O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov
Chorva mollarining takror ishlab chiqarish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari
10.2. 3. Chorva mollarining takror ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlari Bizga ma’lumki, chorvachilik mahsulotlarini hajmini ko‘paytirish ekstensiv yo‘li chorva mollarining bosh sonini oshirishdan iboratdir. Chorva mollarining bosh sonini oshirish uchun yil davomida buzoq olish va boshqa turli o‘stirish jarayonlarini uzluksiz davom ettirish natijasida amalga oshiriladi. Chorva mollarni takror ishlab chiqarish - cheklagan (chegaralan- gan), oddiy va kengaytirilgan ko‘rinishda bo‘ladi. Cheklangan (chega- ralangan) takror ishlab chiqarish deb, chorva mollar sonining yil oxiriga borib kamayib borishi tushuniladi. Oddiy takror ishlab chiqarish deb, yil oxiriga borib chorva mollar sonining oldingi darajada saqlanib qolinishi tushuniladi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish deb, chorva mollar sonining yil oxiriga borib oldingi darajaga nisbatan oshib ketishi tu- shuniladi. 334 Yil davomida chorva mollar bosh soni o‘zgarib turganligi sababli (tug‘ish, sotib olish, davlatga go‘sht sifatida sotish, nobud bo‘lishi, ki- chik yoshdagi mollarni katta yoshdagi mollar guruhiga o‘tkazish va ho- kazo) shu o‘zgarishlarni aks ettirish uchun poda oboroti tuziladi. Poda oboroti deb, chorva mollarining u yoki bu davrdagi harakati tushuniladi (ko‘pincha bir yilga). Poda oboroti balans jadvali shaklida tuzilib, yotiq chiziqda chorva mollarining guruhlari ko‘rsatilsa, tik chiziqda esa yil boshidagi chorva mollar soni, ularning yil davomida qabul qilinishi va chiqib ketishi, yil oxiridagi soni ko‘rsatiladi. Poda oboroti alohida fermerlar, tumanlar, viloyatlar va respublika bo‘yicha tuziladi. Poda oboroti rejali va hisobotli ko‘rinishda bo‘ladi. Rejali oborot - yil boshida tuzilib rejalashtirilgan yilda chorva mollari- ning guruhlari bo‘yicha harakati va rivojlanishi aks ettirilsa, hisobotli oborotda esa shu chorva mollarining guruhlari bo‘yicha haqiqiy harakati va rivojlanishi ko‘rsatilib o‘tiladi. Poda oboroti ma’lumotlarida yil oxiri- dagi chorva mollari bosh sonini aniqlash statistikada eng asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, bu ko‘rstakich orqali statistika organlari chorvachilik holati va rivojlanishini maxsus nazorat etadi. Bu ko‘rstatkich statistikada «chorva mollarining chiqish» ko‘rsatkichi deb yuritiladi. Shu davrda jami chorva mollar soni 434 (4798-4364) boshga yoki 9,95 (109,95-100,00)% ga oshdi. Sigirlar soni esa-80 (2432-2352) boshga yoki 3,4 (103,40-100,00)% ga oshdi. Ikki yoshdan katta g‘unojinlar - 260 (402-142) boshga yoki 2,8 marta oshdi, shu jumshshdan 149 bosh chetdan sotib olish hisobiga. Shuning natijasida bir sigirga yil oxiriga kelib 16,5 (2352:142) ikki yoshdan katta bo‘lgan g‘unojinlar to‘g‘ri keladi, bu esa navbatida kelasi yilga sigirlar bosh sonini oshirish imkoniyati tug‘iladi. Endi poda oboroti balans jadvali va ayrim qo‘shimcha ma’lumotlar asosida chorva mollarining ishlab chiqarish jarayonining asosiy; ko‘rsatkichlarini tahlil etib chiqamiz. 1. Ona mollarni qochirish ko‘rsatkichlari. Bu ko‘rsatkichni alohida sigirlar uchun, ham ona sigirlar uchun, ham jami urg‘ochi mollar uchu- naniqlash mumkin. Sigirlar uchun jami qochirilgan sigirlarni qochirish kyerak bo‘lgan yil boshidagi sigirlar soniga bo‘linadi. Ona sigirlar uchun; jami qochirilgan ona sigirlarni yil boshidagi qochirish kerak bo‘lgan jami ona sigirlar soniga bo‘linib topiladi. Qochirish kerak bo‘lgan ona sigirlar soniga yil boshidagi sigirlar va ikki yoshdan katta bo‘lgan g‘unojinlar kiradi. Jami urg‘ochi mollar uchun, qochirish kerak bo‘lgan jami urg‘ochi mollarni yil boshidagi jami urg‘ochi mollar soniga 335 bo‘linadi. Jami urg‘ochi mollarga yil boshidagi sigirlar, ikki yoshdan katta bo‘lgan g‘unojinlar va bir yoshdan katta bo‘lgan qochirilgan g‘unojinlar kiradi. Bunda, 1 yoshdan katta g‘unojinlarning faqat qoch- prilgan qismi olinadi, chunki qolgan qismi o‘stirishga qoldiriladi va go‘shtga topshirilib yuboriladi. Qo‘ychilikda qochirish kerak bo‘lgan ona qo‘ylarga jami ona qo‘ylar va bir yoshdan oshgan to‘qlilar, yilqichilikda 3 yoshdan katta bo‘lgan hamma biyalar, kiritilib o‘rganiladi. Endi jadval ma’lumotlari asosida aniqlaymiz. Sigirlarning qochirish foizi (ko‘rsatkichi) – 2211x100:2352=94,1% ga teng bo‘ladi. Demak, har yuz sigirdan 94 tasi qochirilgan. Ona sigirlarning qochirish foizi (ko‘rsatkichi)-2310x100: (2352+142)=2310x100:2494=92,6 foizga teng bo‘ladi. Demak, har 100 ona sigirdan 93 tasi qochirilgan. Jami urg‘ochi mollar uchun qochirish foizi (ko‘rsatkichi)- 2310x100:(2352+142+207)=2310x100:2701 =85,5 foizga teng bo‘ladi. Demak, har 100 ta jami urg‘ochi mollardan 86 tasi qochirilgan. Umumiy qochirish koeffitsienti bilan bir qatorda sun’iy qochirish koffisienti ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun sun’iy qochirilgan jami urg‘ochi mollar sonini jami qochirilgan urg‘ochi mollar soniga bo‘lib topiladi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida u quyi- dagi munosabatda aniqlanadi. 1809:2310x100=78,3% ni tashkil etadi. Jami urg‘ochi mollarni qochirish ko‘rsatkichining darajasi naslli buqalar bilan ta’minlash darajasi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun statisti- kada naslli buqalar bilan ta’minlash ko‘rsatkichi ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun qochirish mumkin bo‘lgan kontingent sonini naslli buqalar soniga bo‘linib topiladi. Ammo shuni esdan chiqar- maslik kerakki, bu ko‘rsatkichni aniqlash paytida qochirish mumkin bo‘lgan umumiy kontingentdan sun’iy qochirish uchun belgilangan kontingentni topib olib, ularning farqi sun’iy buqalar soniga bo‘lish yo‘li bilan bu ko‘rsatkich aniqlanadi. U quyidagi munosabatda ifodalanadi: (2701-1809):11=892:11=81(bosh)ga teng bo‘ladi. 2. Chorva mollaridan bola olish koeffitsienti (ko‘rsatkichi). Chorva mollarini takror ishlab chiqarishini ifodalashda chorva mollaridan bola olish eng muhim nisbiy ko‘rsatkich miqdori bo‘lib hisoblanadi. Bu asosiy ko‘rsatkichni jami olingan buzoqlarni jami ona mollarga nisbatan aniqlanish mumkin. 336 16-jadval Tuman bo‘yicha chorva mollarining poda harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (2012 yil) Kirim, bosh Chiqim Yil oxiri- da, boshda Davlatga sotildi Nasl- chilik xo‘jalik- lariga sotilishi, boshda Boshqa guruh- larga o‘tka- zildi, boshda Boshqa sotuv- lar va o‘tkazil- ganlar, boshda Xo’ja- likda so‘yil- gani, boshda Chorva mollari guruhi Yil bo- shi- dagi, bosh Jami Shu jumla- dan buzoq olish va boshqa gu- ruhlardan o‘tkazish Bosh- da Tirik vazn- da, s No- bud bo‘l- gan- lari, bosh- da Kamo- mad va o‘g‘irla- nishi, boshda 1. Sigirlar 2352 425 425 236 1168 - 84 - 25 - - 2432 2. Ishchi ho‘kizlar 11 4 3 5 38 3 - - - - - 7 3. Ikki yosh- dan katta bo‘lgan g‘unojinlar 142 705 557 10 41 - 425 - 8 2 - 402 4. Oldingi yillarda tug‘ilgan yosh buzo- qlar va bo‘r- doqiga quyi- lgan mollar 1830 * 84 84 403 1306 190 560 14 94 3 1 649** 337 5. Hisobot yilida tug‘ilgan yosh buzo- qlar - 2362 2362 642 768 161 - - 253 11 2 1293 6. Ishchi hayvonlar 29 - - 14 98 - - - - - - 15 Jami chorva mollari soni 4364 3580 3431 1310 3419 354 1069 14 380 16 3 4798 Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling