O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 Sutni qayta ishlash. Sutni qayta ishlashdan olingan sariyog‘, qay-
moq, tvorog, kefir va pishloq tannarx hisoblash obyekti hisoblanadi. 
Sutni qayta ishlashdan olingan ayrim turdagi mahsulotlar tannarxini 
hisoblash uchun qayta ishlashga sarflangan xarajatlarning umumiy 
summasidan foydalansa bo‘ladigan ayron, zardob va boshqa qo‘shimcha 
mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa ayrim mahsulot 
turlariga ularning xarid narxi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib 
ravishda taqsimlanadi. 
 Hisobning bunday soddalashtirilgan usuli sutni qayta ishlab chiqar-
ish hajmining unchalik katta bo‘lmagan hollarida qo‘llanilishi mumkin.  
 Sutni qayta ishlash xo‘jalikda doimiy ishlab turuvchi ishlab chiqar-
ish mavjud bo‘lgan holda xarajatlar hisobi quyidagi bosqich (qayta ish-
lash) lar bo‘yicha yuritiladi: sutni qaymoqqa aylantirish, yog‘i olingan 
olingan sutni yog‘siz tvorogga aylantirish, qaymoqni yog‘ga aylantirish 
va boshqalar. Bunda har bir qayta ishlashga analitik schot ochiladi. Sex 
sarflari alohida hisobga olinadi. Sutni qayta ishlash bo‘yicha asosiy 
xarajatlar va sex sarflarini hisobga olish belgilangan xarajat moddalari 
bo‘yicha yuritiladi.  
 Sut mahsulotlari tannarxini hisoblab chiqarish ishlab chiqarishning 
har bir bosqichi bo‘yicha hisobga olingan xarajatlar va mahsulotning 
chiqishi ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.  
Birinchi qayta ishlash bosqichida qaymoqning tannarxi qayta ish-
lab chiqariladi. Buning uchun uning qayta ishlashdagi xarajatlar umumiy 
summasidan (qo‘shimcha xarajatlar summasi ham shu hisobga kiradi) 
realizatsiya  narxlarida qaymog‘i olingan sut qiymati chiqarib tashlanadi 
va qolgan xarajatlar summasi qaymoqdan olingan asosiy mahsulot 
soniga tegishli bo‘ladi.  
 Ikkinchi bosqichda sariyog‘ tannarxi hisoblab chiqiladi. Buning 
uchun taqsimlangan qo‘shimcha sarflarni ham hisobga olingan holda 
qayta ishlashda hisobga olingan xarajatlar summasidan qo‘shimcha 
mahsulot – ayronning belgilangan narxlardagi qiymati chiqarib tashla-
nadi va qolgan xarajatlar summasi olingan asosiy mahsulot – sariyog‘ga 
tegishli bo‘ladi.  


 
 
221
 Xarajatlarni alohida hisobga olish mavjud bo‘lgan boshqa qayta 
ishlashlar bo‘yicha ham mahsulot tannarxi mana shunday yo‘l bilan 
aniqlanadi (pishloq, yog‘li tvorog, quyultirilgan sut ishlab chiqarish). 
 Sutni qayta ishlab chiqarishda sut xom-ashyosining (sut, qaymoq, 
yog‘i olingan sut) sarfini va tayyor mahsulotning chiqishini doimiy na-
zorat qilish muhim ahamiyatga ega. Sut va sut mahsulotlarini qayta 
ishlash qaydnomalari (124-shakl) mana shu maqsadda yuritiladi. Ularda 
xronologik izchillikda qayta ishlov berishga kelgan sut mahsuloti, qayta 
ishlashdan keyin olingan sut mahsulotlari nomi, ularning soni va 
yog‘ning miqdorini qayd qilinadi. Qaydnomaning orqa tomoni ish 
vaqtini hisobga olish va ish haqini hisoblab chiqish uchun foydalaniladi. 
Sutni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar sarfi ham mana shu yerda 
aks ettiriladi. Bunda mahsulotning qayerga, kimga berilganligi, hujjat-
ning tartib nomeri, soni, yog‘ining miqdori ko‘rsatiladi. Qaydnoma 
asosida har kuni xom ashyo sarfi va tayyor mahsulotning chiqishi na-
zorat qilinadi.  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling