O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Qishloq xo‘jalik ekinlari hosili va hosildorligi statistikasi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
10.1.4. Qishloq xo‘jalik ekinlari hosili va hosildorligi statistikasi Hosil va hosildorlik - o‘simlikchilik (dehqonchilik) tarmog‘ining eng muhim natijaviy ko‘rsatkichlari bo‘lib hisoblanadi, chunki bu tar- moqda aholini oziq-ovqat bilan, chorvachilik sohasini esa yem-xashak bilan ta’minlash maqsadida xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqariladi. Hosil deb, u yoki bu ekin turining jami maydonidan yig‘ib-terib olingan umumiy mahsulotga aytiladi. Hosildorlik deb, bir ekin turi bo‘yicha bir gektar (ayrim hollarda 1kv.m./ ga) hisobiga olingan hosilga aytiladi. Hosil har bir ekin turi bo‘yicha ishlab chiqarishning umumiy haj- mini, hosildorlik esa shu ekinning konkret sharoitdagi mahsuldorligini tasvirlaydi. Hosil va hosildorlik statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar- dan iborat: 325 - qishloq xo‘jalik ekinlarining turlari va guruhlari bo‘yicha hosil va hosildorligini xo‘jaliklar, tumanlar, viloyatlar va respublika bo‘yicha aniqlash hamda reja (davlat buyurtmasi) va o‘tgan (bazis) davrlar ko‘rsatkichiga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatish; - yalpi hosil va hosildorlikning o‘zgarishiga ta’sir etayotgan omil- larni tahlil etish; - ilg‘or xo‘jaliklarning tajribasini o‘rganish va targ‘ibot etish; - hosil va hosildorlikni oshiruvchi imkoniyatlarni (rezervlarni) izlab topish va h.k. Demak, bu vazifalarni amalga oshirish har bir mehnatkashning, mutaxassisning, shu jumladan, iqtisodchi kadrlarning ham burchidir. Yalpi hosil va hosildorlik to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar faqat o‘rim-yig‘im tugagandan keyin aniqlanadi. Ammo, amalda terimga qadar, ancha barvaqt davrlarda hosil va hosildorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish zarurati tug‘iladi. Shu nuqtai nazardan o‘simliklarning o‘sish davrlari bilan ishlab chiqarish davrlari uchun hosil (hosildorlikka mos ravishda) ko‘rsatkichlari hisoblanadi: - ko‘z chamalab aniqlangan hosil (hosildorlik) - bu ko‘rsatkich orqali ekin turlari bo‘yicha ularning holati tasvirlanib, bu ishlarni bajar- ishda o‘simliklarning har xil o‘sish davrida mutaxassislar (agronom, ish yurituvchi va boshqalar) ko‘z bilan chamalab ularning ahvolini «yax- shi», «o‘rta» va «yomon» deb baholaydi. Ayrim ilmiy kitoblarda bu ko‘rsatkichni ko‘kati ekin turi hosili (hosildorligi) ko‘rsatkichi ham deb yuritiladi; - ekinlarning terim oldidagi hosili (hosildorlik) - bu ko‘rsatkich orqali pishib yetilgan, ammo hali terib-yig‘ib olinmagan hosil aniqlandi. O‘simliklarning o‘sish biologik jarayoni hali to‘liq tugallangan bo‘lmaydi; - haqiqiy terib-yig‘ib olingan hosil (hosildorlik)- bu ko‘rsatkich orqali yig‘ib terib olingan, omborga tushgan hosil aniqlanadi; - haqiqiy hosil (hosildorlik) - dastlabki (fizik) hosil (hosildorlik) miqdorida va qayta hisoblangan hosil (hosildorlik) miqdor ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Dastlabki (fizik) hosil (hosildorlik) miqdori deb, shu hosilni (hosildorlikni) to‘laligicha (namligi, iflosligidan qat’iy nazar) qabul qilib olingan mahsulotga aytiladi. Qayta hisoblangan hosil (hosil- dorlik) miqdori deb, shu hosilning (hosildorlikning) iflosligi tozalangan- dan so‘ng, uning namligi belgilangan normaga (me’yoriga) keltirishiga aytiladi. Bunda uning dastlabki massasi kamayib, belgilangan normativ standartga keltiriladi; 326 - sof hosil - bu ko‘rsatkich orqali ekinning haqiqiy hosilidan (hosildorligidan) shu ekin uchun sarflangan urug‘ miqdori chiqarib aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich asosan don va dukkakli, kartoshka va kungaboqar ekinlari uchun aniqlanadi, chunki bu mahsulotlardan urug‘ sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. Endi ekin turlari bo‘yicha yalpi hosil ma’lumotlarini aniqlashda shu ekin turlari bo‘yicha hosildorlikni hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlarini ayrim ekin turlari bo‘yicha quyida ko‘rib chiqamiz: - donli ekinlar bo‘yicha. Bunda yalpi hosilni kuzgi ekin maydonga (qishda nobud bo‘lgani chiqarib tashlanib, qayta ekilgan maydon esa qo‘shiladi) bo‘lib topiladi; - paxta (kartoshka) ekini bo‘yicha. Bunda yalpi hosilni bahorgi mahsuldorlik maydoniga bo‘lib topiladi; - ko‘p yillik daraxtlar bo‘yicha. Bunda hosil yoshidagi daraxt- lardan olingan yalpi hosilni shu hosil yoshdagi daraxtlar egallab turgan maydoniga bo‘lib topiladi; - makkajo‘xori silosi bo‘yicha. Bunda yalpi hosilni o‘rib olingan maydoniga bo‘lib topiladi; - bir yillik o‘tlar bo‘yicha. Bunda jami hosilni (birinchi, ikkinchi va ayrim hollarda uchinchi o‘rimdan olingan hosilni qo‘shish natijasida aniqlanadi) birinchi o‘rim maydoniga bo‘lib topiladi; - issiqxonadagi ekin turlari bo‘yicha. Bunda issiqxonada biron ekin turi bo‘yicha (masalan: pomidor, bodring) jami olingan hosilni (kg.da) shu ekinning issiqxonadagi egallab turgan maydoni (kv.m) ga bo‘lib to- piladi. O‘simlikchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning ikki yildagi o‘zgarishini (hisobot yilni bazis yilga yoki rejalashtirilgan yilga) tahlil etish uchun, shu davrlarda ishlab chiqarilgan o‘simlikchilik mahsulotlari miqdorini taqqoslash natijasida tahlil etiladi. Bu tahlilni amalga oshirish uchun «taqqoslash», «indeks» va «ko‘rsatkichlar farqi» usullaridan foydalanib, o‘simlikchilik mahsulot- lari bo‘yicha iqtisodiy-statistik tahlilini ko‘rib chiqamiz. «Taqqoslash» usuli orqali hisobot davrida yetishtirilgan o‘simlikchilik mahsulotlari miqdorini bazis davridagi (rejada ko‘zda tu- tilgan) ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanib, uning ko‘payganligi (kamay- ganligiga) ta’sir etuvchi omillar va shu har bir omilning miqdori hisoblanib topiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi: - birinchidan, har bir ekin maydon hisobiga olingan mahsulotning (hosildorligi) o‘zgarishi tufayli ko‘payishi (kamayishi) bo‘lsa (intensiv 327 omil), ikkinchidan, ekin maydonining o‘zgarishi tufayli mahsulot ishlab chiqarish ko‘payishi (kamayishi) orqali ro‘y beradi (ekstensiv omil). Endi tahdil qilishni statistik (indeks) uslubini ko‘rib chiqamiz. Hisobot davridagi mahsulot miqdorini bazis davriga (rejaga) nis- batan o‘zgarishni (ko‘payishi yoki kamayishi) o‘simlikchilik mahsulot- larini ishlab chiqarishning umumiy (dinamikasi) indeks formulasi orqali aniqlash mumkin. ∑ ∑ Π Π = 0 0 1 1 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling