O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
6.3.6. Bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash Meva-sabzavotchilik shirkat xo‘jaliklari tugatilib, ular negizida ix- tisoslashgan fermer xo‘jaliklari tashkil etilishi natijasida bog‘dorchilik va uzumchilik sezilarli darajada rivojlanmoqda. Ishlab chiqarishni samarali boshqarish, xususan, mahsulotlar tannarxini to‘g‘ri shakllanti- rish va uning dinamikasini nazorat qilish, norma va normativlarning haqqoniyligini baholash, tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash, mahsulotlarga baho belgilash hamda uni tezkor qayta ko‘rib chiqish ma- salalarini ta’minlaydigan tannarx hisoblash uslubini shakllantirish lozim. Bu borada professor N.Yu.Jo‘raev haqli ta’kidlagan: «Mahsulotlar tan- narxini hisoblash uchun har bir mahsulot turini ishlab chiqarish samara- dorligini ishonchli aniqlashga imkon beradigan uslub zarur» 9 . Darhaqiqat, har bir muayyan sharoit uchun tannarx hisoblashning maqsadga muvofiq uslubi zarur. Masalan, hajmi nisbatan kichik meva- sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida bog‘lar maydoni unchalik katta bo‘lmasdan, asosan bir turdagi meva etishtiriladi. Shuning uchun ushbu tarmoq xarajatlari bitta – «Bog‘dorchilik» analitik schotida butunligicha hisobga olinishi mumkin. Ushbu analitik schotda bog‘larni parvarish- lash, hosilni yig‘ishtirish va hosil yig‘ishtirilgandan so‘ng hisobot yili oxirigacha bog‘da bajariladigan ishlar, barcha turdagi daraxtlar va buta- zorlar bo‘yicha parvarishlash hamda hosilni yig‘ishtirish xarajatlari aks ettiriladi. Natijada, bunday fermer xo‘jaliklarida bog‘dorchilik mahsu- lotlari bir sentnerining tannarxi bir butunligicha hisoblanadi. Buning uchun barcha xarajatlar kirimga olingan mahsulotlarning umumiy miqdoriga (ularni turlarga ajratmasdan) bo‘linadi. Masalan, fermer xo‘jaligida hisobot yilida xarajatlar 6510000 so‘mni tashkil etib, 186 sentner mahsulot kirim qilingan. Bunda bog‘dorchilikdan olingan 1 sentner mahsulotning haqiqiy tannarxi: 6510000:186=35000 so‘m. 9 N.YU.Jo‘raev. Ischislenie sebestoimosti produktsii sadovodstva i vinogradstva. Se`lskoe xozyastvo Uzbekistana, №10-11, 1992, s. 44-45. 194 Bog‘dorchilik mahsulotlarining har bir turi bo‘yicha alohida tan- narx hisoblash zarur bo‘lganida xarajatlar har bir mahsulot turining bo- zor bahosi bo‘yicha aniqlangan umumiy qiymatidagi ulushiga mutanosib taqsimlanishi mumkin. Agar bog‘dorchilik xarajatlari 26354000 so‘m bo‘lib, olingan barcha mahsulotlarning bozor bahosi bo‘yicha qiymati 63540000 so‘mni tashkil etsa, u holda taqsimlash koeffitsienti quyida- gicha aniqlanadi: 26354000:63540000=0,4147 So‘ngra har bir mahsulotning bozor bahosi bo‘yicha qiymatini ushbu koeffitsient (0,4147)ga ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot turiga tegishli xarajat summasi aniqlanadi. Aniqlangan summa ushbu ekin turi- dan olingan mahsulot miqdoriga bo‘linib, har bir mahsulot turi birligin- ing haqiqiy tannarxi hisoblanadi. Agar bog‘ning qator oralariga sabzavot ekilgan bo‘lsa, u holda ushbu ekinlar bo‘yicha barcha xarajatlar alohida «Sabzavotchilik» analitik schotida aks ettirilib, bog‘dorchilik xarajatlariga qo‘shilmaydi. Voyaga yetmagan va foydalanishga qabul qilinmagan yosh bog‘lardan meva va rezavor mevalar olinganda, ular sotish mumkin bo‘lgan ba- holarda qabul qilinishi mumkin. Ushbu baho summasidan yosh bog‘larni parvarishlash xarajatlari chegirib tashlanadi. Natijada, yosh bog‘lardan olingan mahsulot tannarxi ularni parvarishlash va hosilni yig‘ishtirish xarajatlaridan oshib ketmasligi mumkin (6.7-jadval). Yerga tushgan mevalar bog‘dorchilikda qo‘shimcha mahsulot sifatida qabul qilinishi mumkin. U foydalanish mumkin bo‘lgan bahoda baholanadi va shu bahoda jami xarajatdan chegirib tashlanadi. Agar ular qayta ishlansa, sifatiga qarab bozor bahosi bo‘yicha baholanadi. Yerga tushgan yoki buzilgan mevalar chorva mollariga berilsa, ular ozuqa ildiz mevalilarning reja tannarxi bo‘yicha baholanib, kirim qilinishi mumkin. Ixtisoslashgan bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida alohida ekin turlari katta maydonlarni egallab, xarajatlar ularning har biri bo‘yicha alohida hisobga olinadi. Shuningdek, bunday fermer xo‘jaliklarida asosiy mahsulotlar bilan bir qatorda yondosh mahsulotlar sifatida qalamcha, parxish, ildiz bachkisi va ildiz qalamchalari ham olinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling