 
Mevali va rezavor daraxtlarning ko‘chatlari mustaqil ravishda hi-
sobga olib boriladi. Ko‘chatlarning har bir turi bo‘yicha ko‘paytirish 
uchastkasi va parxish qilingan tup (ona tup) uchastkasiga bo‘linadi. 
Ko‘p yillik daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil etishda 
ularning miqdori, strukturasi, turlari va guruhlari, xo‘jalik kategoriyalari
tumanlar va viloyatlar bo‘yicha egallab turgan maydonlarning dinami-
kasi o‘rganib chiqiladi. Shu bilan birga ko‘p yillik daraxtlarga tegishli 
bo‘lgan quyidagi maxsus ko‘rsatkichlar hisoblanadi: 


 
 
321
- hosil berish yoshidagi daraxtlarning egallab turgan maydonining 
salmog‘i. Buni aniqlash uchun ularning maydonini 100% ga ko‘paytirib, 
jami egallab turgan maydonga bo‘lib hisoblanadi.  
- zichlik ko‘rsatkichini aniqlash uchun - jami o‘tkazilgan 
daraxtlarning sonini o‘tkazilgan daraxtlarning egallab turgan maydoniga 
bo‘lib hisoblanadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling