O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Sanoat ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot olinish hisobi va
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
6.6. Sanoat ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot olinish hisobi va tannarx hisoblash Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek, qurilish Materiallari ishlab chiqarish, mayda asbob-usku- nalarni tayyorlash va hokazolar uchun qishloq xo‘jalik korxonalari tar- kibida yoki mustaqil sanoat korxonalari hamda yordamchi xo‘jaliklar tashkil etiladi. Bunday sanoat korxonalari ishchi kuchining mavsumiy oshiqchaligidan to‘la va samarali foydalanish hamda rentabellikni oshi- rishda muhim ahamiyatga ega. Sanoat ishlab chiqarishini hisobga olish har bir ishlab chiqarish sar- fini hisob obyekti va xarajat moddasi bo‘yicha hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni aniq hisobga olish va ularning tannarxini to‘g‘ri hisoblash, tugallanmagan ishlab chiqa- 216 rishni to‘g‘ri aniqlash, mablag‘larni tejab sarflashni nazorat qilish, oila pudrati va pudrat asosida ishlaydigan bo‘linmalarning shartnomaviy majburiyatlarni bajarishi ustidan nazorat qilish va har bir korxona bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyatining (moliyaviy) natijalarini alohida aniqlashni ta’minlash lozim. Qishloq xo‘jaligida sanoat ishlab chiqarishlariga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan (tegirmon, sutni qayta ishlash, moyju- voz, konsyerva va pishloq zavodlari va h.) korxonalar va ishlab chiqarishlar, yog‘och tilish, g‘isht zavodi, salloqxona, hamda mahsulot- larga oddiy ishlov berishga oid ishlab chiqarishlar (meva vasabzavot- larni quritish, bodring va pomidor tuzlash va boshqalar) kiradi. Sanoat ishlab chiqarishida qilingan xarajatlar quyidagi moddalar bo‘yicha hisobga olinadi: 1. Mehnat haqi xarajatlari ijtimoiy sug‘urta xa- rajatlari bilan birgalikda. 2. Xom ashyo va Materiallar. 3. Ishlar va xiz- matlar. 4. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari. 5. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishga oid xarajatlar. 6. Sug‘urta to‘lovlari. 7. Boshqa xarajatlar. 8. Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar. «Xom ashyo va Materiallar» moddasida tayyorlanadigan mahsulotning negizini tashkil etuvchi yoki uni tayyorlashda zarur bo‘ladigan komponentlar: masalan, tegirmon va juvozxonalarda – don- ning qiymati; kanop va zig‘irni qayta ishlashda – poyaning qiymati; meva, sabzavot, kartoshka va rezavor mevalarni qayta ishlashda – meva, sabzavot, kartoshka, dukkaklilar, rezavorlar va boshqalar qiymati. «Yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar» moddasida butunlay yaroqsizga chiqarilgan mahsulot (buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar) qiymati, qurulmalarning dastlabki ishlatish vaqtida buzilgan xom-ashyo, Materiallar va yarim tayyor mahsulotlar qiymati hamda yaroqsizlikni tu- zatish xarajatlari aks ettiriladi. Qolgan xarajat moddalari o‘zlarining mazmuniga qarab 2010 va 2020 schotlar bo‘yicha ko‘rib chiqilgan xarajat moddalariga o‘xshashdir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling