O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
10.2. CHORVACHILIK STATISTIKASI
10.2.1. Chorvachilik statistikasining vazifalari Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i bo‘lib, uning tarkibiga qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik, quyonchilik, pilla- chilik va boshqa chorva tarmoqlari kiradi. Chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish uchun, eng avvalo, yem- xashak bazasini yaxshilash, genetika va seleksiyada erishilgan yutuq- lardan keng foydalanish, biologik uslublarni keng qo‘llash hamda poda tarkibini yaxshilash zarurdir. Shuning uchun ham statistika, eng avvalo, chorvachilik moddiy- texnika bazasining ahvoli va rivojlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni o‘rganib chiqadi. Bu turdagi ko‘rsatkichlarga: chorvachilikning yem-xashak, mol- xona, texnik vositalar, ishchi kuchi, yuqori malakali mutaxassislar va boshqalar bilan ta’minlash kirsa, chorvachilikning rivojlanishini tav- siflovchi ko‘rsatkichlarga esa-chorva mollari soni; podaning tarkibi; chorva mollarini takror ishlab chiqarish va ularning harakati; chorva mollarining mahsuldorligi; zoomuxandislik tadbirlar majmuasi kiradi. 329 Yuqoridagi ko‘rsatkichlar o‘z navbatida mehnat unumdorligi, mah- sulot tannarxi, olingan foyda, rentabellik darajasi va shu kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham katta ta’sir etadi. Shu boisdan statistika fani ushbu iqtisodiy ko‘rsatkichlarni chorva- chilikning moddiy-texnika bazasining ahvolini va rivojlanishini ifoda- lovchi ko‘rsatkichlar bilan uzviy bog‘langan holda o‘rganib, chorvachi- likni yanada rivojlanishi va uning iqtisodiy samarasini oshirish imkoniy- atlarini (rezervlarini) topishda muhim ilmiy-nazorat vazifalarini baja- radi. Demak, chorvachilik oldida turgan vazifalarni hal etilishida sta- tistika fanining roli katta bo‘lib, uning asosiy vazifalari: 1. Tarmoqning holati va rivojlanishiga tavsifnoma berish; 2. Davlat tomonidan bajarilishini nazorat etish; 3. Chorva mollarning dinamikasini o‘rganish; 4. Chorvachilik tarmog‘i bo‘yicha kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash; chorva mollarning soni va poda tarkibini o‘rganish; chorva mollarni takror ishlab chiqarish va uning harakatini hamda ozuqa bazasining ahvolini o‘rganish; 5. Chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirish imkoniyatlarini (rezyervlarni) qidirib topish kabilardan iboratdir. Ushbu vazifalarni bajarishda iqtisodiy adabiyotlarda foydalaniladi- gan taqqoslash, guruhlash, monografik tadqiqot usullaridan mustaqil ravishda foydalaniladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling