O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Chorvachilikda xarajatlar hisobining obyektlari va


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
6.4.2. Chorvachilikda xarajatlar hisobining obyektlari va 
 moddalari 
 
Chorvachilikka qilingan xarajatlar va undan olinadigan mahsulotlar 
hisobi olish 2012-«Chorvachilik ishlab chiqarishi» operatsion va tan-
narxni hisoblash schotida olib boriladi. Ushbu schotning debeti bo‘yicha 
xarajatlar, krediti bo‘yicha esa – mahsulotlarning chiqishi aks ettiriladi. 
Ushbu schot bo‘yicha xarajatlar chorvachilikning quyi tarmoqlari 
doirasida chorva mollarining ayrim turlari va guruhlari sifatida hisob 
obyektlariga ajratib hisobga olinadi. Schot bo‘yicha hisobga olish no-
menklaturasi quyidagicha: 
Chorvachilikda qoramol – sut chorvachiligi; asosiy poda, barcha 
yoshdagi yosh chorva mollar va bo‘rdoqiga boqilayotgan mollar, sigir va 
g‘unajinlar yetishtirish (ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda bir maqsadni 
ko‘zlab yetishtirish). Qoramol – go‘sht chorvachiligi: asosiy poda, 8 
oylikdan katta bo‘lgan yosh mol va bo‘rdoqiga boqilayotgan mol. Bu-
qalar: buqalarning asosiy podasi, boquvga qo‘yilgan har xil yoshdagi 
buzoqlar va katta yoshdagi buqalar.  


 
 
201
Qo‘ychilikda xarajatlar hisobi uning yo‘nalishlari – mayin junli
yarim mayin junli, yarim dag‘al junli, dag‘al junli, qorako‘l tyeri vabarra 
tyeri bo‘yicha yuritiladi: 
Parrandachilikda tuxum qo‘yadigan tovuqlar: katta yoshli tuxum 
qo‘yadigan tovuqlar; go‘sht uchun boqiladigan tovuqlar, 1 kunlikdan 
150 kunlikkacha bo‘lgan jo‘jalar. Go‘sht va go‘sht – tuxum 
yo‘nalishidagi tovuqlar: katta yoshli ona tovuqlar; 1 kunlikdan 180 
kunlikkacha bo‘lgan yosh tovuqlar; jo‘ja (broylyer)lar. Parrandalarning 
boshqa turlari (o‘rdaklar, g‘ozlar, kurkalar va b.) bo‘yicha hisob ikki gu-
ruhga ajratib yuritiladi: katta yoshdagi va barcha yoshdagi yosh parran-
dalar. Inkubatorlardagi tuxumlar parrandalar turi bo‘yicha hisobga oli-
nadi. 
Yilqichilikda (otlar, eshaklar, xachirlar) naslchilik: nasldor (zotli) 
otlarning asosiy podasi, zotli toychalar (tug‘ilgan yili bo‘yicha). Ishlati-
ladigan yilqichilik (sut beradigan va uyurdagi yilqilar): asosiy poda, bar-
cha yoshdagi uyurdan ajratilgan yosh yilqilar. Yosh ishchi otlarni yet-
ishtirish alohida hisobga olinadi (katta yoshdagi ishchi otlar bosh soni 
bo‘yicha xarajatlar 2310-schotda hisobga olinadi).  
Tuyachilikda xarajatlarni hisobga olish ikki guruh bo‘yicha yuriti-
ladi: asosiy poda, barcha yoshdagi bo‘taloqlar, bo‘rdoqiga boqiladigan 
tuyalar. Barcha guruh hayvonlar birgalikda saqlanganda xarajatlar hay-
vonlarning barcha guruhlari bo‘yicha birlashgan holda hisobga olinadi. 
Quyonchilikda va mo‘ynali hayvonlarda. Ishlab chiqarish 
yo‘nalishlari bo‘yicha (go‘sht, teri, tivit) hisobga olinadi. Mo‘ynali 
hayvonlar hayvon turlari bo‘yicha ikki guruhga asosiy poda va yosh 
hayvonlarga bo‘lingan holda hisobga olinadi. 
Cho‘chqachilikda chuchqaning asosiy podasi, ikki oylikdan to‘rt 
oylikkacha bo‘lgan yosh cho‘chqalar, to‘rt oylikdan katta bo‘lgan yosh 
cho‘chqalar va bo‘rdoqiga boqilayotgan cho‘chqalar. Ixtisoslashtirilma-
gan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobi tarmoq bo‘yicha umumiy yuritiladi. 
Baliqchilik, asalarichilik, ipakchilik hayvonlar va parrandalarni 
sun’iy qochirish. Baliqchilikda: umuman tarmoq bo‘yicha ixti-
soslashtirilgan xo‘jaliklarda semirtiriladigan va pitomnik havzalari 
bo‘yicha alohida. Asalarichilikda – asalari boqish, asal, asal changlatish, 
changlatish bo‘yicha. Ipakchilik – umuman tarmoq bo‘yicha. Sun’iy ur-
chitish – hayvonlar turi bo‘yicha nasl beruvchilar (sperma olish). 
Chorvachilikda analitik schotlar hayvonlar guruhlarining turlari 
yoki yosh-jinslari bo‘yicha ochiladi. Biroq, ayrim hollarda mahsulot 
tannarxini yanada aniqroq hisoblash maqsadida yondash mahsulotlarn-


 
 
202
ing ayrim turlari bo‘yicha to‘g‘ri xarajatlarni alohida hisobga olish 
uchun qo‘shimcha analitik schotlar ochiladi. Masalan, qorako‘lchilikda 
qo‘shimcha analitik schotlar ochilishi mumkin: qo‘ylarning junini 
qirqish bo‘yicha xarajatlar va qorako‘l terilari olish bo‘yicha xarajatlar. 
Birinchisiga jun qirqish punktini saqlash, jun qirquvchilar mehnatiga 
haq to‘lash, junni markalash, saralash va tashish bo‘yicha xarajatlar 
kiradi; ikkinchisiga - qo‘zichoqlarni so‘yish, dastlabki ishlov berish
tyerilarni oshlash va tashish xarajatlari kiradi. Natijada jun va qorako‘l 
terining tannarxini aniq belgilash imkoni yaratiladi. 
Chorvachilikdagi ayrim analitik schotlarda ozuqa tayyorlash 
xonalari va sexlarida ozuqa tayyorlash bo‘yicha xarajatlar hisobga oli-
nadi. Belgilangan muddatlarda hisobga olingan xarajatlar bu schotlardan 
chiqarib tashlanadi va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha xarajatlar 
obyektlari schotiga tayyorlangan (berilgan) ozuqa miqdoriga mutanosib 
taqsimlanadi. 
Dehqonchilikdan farq qilgan holda chorvachilik bo‘yicha yil 
oxiriga, odatda, tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Bu shu bilan 
bog‘liqki, chorvachilikning asosiy tarmoqlari hisoblangan qoramol-
chilik, qo‘ychilik va boshqalar bo‘yicha har bir yildagi qilingan xarajat-
larni shu yilda olingan mahsulotlar tannarxiga olib boriladi. Lekin, chor-
vachilikning parrandachilik, baliqchilik, yilqichilik, asalarichilik kabi 
ayrim tarmoqlarida yil oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lishi 
mumkin. Masalan, agar parrandachilikda tuxumlar inkubatorga joriy 
yilning 10 dekabridan keyin quyilib, yil oxirigacha jo‘jalar ochib 
chiqarilmagan bo‘lsa, tuxumlar va ularni inkubatorga quyish xarajatlari 
keyingi yilga o‘tadi. 
Asalarichilikda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga asala-
rilar qishlashi uchun uyalarida qoldirilgan asal qiymati; baliqchilikda – 
keyingi yilga o‘tadigan baliqlarni urchitish xarajatlari; tuyachilikda esa 
birinchi bo‘g‘oz bo‘lib, keyingi yilda tug‘adigan tuyalarni saqlash uchun 
qilingan xarajatlar kiritiladi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling