O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Chorvachilik mahsulotlari va mahsuldorligining iqtiso-
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
10.2.5. Chorvachilik mahsulotlari va mahsuldorligining iqtiso- diy-statistik tahlili Chorvachilik mahsulotini ishlab chiqarishning ikki yildagi o‘zgarishini (hisobot yilini bazis yiliga yoki rejalashtirilgan yilga) tahlil etish uchun, shu davrlarda ishlab chiqarilgan chorva mahsuloti miqdorini taqqoslash natijasida tahlil etiladi. Bu tahlilni amalga oshirish uchun «taqqoslash», «indeks» va «ko‘rsatkichlar farqi» usullaridan foydalanib, chorva mollarning iqtiso- diy-statistik tahlilini ko‘rib chiqamiz. «Taqqoslash» usuli orqali hisobot davrda yetishtirilgan chorva mahsulotlari miqdorini bazis davridagi (rejada ko‘zda tutilgan) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning ko‘payganligiga (kamayganli- giga) ta’sir etuvchi omillar va shu har bir omilning miqdori hisoblanib topiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi: birinchidan, har bir bosh mol hisobiga olingan mahsulotning (chorva mollar mahsuldorligining) o‘zgarishi tufayli ko‘payishi (kamayishi) bo‘lsa (intensiv omil), ik- kinchidan, chorva mollar sonining o‘zgarishi tufayli mahsulot ishlab chiqarish ko‘payishi (kamayishi) orqali ro‘y beradi (ekstensiv omil). Endi tahlil etishning statistik uslubini ko‘rib chiqamiz. Hisobot davridagi mahsulot miqdorini bazis davriga (rejaga nis- batan) o‘zgarishini (ko‘payishi yoki kamayishini) chorva mahsulotini ishlab chiqarishning umumiy indeks (dinamikasi) formulasi orqali aniqlash mumkin: ∑ ∑ = 0 0 1 1 s q s q J qS - nisbiy o‘zgarishini bildiradi; ∑ 1 1 s q - ∑ 0 0 s q = ±Д qs – mutlaq o‘zgarishini ko‘rsatadi; Bunda, 1 q va 0 q - hisobot va bazis davridagi chorva mollarning mahsuldorligi (har bir bosh chorva mol hisobiga olingan mahsulot miqdori). 1 s va 0 s - hisobot va bazis davridagi chorva mollarining o‘rtacha yillik bosh soni (bosh hisobida); 1 q 1 s va 0 q 0 s - hisobot va bazis davridagi yetishtirilgan jami mahsu- lot miqdori (jami yetishtirilgan sut, go‘sht va boshqalar). 346 Birinchi omilning, ya’ni chorva mollarning mahsuldorligi (bir bosh chorva mol hisobiga olingan mahsulot miqdori)ning o‘zgarish ta’sirini aniqlash uchun chorva mollarning umumiy mahsuldorlik indeks formu- lasidan foydalaniladi: ∑ ∑ = 1 0 1 1 s q s q J q - nisbiy o‘zgarishini bildiradi; ∑ 1 1 s q - ∑ 1 0 s q = ±Дq – mutlaq o‘zgarishini ko‘rsatadi; Bunda, ∑ 1 0 s q - shartli mahsulot miqdori (hisobot davridagi mavjud chorva mollarning bazis davridagi chorva mollarning mahsuldorligi o‘zgarmasdan qolgan taqdirda yetishtirish mumkin bo‘lgan mahsulot miqdori). Ikkinchi omilning, ya’ni chorva mollar sonining o‘zgarishi ta’sirini aniqlash uchun chorva mollarnin bosh soni umumiy indeks formulasidan foydalaniladi: ∑ ∑ = 0 0 0 1 q s q s J S - nisbiy o‘zgarishini bildiradi; ∑ 0 1 q s - ∑ 0 0 q s = ±Дs – mutlaq o‘zgarishini ko‘rsatadi; Yuqorida, ko‘rib chiqilgan birinchi omil bo‘lgan chorva mollarning umumiy mahsuldorlik indeksining suratini ( 1 q 1 s - hisobot davridagi miqdori) maxrajiga ( 0 q 1 s - shartli mahsulot miqdori) bo‘lish orqali chorva mollarning mahsuldorligi o‘zgarishi hisobiga shu davrdagi mahsulot miqdori necha foizga oshganligi (kamayganligi) aniqlansa, suratdagi ko‘rsatkichidan maxraj ko‘rsatkichi ayirilsa, shu davrdagi mahsulot miqdorining chorva mollarning mahsuldorligi ta’siri hisobiga mutlaq ko‘payishi (kamayishi) kelib chiqadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling