O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
 
 


 
 
210
6.5.2. O‘stirilayotgan va boquvdagi qoramollarning qo‘shilgan 
va tirik vaznining tannarxini hisoblash 
 
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha tirik vazni, 
qo‘shilgan vazni va molning umumiy tirik massasi tannarx hisoblash 
obyektlari bo‘lib hisoblanadi. 
Qo‘shilgan tirik vaznning tannarxi ushbu hisob guruhidagi mollarni 
saqlash xarajatlari umumiy summasini (qo‘shimcha mahsulotlar qiymati 
chegirib tashlangan holda) qo‘shilgan tirik massaga bo‘lish yo‘li bilan 
aniqlanadi. 
U yoki bu hayvon turining tegishli guruhi bo‘yicha qo‘shilgan vazn 
quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
 
                               V
q
=Vo+Vch-Vk-Vb,   
 
 
 
    (1) 
 
Bunda: V
q
 - qo‘shilgan (semirgan) vazn; 
Vo - yil oxiriga qolgan vazn
Vch – yil davomida xo‘jalikdan chiqarilgan hayvonlar vazni (no-
bud bo‘lgan hayvonlarning yil boshiga bo‘lgan tirik vaznini ham 
qo‘shgan holda); 
Vk – yil davomida xo‘jalikka kirim qilingan hayvonlar vazni; 
Vb – yil boshiga bo‘lgan vazni. 
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha qo‘shilgan 
vazn tannarxini hisoblashdan tashqari bir sentner tirik massasining ham 
tannarxi hisoblanadi.  
Tirik vazn tannarxini hisoblash shuning uchun ham zarurki, 
o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining har bir turi bo‘yicha 
1100-«O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schot-
lar» (1110-1120) bo‘yicha hisob yuritishda har xil baholar qo‘llaniladi. 
Masalan, olingan buzoq, uning olingan bosh sonidan qat’iy nazar sut 
yo‘nalashidagi asosiy podaga qilingan xarajatning 10 foizi bo‘yicha tan-
narxi aniqlanadi. Buzoqning qo‘shilgan vazni rejadagi qo‘shilgan vazn 
tannarxi bo‘yicha baholanadi. Sotib olingan buzoqlar esa haqiqatda sotib 
olingan baholarda kirim qilinadi. Boquvga qabul qilingan katta yoshli 
mol va o‘tgan yilgi yosh mollar yil boshidagi bir sentner tirik vazni 
o‘tgan yillardagi o‘rtacha tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi. 
Go‘sht yo‘nalishidagi chorvachilikda tannarx hisoblash obyektlari 
quyidagilar: asosiy poda bo‘yicha – olingan asl, qo‘shilgan tirik vazn va 
sut, o‘stirishdagi va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha esa qo‘shilgan 


 
 
211
tirik vazn va katta yoshdagi chorva mollari guruhi bo‘yicha qo‘shilgan 
vatirik vazn. Go‘sht yo‘nalishidagi chorva mollaridan olingan sut 
qo‘shimcha mahsulot bo‘lib hisoblaniladi va asosiy mahsulot tannarxini 
hisoblashda uning qiymati (davlat xarid narxlari yoki sotish bahosida 
baholanib) umumiy xarajatlardan chegirib tashlanadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling