O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
hisob siyosatining tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqamiz. Buxgalteriya
127 hisobini tashkil etish masalalari 4.5 paragrafda batafsil bayon qilin- gan). Buxgalteriya hisobining uslubiy ta’minoti boshqaruv apparatiga is- honchli va zarur axborotlarni kam xarajat qilgan holda, o‘z vaqtida taqdim etish vazifasiga bo‘ysundirilgan bo‘lishi lozim. Ushbu vazifani hal etish qator omillar bilan ta’minlanib, ulardan har biri qaror topgan an’analar, korxona faoliyatining muayyan shart-sharoitlari va hisob ish- larining xajmidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining tashkiliy ta’minoti uni boshqaruv hisobi va moliyavyi hisob quyi tizimlariga ajratishni nazarda tutadi. Ular o‘rtasida keskin chegara bo‘lmasa-da, bunday ishni amalga oshirish zarur. U hi- sob axborotlarining alohida foydalanuvchilar o‘rtasida aniq yo‘nalishini belgilaydi. Mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini shakllantirish bo‘yicha boshqaruv va korxonani strategik rivojlantirish asosini yaratadi. Ushbu axborot faqat korxona menedjerlariga ruxsat etiladi. Boshqaruv hisobini tashkil etish tartiblarini korxona mustaqil belgilaydi. Moliyaviy hisob u yoki bu darajada tartibga solinadi. Shuning uchun ma’lum talablar va tamoyillar tizimi ishlab chiqiladi. Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish va amaldagi qonunchilikka rioya qilinishi uchun uning rahbari javobgar. Rahbar hi- sob siyosatini ishchi schotlar rejasini, dastlabki hujjatlar shakllarini (na- munaviy shakli bo‘lmagan xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish uchun), inventarizatsiya o‘tkazish tartibini, hujjatlar aylanish qoidalarini va buxgalteriya hisobini tashkil etish maqsadida zarur bo‘ladigan tartib- qoidalarni tasdiqlashi lozim. O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon- uniga muvofiq, korxona rahbari buxgalteriya hisobini shaxsan o‘zi yu- ritish huquqiga ega. Lekin, qaysi holatlarda ushbu funksiyani rahbarning o‘zi bajarishi aniq ko‘rsatilmagan, ammo bunday variant kichik biznes korxonalari, masalan, dehqon xo‘jaliklari uchun qulay. Bosh buxgalter boshqaradigan mustaqil buxgalteriya xizmati tashkil etilishi ham mumkin. Bunday xizmat korxonaning boshqa bo‘linmalari kabi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. Bosh buxgalter bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi va hisob siyosatini tashkil etish, buxgalteriya hisobini yuritish, to‘liq va ishonchli moliyaviy hisobotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun javobgar. Buxgalteriya hisobini yuritish shartnoma asosida markazlashgan buxgalteriya, ixtisoslashgan mustaqil tashkilot yoki tegishli oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega buxgalter tomonidan yuritilishi mumkin. 128 Har qanday holatda buxgalteriya hisobining u yoki bu tashkiliy shaklini tanlash hisob jarayonini oqilona tashkil etishning muhim omili hisoblanadi. Buning ustiga, agar oldin hisob texnologik jarayoniga EH- Mni keng qo‘llashga, markaziy buxgalteriya tashkil etish abzal hisoblansa, hozirgi vaqtda vaziyat boshqacha markazlashmagan bux- galteriya hisobi katta imkoniyatlarga ega. Asosiy masala – buxgalterning ish joyini avtomatlashtirish. Boshqa omillar: hisob ishlarining hajmi, xodimlar soni ishlab chiqarish zaxiralari va tayyor mahsulotlarning no- menklaturasi, mol yetkazib beruvchilar, haridorlar va shu kabilarning soni katta ahamiyatga ega emas. Shuning uchun hisob xodimlarining vazifalari ularning ish yukla- masi, boshqaruv tizimidagi pog‘onalar o‘rtasida to‘g‘ri va teskari o‘zaro aloqalarhisob ma’lumotlarini uzatish va uzatish vositalari va kanallari- dan kelib chiqqan holda qayta taqsimlanishi lozim. Hisob xodimlarining mehnat taqsimoti 3 turga bo‘linadi: predmetli; chiziqli; funksional. Mehnat taqsimotining predmetli varianti hujjatlarning bo‘limlar- ning nomlanishiga muvofiq taqsimlashni nazarda tutadi: - hisob-kitob bo‘limi; - ishlab chiqarish bo‘limi; - hisob bo‘limi; - sotish bo‘limi; - umumiy bo‘lim. Albatta, konsalidatsiyalangan hisobotdan asosiy foydalanuvchilar aksiyadorlar hisoblanadi. Bosh kompaniyaning aksiyadori uning aksiya paketiga to‘g‘ri keladigan sof aktivlar hajmini baholash imkoniga ega emas. Chunki bosh kompaniyaning balansi faqat sho‘ba korxonalariga quyilmalar summasidan iborat va ushbu quyilmalarning jami real qiy- matini va mos ravishda aksiyadorlarning ulushini aks ettirmaydi. Aksi- yadorlar uchun ularning quyilmalarini obyektiv aks ettiradigan, bosh kompaniyaning barcha sho‘ba va tobe korxonalari faoliyatining ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladigan obyektiv axborotlar zarur. Buxgalteriya hisobini tashkil etishdan to yuritish va hisobot tuzish hamda taqdim etishga qadar barcha ishlarni mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda moddiy-texnik ta’minlash - hisob siyosatining tex- Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling