O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
10.2-jadval
Hayvonlarni turlari va guruhlari bo‘yicha shartli chorva mol- lar soniga aylantirish koeffitsientlari Chorva mollarning turlari va guruhlari Chorva mollarning qiymati bo‘yicha yem-xashak miqdori bo‘yicha 1. Sigir va naslli buqalar 1,0 1,0 2. Yosh qoramollar 0,50 0,6 3. Qo‘y va echkilar 0,10 0,1 4. Otlar 1,10 1,0 5. Parranda 0,02 0,025 (bosh) 332 Yuqoridagi jadvalda keltirilgan hayvonlarning turlari va guruhlari orqali shartli chorva mollarining qiymati bo‘yicha aylantirish koeffitsientlaridan foydalanib, iqtisodiy tasvirlashga ega bo‘lgan hisob- kitoblar (raschotlarini) tuzishda ishlatiladi. Masalan: chorva mollari va parrandalarning absolyut sonlari orqali dinamikasining tahlil etishda yoki ularni territoriyalari bo‘yicha joylashuvini solishtirishda, to‘plangan nisbiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda (masalan: jon boshiga, qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlarning bir yoki yuz gektariga, to‘g‘ri keladigan chorva mollari sonini va boshqa ko‘rsatkichlar) ishlatiladi. Yem-xashak miqdori bo‘yicha esa aylantirish koeffitsientlari orqali chorva mollari yem-xashak bilan ta’minlanishi (rejasi), ozuqa ratsionini tuzishda va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlashda qo‘llaniladi. Statistikada qishloq xo‘jalik hayvonlari bir necha belgilari bo‘yicha turkumlashtiriladi. Birinchi navbatda hayvonlar turlari bo‘yicha bo‘linadi. Hayvonlarning asosiy turlariga qoramollar, otlar va qo‘y- echkilar kiritilib o‘rganiladi. Bulardan tashqari, statistikada qishloq xo‘jalik parandalarini turlari bo‘yicha, quyonlarni, mo‘ynali hayvonlar, asalarilar, baliq, xizmatchi itlarni hisobga olinadi. Barcha chorva mollar va parrandalar asosiy ishlab chiqarishi yo‘nalishi bo‘yicha ikkiga bo‘linadi: 1. Mahsuldor mollar; 2. Ish hayvonlar. Mahsuldor mollarga qoramol, qo‘y, echkilar kiradi. Ish hayvonlari tarkibiga-ishchi xo‘kizlar, ot, eshak, xachir, ishchi bo‘yvollar, aravaga qo‘shiladigan bug‘ular kiritiladi. Katta yoshdagi mahsuldor va ish hay- vonlar mehnat vositasi bo‘lib, ular asosiy fondlar tarkibiga kiradi. Yosh va bo‘rdoqiga boqilgan mollar mehnat predmetlari bo‘lib, ular aylanma fondlar tarkibiga kiritiladi. Chorva mollarini turkumlashning eng muhim belgilaridan biri jinsi va yoshi hisoblanadi. Hayvonlarning har bir turi yoshiga qarab, ikki asosiy guruhga bo‘linadi: 1. Katta mollar; 2. Yosh mollar. Takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan eng katta yoshdagi hayvonlar ona mollar va buqalar jinsiy guruhlarga bo‘linadi. Takror ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan katta yoshdagi hayvonlar boquvga quyilgan katta yoshdagi mollar guruhini tashkil etadi. Yosh hayvonlar jinsi, yoshi bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. 333 Hayvonlarning hisobini statistika quyidagi jinsiy-yoshi guruhlari bo‘yicha tashkil qiladi: - qoramollar bo‘yicha - sigir (boquvdagi sigirlarsiz), boquvdagi sigirlar, ikki yoshdan katta g‘unojinlar (qochirilganlari va qochirilma- ganlari bilan birgalikda), bir yoshdan ikki yoshgacha bo‘lgan urg‘ochi tanalar, bir yoshgacha bo‘lgan buqalar, ishchi xo‘kizlar, bir yoshdan oshgan bichilgan tanalar. - qo‘ylar bo‘yicha - naslli qo‘chqorlar, bir yoshdan katta bo‘lgan boshqa qo‘chqorlar va axta qo‘chqorlar, sovliqlar (ona qo‘ylar), bir yoshdan oshgan to‘qlilar, bir yoshgacha bo‘lgan qo‘zilar. - echkilar bo‘yicha - bir yoshdan katta bo‘lgan takalar, bir yoshdan oshgan ona echkilar, bir yoshgacha bo‘lgan uloqlar. - otlar bo‘yicha - nasliy ayg‘irlar uch yoshdan oshgan boshqa ayg‘irlar va axtalangan otlar, uch yoshdan oshgan biyalar, bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan ot bolalari, bir yoshgacha bo‘lgan toylar, uch yoshdan oshgan ishchi otlar alohida hisoblanadi. - parrandalar bo‘yicha - har bir parranda turlari va ularning yoshi bo‘yicha guruhlarga bo‘lingan holda hisobga olib boriladi. Katta yoshdagi tovuqlardan ona tovuqlar ajratib ko‘rsatiladi. Chorva mollar mahsuldorligining darajasi qancha me’yorda bo‘lishi ularning zotiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham statistika chorva mollari zotini ham bir necha guruhlarga bo‘lib o‘rganadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling