6.5.1. Sut yo‘nalishidagi chorvachilikda mahsulotlar
tannarxini hisoblash
Bu yo‘nalishdagi chorvachilikda tannarx hisoblash obyekti bo‘lib
olingan sut va buzoqlar hisoblanadi.
Bir sentner sut va bir bosh buzoqning tannarxini hisoblash uchun
sut yo‘nalishidagi qoramollarga qilingan yillik xarajatlar summasidan
go‘ng, tullashdan tushgan jun va boshqa shunga o‘xshash qo‘shimcha
mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi.
Misol: hisobot yilida xo‘jalikning sigirlar fermasida 15306000
so‘m xarajat qilinib, 1420 sentner sut, 81 buzoq olingan. 26800so‘mlik
go‘ng jami xarajatdan chegirib tashlanadi (15306000-26800 q
15279200) qolgan xarajat summasining 90% i sut miqdoriga va 10%i
buzoqlar bosh soniga bo‘linadi ya’ni:
bir sentner sut tannarxi =15279200x90 : 1420 s=9684 so‘m.
100
bir bosh buzoq tannarxi = 15279200x10 : 81 bosh q18863 so‘m
100
Demak, 1 s. sutning tannarxi 9684 sum, bir bosh buzokniki 18863
sum ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |