4.2-rasm. Hisob siyosatining asosiy tamoyillari
Ushbu tamoyil korxonaga boshqa korxonalardan noto‘g‘ri rasmiy-
lashtirilgan, lekin bunday faktlar aniqlanganidan so‘ng, korxona ichida
tuzatilishi lozim bo‘lgan dastlabki hujjatlar olinganida amalga oshiriladi.
Shuningdek, operatsiya sodir bo‘lganligi boshqacha usul bilan, masalan,
olingan tovar alohida tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha barcha quyilgan
talablarga rioya qilingan holda, qabul qilinishi mumkin.
Muvofiqlik. Korxona tomonidan tanlangan hisob usullari hisobning
har xil turlari tomonidan shakllantiriladigan ma’lumotlarning mu-
vofiqligini, masalan, har bir hisobot davrida analitik hisob oborotlari va
qoldiqlarining sintetik hisob schotlarinikiga tengligini ta’minlash uchun
asos yaratadi.
Oqilonalik. Hisob siyosati shunday tuzilishi lozimki, bunda bux-
galteriya hisobi oqilona va tejamli, korxona ko‘lami va faoliyat
miqyosiga mos tarzda yuritiladi. Ko‘rsatilgan tamoyillar korxona to-
monidan o‘z hisob siyosatini ishlab chiqish va qabul qilishning asosini
Do'stlaringiz bilan baham: |