131
hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda yo‘l quyilay-
otgan xato-kamchiliklar
butun hisob siyosatining, xususan, hisob ish-
larining orqada qolishi, hisobotlarni va boshqa
axborotlarni taqdim et-
ishda kechikishlarga olib keladi. Buxgalteriya hisobi va iqtisodga oid
axborotlarning vujudga kelishi hamda undan foydalanish vaqti
o‘rtasidagi katta uzilishlar korxona faoliyatining
samaradorligini
oshirishga to‘sqinlik qiladi. Buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi kam-
chiliklar uning chigallashuviga, tovar-moddiy boyliklarning
talon-taroj
bo‘lishi va boshqa suiste’molliklar, ma’muriy – boshqaruv xarajatlarin-
ing ko‘payishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-
xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish
hamda ishlab chiqarish resurslari va tayyor
mahsulotlardan foydalanish
ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida-hisob jarayonining shart-
sharoitlar tizimi va ular elementlarining tuzilishi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari
dastlabki hisob
va hujjatlar aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ish-
larining
tashkiliy shakllari, hisobotlarning hajmi va mazmuni hamda hi-
sob siyosatidan iborat bo‘lishi lozim (4.3 – rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: