O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Qishloq xo‘jalik ekinlari hosili va hosildorligi statistikasi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
10.1.4. Qishloq xo‘jalik ekinlari hosili va hosildorligi statistikasi 
 
Hosil va hosildorlik - o‘simlikchilik (dehqonchilik) tarmog‘ining 
eng muhim natijaviy ko‘rsatkichlari bo‘lib hisoblanadi, chunki bu tar-
moqda aholini oziq-ovqat bilan, chorvachilik sohasini esa yem-xashak  
bilan ta’minlash maqsadida xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqariladi. 
Hosil deb, u yoki bu ekin turining jami maydonidan yig‘ib-terib 
olingan umumiy mahsulotga aytiladi. 
Hosildorlik deb, bir ekin turi bo‘yicha bir gektar (ayrim hollarda 
1kv.m./ ga) hisobiga olingan hosilga aytiladi. 
 
Hosil har bir ekin turi bo‘yicha ishlab chiqarishning umumiy haj-
mini, hosildorlik esa shu ekinning konkret sharoitdagi mahsuldorligini 
tasvirlaydi. 
Hosil va hosildorlik statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar-
dan iborat: 


 
 
325
- qishloq xo‘jalik ekinlarining turlari va guruhlari bo‘yicha hosil va 
hosildorligini xo‘jaliklar, tumanlar, viloyatlar va respublika bo‘yicha 
aniqlash hamda reja (davlat buyurtmasi) va o‘tgan (bazis) davrlar 
ko‘rsatkichiga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatish; 
- yalpi hosil va hosildorlikning o‘zgarishiga ta’sir etayotgan omil-
larni tahlil etish; 

 ilg‘or xo‘jaliklarning tajribasini o‘rganish va targ‘ibot etish; 

 hosil va hosildorlikni oshiruvchi imkoniyatlarni (rezervlarni) 
izlab topish va h.k. 
Demak, bu vazifalarni amalga oshirish har bir mehnatkashning
mutaxassisning, shu jumladan, iqtisodchi kadrlarning ham burchidir. 
Yalpi hosil va hosildorlik to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar faqat 
o‘rim-yig‘im tugagandan keyin aniqlanadi. Ammo, amalda terimga 
qadar, ancha barvaqt davrlarda hosil va hosildorlik to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lish zarurati tug‘iladi. Shu nuqtai nazardan 
o‘simliklarning o‘sish davrlari bilan ishlab chiqarish davrlari uchun hosil 
(hosildorlikka mos ravishda) ko‘rsatkichlari hisoblanadi: 
- ko‘z chamalab aniqlangan hosil (hosildorlik) - bu ko‘rsatkich 
orqali ekin turlari bo‘yicha ularning holati tasvirlanib, bu ishlarni bajar-
ishda o‘simliklarning har xil o‘sish davrida mutaxassislar (agronom, ish 
yurituvchi va boshqalar) ko‘z bilan chamalab ularning ahvolini «yax-
shi», «o‘rta» va «yomon» deb baholaydi. Ayrim ilmiy kitoblarda bu 
ko‘rsatkichni ko‘kati ekin turi hosili (hosildorligi) ko‘rsatkichi ham deb 
yuritiladi;  
- ekinlarning terim oldidagi hosili (hosildorlik) - bu ko‘rsatkich 
orqali pishib yetilgan, ammo hali terib-yig‘ib olinmagan hosil aniqlandi. 
O‘simliklarning o‘sish biologik jarayoni hali to‘liq tugallangan 
bo‘lmaydi; 

 haqiqiy terib-yig‘ib olingan hosil (hosildorlik)- bu ko‘rsatkich 
orqali yig‘ib terib olingan, omborga tushgan hosil aniqlanadi;  

 haqiqiy hosil (hosildorlik) - dastlabki (fizik) hosil (hosildorlik) 
miqdorida va qayta hisoblangan hosil (hosildorlik) miqdor ko‘rinishida 
bo‘lishi mumkin. Dastlabki (fizik) hosil (hosildorlik) miqdori deb, shu 
hosilni (hosildorlikni) to‘laligicha (namligi, iflosligidan qat’iy nazar) 
qabul qilib olingan mahsulotga aytiladi. Qayta hisoblangan hosil (hosil-
dorlik) miqdori deb, shu hosilning (hosildorlikning) iflosligi tozalangan-
dan so‘ng, uning namligi belgilangan normaga (me’yoriga) keltirishiga 
aytiladi. Bunda uning dastlabki massasi kamayib, belgilangan normativ 
standartga keltiriladi; 


 
 
326
- sof hosil - bu ko‘rsatkich orqali ekinning haqiqiy hosilidan 
(hosildorligidan) shu ekin uchun sarflangan urug‘ miqdori chiqarib 
aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich asosan don va dukkakli, kartoshka va 
kungaboqar ekinlari uchun aniqlanadi, chunki bu mahsulotlardan urug‘ 
sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. 
Endi ekin turlari bo‘yicha yalpi hosil ma’lumotlarini aniqlashda 
shu ekin turlari bo‘yicha hosildorlikni hisoblashning o‘ziga xos 
xususiyatlarini ayrim ekin turlari bo‘yicha quyida ko‘rib chiqamiz: 
- donli ekinlar bo‘yicha. Bunda yalpi hosilni kuzgi ekin maydonga 
(qishda nobud bo‘lgani chiqarib tashlanib, qayta ekilgan maydon esa 
qo‘shiladi) bo‘lib topiladi
- paxta (kartoshka) ekini bo‘yicha. Bunda yalpi hosilni bahorgi 
mahsuldorlik maydoniga bo‘lib topiladi; 

 ko‘p yillik daraxtlar bo‘yicha. Bunda hosil yoshidagi daraxt-
lardan olingan yalpi hosilni shu hosil yoshdagi daraxtlar egallab turgan 
maydoniga bo‘lib topiladi; 

 makkajo‘xori silosi bo‘yicha. Bunda yalpi hosilni o‘rib olingan 
maydoniga bo‘lib topiladi; 

bir yillik o‘tlar bo‘yicha. Bunda jami hosilni (birinchi, ikkinchi va 
ayrim hollarda uchinchi o‘rimdan olingan hosilni qo‘shish natijasida 
aniqlanadi) birinchi o‘rim maydoniga bo‘lib topiladi; 

 issiqxonadagi ekin turlari bo‘yicha. Bunda issiqxonada biron ekin 
turi bo‘yicha (masalan: pomidor, bodring) jami olingan hosilni (kg.da) 
shu ekinning issiqxonadagi egallab turgan maydoni (kv.m) ga bo‘lib to-
piladi. 
O‘simlikchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning ikki yildagi 
o‘zgarishini (hisobot yilni bazis yilga yoki rejalashtirilgan yilga) tahlil 
etish uchun, shu davrlarda ishlab chiqarilgan o‘simlikchilik mahsulotlari 
miqdorini taqqoslash natijasida tahlil etiladi. 
Bu tahlilni amalga oshirish uchun «taqqoslash», «indeks» va 
«ko‘rsatkichlar farqi» usullaridan foydalanib, o‘simlikchilik mahsulot-
lari bo‘yicha iqtisodiy-statistik tahlilini ko‘rib chiqamiz. 
«Taqqoslash» usuli orqali hisobot davrida yetishtirilgan 
o‘simlikchilik mahsulotlari miqdorini bazis davridagi (rejada ko‘zda tu-
tilgan) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning ko‘payganligi (kamay-
ganligiga) ta’sir etuvchi omillar va shu har bir omilning miqdori 
hisoblanib topiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi: 
- birinchidan, har bir ekin maydon hisobiga olingan mahsulotning 
(hosildorligi) o‘zgarishi tufayli ko‘payishi (kamayishi) bo‘lsa (intensiv 


 
 
327
omil), ikkinchidan, ekin maydonining o‘zgarishi tufayli mahsulot ishlab 
chiqarish ko‘payishi (kamayishi) orqali ro‘y beradi (ekstensiv omil). 
Endi tahdil qilishni statistik (indeks) uslubini ko‘rib chiqamiz. 
Hisobot davridagi mahsulot miqdorini bazis davriga (rejaga) nis-
batan o‘zgarishni (ko‘payishi yoki kamayishi) o‘simlikchilik mahsulot-
larini ishlab chiqarishning umumiy (dinamikasi) indeks formulasi orqali 
aniqlash mumkin. 


Π
Π
=
0
0
1
1

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling