40
2.1-jadval
Buxgalteriya balansi
Hisobot davri
Hisobot davri
Aktiv
Satr
kodi
boshiga
oxiriga
Aktiv
Satr
kodi Boshi-
ga
Oxiri-
ga
I. Uzoq
muddatli
aktivlar
I O‘z mab-
lag‘lari man-
balari
Asosiy
vositalar
012 1900 2100 Ustav
kapitali 410 2700 2700
Nomoddiy
aktivlar
022 760 870 Qo‘shilgan
kapital
420 150 180
Rezerv
kapital
430
657
690
Taqsimlan-
magan foyda
450 241 779
I bo‘lim
jami
X
2660
2970 I bo‘lim jami
X
3748
4349
II Joriy
aktivlar
II Majbu-
riyatlar
Ishlab
chiqarish
zaxiralari
150 245 293
Tugallan-
magan
ishlab
chiqarish
160 833 1031
Debitorlar 210 976 1089
Uzoq muddatli
majburiyatlar
490 601 938
Pul mablag‘-
lari
320 486 717 Joriy
majburiyatlar
600 851 813
II bo‘lim
jami
X
2540
3130 II bo‘lim jami
X
1452
1751
Balans X
5200
6100
Balans
X
5200
6100
Balans passivining II
«Majburiyatlar» bo‘limida
korxona majburi-
yatlari ularning muddatiga ko‘ra:
uzoq muddatli majburiyatlar va
qisqa
muddatli majburiyatlarga ajratilgan holda ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansining ushbu tuzulmasi
barcha tashkiliy-huquqiy
shakldagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun umumiy bo‘lib, ularning
xususiyatlariga qarab balans moddalari farq qilishi mumkin. Masalan,
41
savdo korxonalari uchun «Tovarlar», qishloq xo‘jalik korxonalari uchun
«Tugallanmagan ishlab chiqarish», «O‘stirilayotgan
va boquvdagi
chorva mollari» kabi moddalar xosdir.
Shunday qilib, bayon qilingan talablarga muvofiq tuzilgan buxgal-
teriya balansi xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum sanaga bo‘lgan
moliyaviy ahvolini aks ettirishi lozim.
2.2. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan
o‘zgarishlar va ularning tavsifi
Xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalar ta’sirida
korxona mablag‘larining tarkibida va ularning tashkil topish manba-
larida, ayrim hollarda ularning ikkalasida ham o‘zgarishlar yuzaga
keladi. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil
topish manbalaridagi
ro‘y bergan o‘zgarishlar balansda ham tegishli o‘zgarishlarga olib
keladi. Mablag‘lar qiymati o‘zgarmagan holda doiraviy aylanish
jarayonida ularning buyum shakli o‘zgaradi, mablag‘lar tashkil topish
manbalarining ham shakli o‘zgaradi, xo‘jalik mablag‘lari ko‘payadi yoki
kamayadi. Lekin
balansning asosiy xususiyati- xo‘jalik muomalalarini
schotlarda ikki yoqlama aks ettirish ta’sirida balans moddalari summasi
o‘zgarganda aktiv va passiv tengligining o‘zgarmasligi doimo saqlanadi.
Buni misolda tasdiqlashimiz uchun qishloq xo‘jalik korxonasining yil
boshiga tuzilgan balansni keltiramiz (2.2-jadval) va uning xo‘jalik
muomalalari ta’sirida o‘zgarishini quyidagi misollarda ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: