O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Dehqonchilik mahsulotlarining rejadagi va haqiqiy tan-


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
6.3.7. Dehqonchilik mahsulotlarining rejadagi va haqiqiy tan-
narxlari o‘rtasidagi farqlarni tuzatish 
 (korrektirovka qilish) 
 
Dehqonchilik mahsulotlarining haqiqiy tannarxi aniqlanganidan 
so‘ng yil oxiriga sarflanmay qolgan urug‘lik, yem-xashak, tovar 
mahsulotlar hamda sotilgan, qayta ishlangan, chorva mollariga va 
boshqa ehtiyojlar uchun sarflangan mahsulotlar qayta baholanadi ya’ni 
ularning reja tannarxi haqiqiy tannarxiga tenglashtiriladi. 
Mahsulotlarning haqiqiy va reja tannarxi o‘rtasidagi farqlar quyi-
dagicha hisobdan o‘chiriladi: butun korxona bo‘yicha mahsulotlarning 
har bir turi bo‘yicha rejadagi va haqiqatdagi xarajat summalari taqqosla-
nadi va natijada taqsimlanishi lozim bo‘lgan umumiy farq topiladi
mahsulot turlari bo‘yicha umumiy farqni korrektirovka qilinishi kyerak 
bo‘lgan mahsulot miqdoriga bo‘lib, mahsulot birligiga qancha tejash 
yoki oshiqcha sarflash to‘g‘ri kelishi aniqlanadi; aniqlangan summalar 
mahsulotlarning turlari bo‘yicha ishlatilgan va xo‘jalikda qoldirilgan 
miqdorlariga ko‘paytiriladi va shu mahsulotlar aks ettirilgan schotlarga 
qo‘shimcha o‘tkazish (oshiqcha sarflanganda) yoki storno qilinishi (te-
jalganda) kerak. 
Mahsulotlarning reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi tafovutlar 
boshqacha usulda ya’ni tafovutlarning mahsulotlar reja tannarxiga nis-
batan foizda hisoblangan hissalari bo‘yicha ham hisobdan o‘chirilishi 
mumkin. Bu usulda reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovut quyida-
gicha hisobdan o‘chiriladi: har bir analitik schot bo‘yicha yil davomida 
kirimga olingan mahsulotlarning reja tannarxini ularni yetishtirishga 
ketgan haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanadi va bunday taqqoslash 
asosida taqsimlanishi lozim bo‘lgan farq topiladi; topilgan farqlar 
mahsulotlarning reja tannarxiga nisbatan foizlarda aniqlanadi; ishlatilgan 
va xo‘jalikda qoldirilgan mahsulotlarning reja tannarxi hisoblab 
chiqarilgan foizga ko‘paytiriladi va korrektirovka qilinishi lozim bo‘lgan 
summa aniqlanadi. 
Mahsulotlar reja va haqiqiy tannarxlari o‘rtasidagi tafovutlarning 
jami ma’lumotlari ekin turlari (bir xil ekin guruhlari) bo‘yicha 


 
 
198
«Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot 
chiqishini hisobga olish qaydnomasi»
10
ga o‘tkaziladi. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling