132
−
korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq
va ishon-
chli axborotlarni shakllantirish;
−
korxonaning faoliyatini nazorat qilish
va boshqarish uchun ichki
va tashqi foydalanuvchilarni zarur axborotlar bilan ta’minlash;
−
moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush holatlarning o‘z vaqtida
oldini olish, ichki imkoniyatlarni
aniqlash va safarbar etish;
−
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks
ettirish;
−
korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish;
−
moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni
olish va
o‘z vaqtida taqdim etish.
Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosa-
tida belgilangan talablarga rioya qilish zarur (4.4- rasm).
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qon-
unining 7-moddasiga muvofiq, «Buxgalteriya
hisobi va hisobotini tash-
kil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi»
6
.
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari buxgalteriya
hisobini va moli-
yaviy hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ish-
larining hajmidan kelib chiqqan holda ma’lum huquqlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: