215
asalari uyalari, ona asalarilar, ona asalari suti tannarx hisoblash obyekti
hisoblanadi. Changlantiriladigan ekinlarning
maydoni va hosildorligiga
qarab asalarichilik xarajatlarining rezavor-meva ekinlari va urug‘lik be-
daga 40-60 foizi, boshqa ekinlarga 20-40 foizi o‘tkaziladi. Asalarichilik-
dan olinadigan mahsulotlar (naslsiz ona ari, nasl beradigan ona ari, yangi
asalari uyalari, asal,
ona asalari suti, mum va xokazo) tannarxi qilingan
xarajatlar summasini olingan mahsulot turlariga ularning xarid narxi
bo‘yicha bahosiga mutanosib taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Ortgan
mum kataklarning tannarxi eritilgan konditsiyadagi mumlar tannarxi
bo‘yicha aniqlanadi. Bunda uyadagi 435x230 mm hajmdagi mum katak
140 gramm, 435x125 mm – 110 gramm, 435x145 mm – 70
gramm
mumga teng qilib olinadi.
Yangi asalari oilalari ularni sotish bahosida kirimga olinadi. Bunda
1 kg asalari 10 kilogramm asalga tenglashtiriladi.
Sotilgan, qish-bahor davrida oziq uchun uyalarda va omborlarda
qoldirilgan asal asalarichilikdan olingan yangi hosilni tashkil etadi.
Asalarichilikda asalari uyalarining balans
qiymati ham aniqlanib, u
ona asalari, ishchi asalari, oziq sifatida uyada qoldirilgan asal,
asalari
yashiklari vashu kabilarning qiymatlari yig‘indisidan iboratdir.
Faqat qishloq xo‘jalik ekinlarini changlantirish uchun mo’ljal-
langan asalarichilik xarajatlari changlantiriladigan ekinlardan olingan
mahsulotlar tannarxiga o‘tkaziladi. Bunda olingan asal,
mum va boshqa
mahsulotlar qo‘shimcha mahsulot hisoblanib, xarid narxi bo‘yicha
baholanadi va xarajatlar summasidan chegirib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: