O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Ekin maydonlarning strukturasi (tarkibi) bo‘yicha hisob
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.1.2. Ko‘p yillik daraxtlar statistikasi
10.1-jadval
Ekin maydonlarning strukturasi (tarkibi) bo‘yicha hisob Ekin turlarining nomi Bazis yil (2012 yil) Hisobot yil (2013 yil) ga % da, jami- ga nisbatan ga %da, jamiga nisbatan Don va dukkakli ekinlar 10400 33,23 10650 33,86 Texnik ekinlar (paxta) 13450 42,97 13250 42,12 Poliz-sabzavot va kartoshka ekinlari 1190 3,80 1240 3,94 Yem-xashak ekinlari 6260 20,00 6320 20,08 Jami 31300 100,00 31460 100,00 319 10.1.2. Ko‘p yillik daraxtlar statistikasi Ko‘p yillik daraxtlar deb, sun’iy ravishda ko‘p yillar davomida ho- sil olinishi uchun o‘stiriladigan daraxtlar tushuniladi. Bular tarkibiga- mevali, rezavor-mevali, uzum, choy, sitrus daraxtlari, tut, xmel (etimak) va ko‘p yillik manzarali (dekorativ) o‘simliklar kiradi. Ulardan olinadi- gan hosil ularning egallab turgan maydoni va daraxtlarning soni bilan tavsiflanadi. Ko‘p yillik daraxtlarning eng asosiy vazifalari shundan iboratki, ularni o‘tkazish va o‘stirish reja bajarilishini nazorat etish, hajmi, tarkibi, strukturasi va egallab turgan maydonlarning dinamikasini turlari va gu- ruhlari bo‘yicha, xo‘jalik kategoriyalari va ularning joylanishini hamda mahsuldorligini o‘rganadi. Ko‘p yillik daraxtlarning hajmi ularning egallab turgan maydoni unda o‘stiriladigan daraxtlar soni bilan tavsiflanib, ular alohida ajratil- gan massivda, bog‘ qator oralarida yoki alohida egallab turgan may- donlarda namoyon bo‘ladi. Ko‘p yillik daraxtlarning hajmini ularning turlari va guruhlari bo‘yicha aniqlanganligi uchun ularni guruhlari bo‘yicha turkumlashni ko‘rib chiqamiz. Ko‘p yillik daraxtlarning turlari va ularning xo‘jalikda, ishlatil- ishiga qarab, quyidagi guruhlarga bo‘linib o‘rganiladi: - mevali-rezavorli: a) urug‘li - olma, behi, nok ... b) donakli - gilos, olxo‘ri, shaftoli ... c) rezavorli daraxtlar - qulupnay, malina, smorodina ... d) sitrus mevalari - limon, apelsin, mandarin ... e) subtropik - anjir, xurmo, anor ... j) yong‘okli mevalilar - yong‘oq, bodom, mindal ... - uzum daraxtlari: aholi iste’moli uchun va sanoatda qayta ishlash uchun mo‘ljallanadi. - choy, xmel (etimak): texnik qayta ishlash uchun mo‘ljallanadi. - pitomniklar: o‘tkazuvchi materiallarni o‘stirish uchun mo‘ljallanadi. - dekorativ daraxtlari: har xil manzarali o‘tqazilgan daraxtlar ki- radi. Ko‘p yillik daraxtlar yoshlari bo‘yicha, ayniqsa hosil yoshidagi va hosil yoshida bo‘lmagan (yosh daraxtlarga) bo‘linib o‘rganiladi. Ular- ning hosil yoshiga kirishi faqat daraxtlarning turiga bog‘liq bo‘lmasdan 320 balkim ularning sorti, o‘stirish usuli va hokazolarga bog‘liqdir. Hozirgi kunda statistikada bu ko‘p yillik daraxtlar to‘g‘risidagi taqqoslama ma’lumotlarni olish uchun yosh senzi belgilanadi. Bunga asosan yosh va hosil beradigan katta daraxtlarni bir-biridan ajratish uchun ro‘yxatga olish natijasi bo‘yicha quyidagi yosh senzi belgilangan: - urug‘li, donakli, yong‘oq mevali, subtropik va sitrus daraxtlarning birinchi mevasi ko‘zga ko‘ringandan keyin 3-4 yil o‘tishi bilan ularni hosil beruvchi katta daraxtlar safiga ko‘chiriladi; - rezavorli o‘simliklar (malina, smorodina) bo‘yicha ularning ko‘chatlarini o‘tkazgandan so‘ng - uchinchi yildan boshlab, qulupnay va xmellar (etimak) - ikkinchi yildan boshlab, uzum - to‘rtinchi yildan boshlab, choy plantatsiyasi-to‘qqizinchi yildan boshlab, tut plantatsiyasi- janubiy tumanlarda uchinchi yildan, shimoliy tumanlarda esa to‘rtinchi yildan boshlab, normal hosil beruvchi o‘simliklar hisoblanadi. Ko‘p yillik daraxtlarning yoshi bilan hosili o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqurroq o‘rganish va ularning yangilanishi ustidan o‘z vaqtida nazo- ratni o‘rnatish uchun ularni yoshlari bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi va ro‘yxatga olinadi: 4-yoshgacha, 5-8 yoshgacha, 9-10 yosh, 11-18 yosh, 19-25 yosh, 26-50 yosh va 50 yoshdan yuqori. Ko‘p yillik daraxtlar ko‘chat o‘tkazish usullari bo‘yicha to‘rt gu- ruhga bo‘linadi: - qatorlab ekish; - tizimsiz (tartibsiz) ekish; - qator oralarida tig‘izlashtirib ekish; - aralash ekish. Toklar qishlash (qishlamoq) usuli bo‘yicha ko‘miladigan va ko‘milmaydigan, tirgovich bo‘yicha ishkomli (so‘rili), stelajli va tirgovichsiz uzumlarga bo‘linadi. Mevali va rezavor daraxtlarning ko‘chatlari mustaqil ravishda hi- sobga olib boriladi. Ko‘chatlarning har bir turi bo‘yicha ko‘paytirish uchastkasi va parxish qilingan tup (ona tup) uchastkasiga bo‘linadi. Ko‘p yillik daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil etishda ularning miqdori, strukturasi, turlari va guruhlari, xo‘jalik kategoriyalari, tumanlar va viloyatlar bo‘yicha egallab turgan maydonlarning dinami- kasi o‘rganib chiqiladi. Shu bilan birga ko‘p yillik daraxtlarga tegishli bo‘lgan quyidagi maxsus ko‘rsatkichlar hisoblanadi: 321 - hosil berish yoshidagi daraxtlarning egallab turgan maydonining salmog‘i. Buni aniqlash uchun ularning maydonini 100% ga ko‘paytirib, jami egallab turgan maydonga bo‘lib hisoblanadi. - zichlik ko‘rsatkichini aniqlash uchun - jami o‘tkazilgan daraxtlarning sonini o‘tkazilgan daraxtlarning egallab turgan maydoniga bo‘lib hisoblanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling