O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Qorako‘l teri tannarxini aniqlash
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
Qorako‘l teri tannarxini aniqlash uchun oldin qorako‘l qo‘zilarni so‘yish punktiga olib kelish, so‘yish, terilarga dastlabki ishlov berish, so‘yish punktiga doir xarajatlar va so‘yilgan qo‘zilarning qiymati alohida analitik schot ochib hisobga olinadi. So‘ng bu xarajatlardan sotish narxida baholangan qo‘shimcha mahsulot (barra go‘shti, shirdon)lar qiymati chegirib tashlanadi. Qolgan summani qorako‘l terilarning miqdoriga bo‘lib bir dona qorako‘l tyerining haqiqiy tannarxi aniqlanadi. 222 6.6.3. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz (brak) mahsulotlarni hi- sobga olish Sifati bo‘yicha belgilangan standartlar, texnik talablar yoki shart- nomalarga mos kelmaydigan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar yaroqsiz (brak) hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar yoki yarim tayyor mahsulotlarni baholashda aniqlangan kamchiliklarning tavsifiga ko‘ra yaroqsizlik tuzatiladigan va tuzatilmaydigan yaroqsizlikka bo‘linadi. Tuzatiladigan yaroqsizlik deb tuzatilganidan so‘ng tayinlanishiga ko‘ra ishlatilishi mumkin bo‘lgan hamda tuzatilish imkoni mavjud va bu iqtisodiy jahatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Tuzatilmaydigan yaroqsizlik deb tuzatilganidan so‘ng tayinlan- ishiga ko‘ra ishlatilishi mumkin bo‘lmagan hamda tuzatilish imkoni yo‘q va tuzatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan bu- yumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Bunday buyumlar ish- latish mumkin bo‘lgan bahoda sotiladi yoki boshqa turdagi mahsulot- larni qayta ishlash uchun ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatiladi. Yaroqsizlik aniqlangan joyiga ko‘ra ichki va tashqi yaroqsizlikka bo‘linadi. Ichki yaroqsizlik deb mahsulot xaridorga jo‘natilgunga qadar korxonada aniqlangan yaroqsizlik hisoblanadi. Mahsulot xaridorga jo‘natilgandan so‘ng aniqlangan yaroqsizlik tashqi yaroqsizlik deyiladi. Yaroqsizlik aniqlangan chog‘da texnik nazorat bo‘limining xodimlari mahsulot chiqishini hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda tegishli belgilar qo‘yadi. Tuzatilmaydigan yaroqsizlik yaroqsizlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki yaroqsizlik to‘g‘risidagi qaydnoma bilan rasmiylashtirilib, unda yaroqsizlikning bir qancha faktlari qayd qilinadi. Dalolatnomada yaroqsizlik tavsifi, uning sababi, yaroqsizga chiqarilgan mahsulot miqdori, yaroqsizlik aybdori, yaroqsiz mahsulot tannarxi, aybdor shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan summa, yaro- qsizlikdan yo‘qotishlar hamda yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar qabul qilinganligi to‘g‘risida omborchi yoki qabul qilgan sex belgisi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma texnik nazorat bo‘limining xodimi, usta va sex bosh- lig‘i tomonidan tuziladi va buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda yaroqsiz mahsulotning tannarxi hisoblab chiqariladi. Dalolatnoma xo‘jalik yuri- tuvchi subyekt rahbari tomonidan tasdiqlanib, unda yaroqsizlikdan 223 ko‘rilgan zararni hisobdan chiqarish – aybdor shaxsdan undirish yoki ishlab chiqarishga olib borish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan kelib chiqqan yo‘qotishlar uning tannarxidan yaroqsizga chiqarilgan buyumlarning ishlatish mumkin bo‘lgan bahosi bo‘yicha qiymati va aybdor shaxslardan undiriladigan summalarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Tuzatilmaydigan ichki yaroqsizlik tannarxi belgilangan xarajat moddalari bo‘yicha haqiqiy xarajatlardan tashkil topadi. Bunda «ishlab chiqarishni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari», «yaroqsizlikdan kelib chiqadigan yo‘qotishlar», «boshqa ishlab chiqarish xarajatlari» mod- dalari hisobga olinmaydi. Buyumlar soni ko‘p bo‘lgan korxonalarda yaroqsizlik odatda reja yoki normativ tannarxdan kelib chiqqan holda baholanadi. Tuzatiladigan ichki yaroqsizlik tannarxi tuzatish uchun sarflangan xom-ashyo, Materiallar va yarim tayyor mahsulotlar hamda tuzatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari va umumishlab chiqarish xarajatlarining tegishli ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tuzatiladigan ichki yaroqsizlikdan yo‘qotishlar uning tannarxidan aybdor shaxslardan undiriladigan summalarni chegirib tashlash yo‘li bi- lan aniqlanadi. Tashqi yaroqsizlik qiymati yaroqsizga chiqarilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, xaridorlar tomonidan ushbu mahsulotni sotib olish xarajatlari, hamda yaroqsizga chiqarilgan mazhsulotlarni almashti- rishdagi transport xarajatlari yoki iste’molchining yaroqsizga chiqarilgan mahsulotni tuzatish xarajatlaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikdan yo‘qotishlar to‘g‘risidagi ax- borotlar 2610-«Ishlab chiqarishgdagi yaroqsiz mahsulotlar» schotida umumlashtiriladi. 2610-schotning debetida aniqlangan yaroqsizlikka doir xarajatlar hamda kafolatli ta’mirlash xarajatlari aks ettiriladi. Bu schotning kreditida esa yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlarni kamayti- radigan summalar (yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning ishlatish imkoni bo‘lgan bahodagi qiymati, aybdor shaxslardan undiriladigan summalar, ishlatilishi natijasida yaroqsizlik vujudga kelgan, mol yet- kazib beruvchilar tomonidan yetkazilgan sifatsiz Materiallar yoki yarim tayyor mahsulotlar uchun undiriladigan summalar va h.k.) hamda yaro- qsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar sifatida ishlab chiqarish xarajatlariga olib boriladigan summalar aks ettiriladi. 224 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti bo‘yicha analitik hisob korxonaning alohida bo‘linmalari, mahsulot turlari, xarajat moddalari va yaroqsizlik sabablari bo‘yicha yuritiladi. Aniqlangan yaroqsizlik va kafolatli ta’mirlash bo‘yicha xarajat- larga 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti debetlan- ganda quyidagi schotlar kreditlanishi mumkin: 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaro- qsizlikni tuzatishga sarflangan Materiallar qiymatiga; 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqar- ish» schotlari – asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan, tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan yo‘qotishlar hisobdan chiqarilganda; 2110-«O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar» schoti – o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning yaroqsizligi aniqlangan va hisobdan chiqarilganda; 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schoti – umum ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli ulushi yaroqsiz mahsulot tannarxiga qo‘shilganda; 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar o‘rniga xaridorlarga jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi; 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» – mol yetkazib beruvchilardan yaroqsizlikni tuzatishda va ka- folatli ta’mirlash bo‘yicha olingan xizmatlar summasiga; 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schoti – yaro- qsizga chiqarilgan mahsulotlar bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha davlat maqsadli fondlariga qlingan ajratmalar summasiga; 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schoti – yaroqsizlikni tuzatishda ishtirok etgan xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda; 4220-4290, 6970-schotlar – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar hisobdor shaxslar zimmasidan hisob- dan o‘chirilganda; 6990-«Boshqa majburiyatlar» schoti – iste’molchilarning yaro- qsizlikni tuzatishga doir xarajatlari bilan bog‘liq sarflar summasiga. 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti kreditlan- ganda quyidagi schotlar debetlanadi: 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaro- qsizlikni tuzatish chog‘ida qolgan Materiallar kirimi va tuzatilmadigan yaroqsizlik ishlatish mumkin bo‘lgan bashoda hisobdan chiqarilganda; 225 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti, 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schoti – yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar asosiy va yor- damchi ishlab chiqarishlarning mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga qo‘shilganda; 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schoti – o‘tgan yillardagi yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar hisobdan chiqarilganda. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling