O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Yilqichilik va tuyachilik mahsulotlarining tannarxini


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
6.5.6. Yilqichilik va tuyachilik mahsulotlarining tannarxini 
hisoblash 
 
Yilqichilikda quyidagi mahsulotlar tannarx hisoblash obyekti 
hisoblanadi: asosiy poda bo‘yicha – baytaldan ajratilgan qulunlar, toylar 
bo‘yicha o‘sishi va o‘stirilgan toylarning to‘liq qiymati, sut yo‘nali-
shidagi yilqichilikda qimiz, qulun, katta yoshli boquvdagi otlar bo‘yicha 
qo‘shilgan va tirik vazn. 
Yilqichilikda tulashdan olingan jun, qil, o‘lgan otlarning tyerisi, 
go‘shti va go‘ng kabi qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Bular normativ 
asosida yoki bozor narxlarida baholanib kirimga olinadi. 
Qulun tug‘ilgan vaqtida biyani asrash 60 ozuqa - kunining qiymati 
bo‘yicha baholab kirimga olinadi. 
Asosiy podadagi qulunlarni biyasidan ajratib olish paytidagi tan-
narxini aniqlash uchun biyalar, ayg‘irlar va qulunlarni boqish xarajatlari 
summasidan yordamchi mahsulotlar va ayg‘irlar hamda biyalar bajargan 
ishlarning (ishchi otlar ot-kunining normativ tannarxi bo‘yicha baholab) 
qiymatini chegirib tashlab, qolgan summani biyasidan ajratilgan qu-
lunlar soniga bo‘linadi. 
Toylar bo‘yicha qo‘shilgan vazn (semirish) aniqlanmaydi ya’ni 
ular tarozida tortilmaydi. Shuning uchun toylarning o‘sish tannarxi 
hisoblanadi. Bunda toylarning xo‘jalikda bo‘lgan kunlari sonini aniqlash 
lozim. Buning uchun toylarning yil boshidan mazkur guruhdan chiqib 
ketgunga qadar (sotilishi, boshqa hisob guruhiga o‘tkazilishi) yoki ushbu 


 
 
214
hisob guruhida hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa – yil oxiriga bo‘lgan 
ozuqa-kunlar soni aniqlanadi. So‘ng umumiy xarajat summasidan 
qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi. Agar toylar ishchi 
ot sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bajargan ishlar bir ish kunining 
normativ qiymati bo‘yicha baholanib, aniqlangan summa umumiy 
xarajatlardan chegirib tashlanadi. Qolgan xarajatlar summasini muayyan 
hisob guruhi bo‘yicha ozuqa kunlar soniga taqsimlash yo‘li bilan bir 
ozuqa-kun tannarxi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich toylarning muayyan 
guruhida boqilgan kunlarisoniga ko‘paytirilib ularning o‘sish tannarxi 
aniqlanadi. 
Qimizchilik biyalar ferma sining asosiy mahsuloti biya suti, qimiz 
va biyasidan ajratilmagan qulunlardir. Biya va ayg‘irlarni asrash xara-
jatlaridan qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini chegirib tashlab qolgan 
summa qimiz bilan qulunlarga quyidagicha taqsimlanadi: 
Sut – 1 sentner – 1,0; 6-9 oylik 1 bosh qulun – 6,0. 
Qimiz olinmaydigan yilqichilikda bir bosh qulun tannarxi biya va 
ayg‘irlarni asrash xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini che-
girib tashlanib qolgan summani qulunlar bosh soniga bo‘lish yo‘li bilan 
aniqlanadi. 
Tuyachilikda tug‘ilgan bir bosh bo‘taloqning tannarxi urg‘ochi 
tuyalarning 120 ozuqa-kuni qiymati bilan aniqlanadi. Bir bosh 
bo‘taloqning moyasidan ajratish vaqtidagi tannarxini aniqlash uchun yil 
boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga joriy yildagi 
bo‘taloqni tuyalarning bo‘talog‘i ajratilgunga qadar qilingan saqlash xa-
rajatlarini qo‘shib, olingan summadan katta yoshdagi tuyalar bajargan 
ishlar, olingan sut, jun va qo‘shimcha mahsulotlar qiymati hamda kel-
gusi yilga o‘tkaziladigan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari qiy-
mati chegirib tashlanadi va qolgan summa bo‘taloqlar bosh soniga 
bo‘linadi. 
Bo‘taloqlar o‘sishining tannarxi ham yilqichilikdagi kabi aniqla-
nadi. Lekin bu ishda ayrim xususiyatlar mavjud. Tuyalar ikki yilda bir 
marta bolalaydi va ularning bo‘g‘ozlik davri 13 oygacha cho‘ziladi. 
Shuning uchun ham tuyalarning bir yillik asrash xarajatlari tugallanma-
gan ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kelgusi yilga qoldiriladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling