O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
-rasm. Alohida ish turlari bo‘yicha rejalar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
4.5-rasm. Alohida ish turlari bo‘yicha rejalar Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etish rejasida bux- galteriya apparatining tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir xodimga lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqiladi, ularning malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuzi- ladi (4-8- ilovalar). Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa qilish shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda tashkil etish to‘g‘risidagi masalani hal etish zarur. Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob appa- rati markaziy buxgalteriyada jamlanadi va unda alohida bo‘linmalar (bo‘lim, omborxona va h.k.)dan kelib tushuvchi dastlabki va yig‘ma hu- jjatlarga asosan sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga oshiriladi. Korxona bo‘linmalarida esa faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hu- jjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlarini umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning turlari Hujjatlashtirish rejasi va hujjatlar aylanishi grafigi Buxgalteriya xodimlarining mehnatinitashkil etish rejasi Inventarizatsiya rejasi Bajariladigan hisob ishlarining individual grafigi Hisobni texnik rasmiylashtirish rejasi Bajariladigan hisob ishlarining tuzulmaviy va yig‘ma grafigi 136 Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markaz- lashtirish bosh buxgalter tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini ta’minlaydi, hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq amalga oshirish va EHM dan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuning uchun, buxgalteriya hisobini faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan holda tashkil etish maqsadga muvofiq. Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi tashkil etilib, tarkibiy bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tash- qari ayrim sintetik schotlar bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari tuzilmaydi. Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ish- larining grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi. Hisob ishlari grafiklarining asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida vazi- falarni taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, hi- sob xodimlarining mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar bel- gilanmoqda. Bunday grafiklar individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi mumkin. Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi to- monidan qanday ishlar va ular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi. Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (xafta, oy, chorak va h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi. Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiy bo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini bajarish (inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hi- sobotlarni tuzish va sh.k.) muddatlari ko‘rsatiladi. Unda korxona bo‘yicha butun hisob-jarayoni umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Uning bajarilishi uchun korxona bosh buxgalteri mas'ul hisoblanadi. Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida tuzilib, ularda re- jalashtirilgan ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi quyish ko‘zda tutiladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling