O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Sabzavot, ho‘l meva va kartoshkani qayta ishlash


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 Sabzavot, ho‘l meva va kartoshkani qayta ishlash. sabzavot, 
mevalar va kartoshkani qayta ishlashdan olingan konservalar, tez 
muzlatilgan mahsulotlar, tuzlangan va achitilgan mahsulotlar, quritilgan 
kartoshka va sabzavotlar, quruq mevalar va sharbatlar tannarx hisoblash 
obyekti bo‘lib hisoblanadi. 
 Sabzavot, mevalar va kartoshkani qayta ishlashdan olingan mahsu-
lotlar tannarxi har bir mahsulot turini tayyorlash uchun ketgan xarajatlar 
summasidan tashkil topadi. Bunda har bir mahsulotni qayta ishlash 
uchun ochilgan analitik schotlarda qilingan xarajatlar yig‘ib boriladi va 
xarajatdan xo‘jalikda ishlatiladigan chiqitlarning qiymati (silos ekinlari 
ko‘k massasi ozuqa birligining reja tannarxida baholanib) chegirib tash-
lanadi. Qolgan summani olingan tayyor mahsulot miqdoriga bo‘lish 
yo‘li bilan mahsulot birligining tannarxi aniqlanadi. 
 Meva-sabzavot konservalari va sharbatlar tayyorlashda ming shar-
tli bankamahsulot tannarx hisoblash obyekti bo‘lib hisoblanadi. 
 Har bir tayyorlangan mahsulot turini shartli mahsulotga o‘tkazish 
uchun koeffitsientlardan foydalaniladi. Bu koeffitsiyentlar bir banka 
yoki shishaga solingan mahsulot massasi va ularning hajmiga bog‘liq. 


 
 
220
Masalan, 0,5 l hajmdagi bankada konservalangan bodring uchun 1,53, 1 
l hajmdagi uchun 2,83 va3 l hajmdagi bank auchun 8,48 koeffitsientlar 
qo‘llaniladi. Ming shartli banka tannarxini hisoblash uchun har bir 
mahsulot turiga sarflangan xarajatlar summasini tayyorlangan shartli 
banka miqdoriga bo‘lish kyerak. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling