O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


Agrotexnika chora-tadbirlar statistikasi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 
10.1.3. Agrotexnika chora-tadbirlar statistikasi 
 
Statistikada agrotexnika tadbirlari deb, belgilangan dehqonchilik 
ishlarini qisqa muddatda yuqori saviyada o‘tkazish hamda mineral va 
organik o‘g‘itlardan intensiv ravishda foydalanish, bahorgi ekish 
mavsumini qisqa muddatda tugallash, almashlab ekishni to‘g‘ri joriy 
qilish, syerunum navli urug‘larni sepish va dehqonchilik madaniyatini 
oshirishga qaratilgan boshqa tadbir (ishlar)ga aytiladi. 
Dehqonchilik mahsulotlarini ko‘paytirishning eng asosiy 
yo‘llaridan biri bo‘lib, barcha qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini 
oshirish uchun agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida yuqori saviyada tash-
kil etishdan iboratdir. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, agrotexnika tad-
birlari darajasi tabiiy sharoitga bog‘liq bo‘lganligi uchun, bu ko‘rsatkich 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning va dehqonchilikdagi konkret shakllardagi 
intensifikatsiya darajasining rivojlanganligiga qarab aniqlanadi. Hozirgi 
kunda agrotexnika tadbirlari darajasining yuqori darajada bo‘lishi uchun 
birinchi navbatda mexanizatsiyalashtirish, ishlab chiqarishni ximiya-
lashtirish va foydalaniladigan yerlarda keng ko‘lamlarda melioratsiya  
ishlarini olib borishdan iboratdir. 
Yuqori darajadagi agrotexnika tadbirlari bilan ta’minlash uchun 
dehqonchilikda shunday birinchi darajali bo‘lgan intensifikatsiya 
shakllaridan biri bo‘lgan sug‘orish va quritish meliorativ sistemasi 
(tizimi) ni qurish, yangi yuqori hosil beradigan navlarni joriy etish, yu-
qori samaradorligi bo‘lgan mashinalardan foydalanishdan iboratdir. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kyerakki, dehqonchilikda intensifikatsiya darajasi 
hosildorlikka ta’sir etishda faqat kerakli bo‘lgan mehnat vositalari va 
materiallariga bog‘liq bo‘lmasdan, balkim ularning tavsifi va ulardan 
foydalanish darajasiga ham bog‘liqdir. 
Demak, statistik agrotexnika tadbirlari - eng asosiy agrotexnika 
tadbirlarining hajmini va samaradorligini aniqlashda, eng ilg‘or agrotex-
nik usullarini joriy etishdagi ishlarni tavsiflashda yordam beradi. 


 
 
322
Agrotexnika tadbirlari statistikasining asosiy vazifalari quyidagi-
lardan iboratdir: 
- agrotexnika tadbirlarni amalga oshirish reja bajarilishini nazorat 
etish; 
- agrotexnika tadbirlarni amalga oshirishdagi hajmini va ularning 
iqtisodiy samaradorligini aniqlash; 
- eng ilg‘or agrotexnika tadbirlarni o‘rganish va joriy etish va h.k. 
Agrotexnika tadbirlari quyidagi guruhlarga bo‘linib o‘rganiladi: 
- hosilning tashkil topishiga ta’sir etuvchi agrotexnika tadbirlari 
bunga almashlab ekish uchun ajratilgan maydon va uning darajasi; 
meliorativ holati yaxshilab o‘zlashtirilgan yerlar, kuzgi ekin turlarining 
qora shudgor bilan ta’minlanishi va boshqalar kiradi; 
- agrotexnika ishlari - bunga yerda namni to‘plash bo‘yicha 
o‘tkaziladigan maxsus tadbirlar; tuproqqa asosiy ishlov berish va ekish 
oldidan o‘g‘it sepish; ekishga tayyorlash choralari; ekish va ko‘chat 
o‘tkazish; hosilni yig‘ib olish, hosilni yig‘ib olingandan so‘ng uni qayta 
ishlash va h.k. kiradi; 
- hosilni tashkil topishga bevosita ta’sir qiluvchi moddiy sarflar-
bunga o‘g‘itlar (mahalliy va mineral), zaharli ximikatlar va boshqa ki-
myoviy moddalar, ekish uchun sarflangan urug‘lar, sug‘orish uchun 
sarflangan suv va boshqalar kiradi. 
Agrotexnika tadbirlari ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:  
- umumiy - dalachilikdagi agrotexnika tadbirlari darajasi;  
xususiy - ayrim ekin guruhlarga tegishlisi; 
- maxsus - qishloq xo‘jalik ekin turlarining konkret turiga qarab. 
Misol. 1 ga haydalgan yerga sepilgan o‘g‘it - umumiy bo‘lib hisobla-
nadi. 
1 ga g‘alla maydoniga sepilgan o‘g‘it - xususiydir. 
1 ga suli maydoniga sepilgan o‘g‘it-maxsusdir. 
 
Statistikada quyidagi agrotexnika tadbirlari bo‘lgan umumiy 
ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi: 
1 ga qishloq xo‘jaligi yerlariga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish 
vositalarining ta’minlanishi (so‘mda); har 100 ga qishloq xo‘jaligi yer-
lariga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari; 1 ga haydalgan 
yerlarga sepilgan o‘g‘it va h.k. 
Agrotexnika tadbirlari samaradorligiga - belgilangan tadbirlarni 
hajmi, ishning sifati, hosilga ta’sir etuvchi moddiy sarflar va tadbirlar-
ning o‘z vaqtida o‘tkazilganligi kiradi. 


 
 
323
Belgilangan tadbirlar hajmini naturada (fizik) birliklarida, ayrim 
hollarda shartli-natura birliklarida aniqlanishi mumkin. Masalan, belgi-
langan konkret ishlardan biri bo‘lgan suv sarfi m³ da o‘lchansa, mineral 
o‘g‘itlarni esa shartli tuklarda (shartli naturada) o‘lchanadi. 
Agrotexnika tadbirlari (ishlari)ni tahlil etishda xo‘jalik hisobotlari 
va buxgalteriya hisobining dastlabki ma’lumotlari asosida dastavval ba-
jarilgan ishlarning haqiqiy hajmini rejaga yoki o‘tgan (bazis) yilga nis-
batan taqqoslanib, absolyut (mutlaq)-(+,-) va nisbiy-(% da) o‘zgarishlari 
aniqlanadi. 
Endi agrotexnika tadbirlari tizimiga kiruvchi ayrim muhim 
ko‘rsatkichlarini hisoblash uslubiga (metodikasiga) to‘xtalib o‘tamiz: 
- almashlab ekishni olib borish darajasi (% da)- almashlab ekish 
uchun ajratilgan ekin maydonni 100 % ga ko‘paytirib, umumiy ekin 
maydonga bo‘linib aniqlanadi; 

kuzgi ekinlarning qora shudgor (bir yoz bo‘sh qoldirilgan may-
don) bilan ta’minlanish darajasi (% da)-qora shudgor maydonni 100 % 
ga ko‘paytirib, kuzgi ekinlar jami maydoniga bo‘linib aniqlanadi;  

bahorgi ekinlarning kuzgi shudgor bilan ta’minlanishi darajasi 
(% da) - kuzgi shudgor maydonini 100 % ga ko‘paytirib, bahorda 
haqiqiy ekilgan ekinlar umumiy maydoniga bo‘linib (bunga kuzda ekil-
gan ekinlarning nobud bo‘lgan qismi bahordagi qayta ekishga kirmaydi) 
aniqlanadi; 

 xo‘jalikning urug‘ bilan ta’minlanish darajasi (% da)-haqiqiy 
mavjud urug‘larni shu urug‘larga bo‘lgan talabga (normativ yoki 
me’yorga) bo‘linib, 100 % ga ko‘paytirib hisoblanadi; 

xo‘jalikning urug‘ga bo‘lgan talabi (kg, sentner yoki tonnada) – 
1 ga sepish me’yori (normativ)ni shu ekinlar uchun ajratilgan maydonga 
ko‘paytirib hisoblanadi; 
 

1 ga sepish (kg yoki sentnerda) me’yoriy (normativi)- urug‘ning 
ekish normasini urug‘ning yaroqlilik koeffitsientiga bo‘linib aniqlanadi;  

 
xo‘jalikdagi urug‘larning yaroqlik koeffitsienti (% da)- 
urug‘larning tozalik koeffitsientini unib chiqish koeffitsientiga 
ko‘paytirilib hisoblanadi; 

 xo‘jalikdagi yaroqli urug‘larning miqdori (kg, sentner yoki 
tonnada) – bor bo‘lgan urug‘larning natura og‘irligini xo‘jalikdagi 
urug‘larning yaroqlilik koeffitsientiga ko‘paytirib hisoblanadi; 

 urug‘larning tozalik koeffitsienti (% da) - sog‘lom urug‘larning 
og‘irligini umumiy urug‘larning og‘irligiga bo‘linib, 100 % ga 
ko‘paytirib hisoblanadi; 
 


 
 
324

 sepilgan urug‘larning unib chiqish koeffitsienti (% da) – sepilgan 
urug‘larning unib chiqqan qismini jami sepilgan urug‘larga bo‘linib, 100 
% ga ko‘paytirib hisoblanadi; 

 urug‘larning namlik koeffitsienti (% da) - urug‘dagi bor bo‘lgan 
namlikni jami urug‘ og‘irligiga bo‘linib, 100% ga ko‘paytirib hisobla-
nadi;  

 o‘simlikka ta’sir etuvchi o‘g‘itdagi oziq moddalarning miqdori 
(kg, sentner yoki tonnada)- o‘g‘itning natura og‘irligini o‘simlikka ta’sir 
etuvchi o‘g‘itdagi oziq moddalarning o‘rtacha foiziga ko‘paytirib, 100% 
ga bo‘linib aniqlanadi. 
Bu ko‘rsatkichni ayrim holatlarda quyidagi formula shakliga ham 
keltirilib o‘rganiladi, ya’ni: 
D=FxK / 100, bu yerda 
D - o‘g‘itdagi oziq moddalari miqdori (kg, sentner yoki tonnada);  
F - o‘g‘itning natura (fizik) og‘irligi (kg, sentner yoki tonnada);  
K - o‘g‘itdagi oziq moddalar darajasi (% da).  
Masalan, xo‘jalikda yerga 35% li oziq moddaga ega bo‘lgan 110,0 
sentner azotli o‘g‘it solinadigan bo‘lsa, u holda o‘simlikka ta’sir etuvchi 
o‘g‘itdagi oziq moddalarning miqdori quyidagicha bo‘ladi: 
D=FxK / 100=110,0 x 35,0 / 100=38,5 sentner. 
Demak, 110,0 sentner azotli o‘g‘it o‘simlikka ta’sir etuvchi 38,5 
sentner oziq modda miqdoriga egadir. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling